O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Адабиётлар:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 25 январдаги “Умумий ўрта, ўрта махсус ва касб-ҳунар таълими тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони// Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 йил 4- сон, 69- модда 2. Мирзиёев Ш. Бугун маърифатга эътибор қаратиш ҳар қачонгидан ҳам муҳимдир. Электрон ресурс: https://www.gazeta.uz/uz/2016/10/19/ustuvor/. Мурожаат санаси: 05.09.2019. 3. Каримов И.А. Юкcак маънавият–eнгилмаc куч.– Тошкент: Маънавият, 2008.– 176 б. - 29 - 4. Касымов К. Художественно-эстетическое воспитание обучающихся в процессе кружковых занятий народной росписью по дереву в общеобразовательных школах Узбекистана: Автореф.дисс. канд. пед. наук. – М., 1983. – 16 б. 5. Медетов Р.М. Развитие когнитивно-творческих способностей у современных школьников: взаимосвязь общепсихологических и этнопедагогических подходов.–212-229 с. 6. М.А.Тилакова. 8-9 синф ўқувчиларида синфдан ташқари машғулотларда креатив қобилиятларни ривожлантиришнинг педагогик шарт-шароитлари. Дисертация 2019.-54-57 KASBIY RIVOJLANISHNING EHTIYOJLARGA ASOSLANGAN TIZIMNI YO‘LGA QO‘YISHDAGI ISLOHOTLAR SAMARASI Saodat Yuldosheva – Samarqand viloyati ХТХQТМОHМ dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Annotatsiya: Mazkur maqolada xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayoni sifatini oshirishda kasbiy rivojlanishning ehtiyojlarga asoslangan tizimni yo‘lga qo‘yishdagi islohotlar samarasi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bugungi kunda zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni mukammal egallagan, mamlakatning taraqqiyoti va kelajagi uchun sifatli ta’limni tashkil eta oladigan, doimiy ravishda o‘z kasbiy bilimlarini va malakasini oshirib borib amaliyotda ta’lim sifat-samaradorligiga ijobiy ta’sir eta oladigan pedagog kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga o‘z faoliyati bilan ta’sir etadigan, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuskorligi, yangidan yangi g‘oyalarni ilgari surib, ta’lim berishning zamonaviy uslublarini tatbiq etadigan kadrlarga hukumatimiz katta ishonch bildirmoqda. Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishi va “hayot davomida o‘qish”i uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan qator farmon va qarorlar chiqarildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-108- sonli “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, PQ-488-sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2021-yil 2l-yanvardagi PQ-4963-sonli “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy- tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlarida xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini ,,hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirish, an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlarini joriy etish, shuningdek, xalq ta’limi xodimlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qisqa muddatli maqsadli, muammoli va mualliflik kurslarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Mazkur farmon va qarorlardagi masalalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muayyan vaqt va mehnat talab qiladi. Xususan, ta’lim sohasidagi jarayonni isloh qilishda izchillik, puxta o‘ylangan reja, tahlil va tadqiqqa asoslanib ish yuritish, so‘zsiz ijobiy natija - 30 - beradi. Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayonida sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim muassasalari tashkilotlarini ham jalb etilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning biri sifatida e’tirof etish mumkin. Qayd etish lozimki, xalq ta’limi tizimida soha muammolarini tadqiq qiladigan, uning strategiyasini belgilaydigan va rejalashtirilgan innovatsiyalarni ilmiy jihatdan o‘rganib, tajriba- sinovdan o‘tkazadigan maxsus ilmiy tadqiqot institutning tashkil etilishi ayni muddao bo‘ldi. Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti zimmasida soha faoliyatini ilmiy- metodik jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish va umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dastur hamda loyihalarini amalga oshirish vazifalari yuklatildi. Shuningdek, xalq ta’limi tizimi uchun yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlar, sohadagi rahbar kadrlar va metodistlarning kasbiy darajasi, malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, sohaga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish, umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish kabi faoliyat yo‘nalishlarida ish yuritishi nazarda tutildi. Shuningdek, xalq ta’limi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan pedagogik-psixologik hamda kasbiy ehtiyojni aniqlashga qaratilgan so‘rovnomalar asosida xalq ta’limi xodimrarini kasbiy rivojrantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etishga e’tibor qaratildi. Bunda xalq ta’limi xodimlarining joylardagi faoliyat shart-sharoitlaridan kelib chiqib kasbiy rivojlanishning (malaka oshirishning) muvofiq ta’lim shaklini tanlash imkoniyati berilishi nazarda tutildi. Jumladan, XTVning 2021-yil 19-aprelda “Xalq ta’limi xodimrarini kasbiy rivojrantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘iga ko‘ra ta’lim olishning 5 ta shakli: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim, dual ta’lim, mustaqil ta’lim kabilar tavsiya etilgan. Xalq ta’limi xodimi ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqib mazkur ta’lim shakllarining biri orqali o‘z kasbiy bilimini oshirib boradi. Ushbu ta’lim shakllaridan 3 tasi (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, dual ta’lim, mustaqil ta’lim) pedagoglarning ehtiyojlari o‘rganilishi natijasida belgilandi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish shakli pedagoglarning ta’lim jarayonidan bo‘sh (ta’tili yoki metodika kunlari) vaqtiga ixtisoslashgan ta’lim tashkilotida, tayanch ta’lim muassasalarida, shuningdek, xodimlarning bevosita ish joyida o‘tkazilishi rejalashtiriladi. Bunday ta’lim olish pedagoglarning asosiy faoliyatiga ta’sir etmagan holda tashkil etiladi. Dual ta’lim ta’lim olish shakli zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismini pedagoglar ixtisoslashgan ta’lim tashkiloti negizida olib, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshirilishi belgilangan. - 31 - Mustaqil ta’lim olish shakli yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni uzluksiz ravishda mustaqil o‘zlashtirishni nazarda tutib, o‘quv dasturi ta’lim oluvchi tomonidan uzluksiz kasbiy ta’lim traektoriyasi asosida tuziladi va mustaqil o‘qish vositasida o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Pedagog “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan foydalangan onlayn holda tarzda o‘zlashtirib borishi nazarda tutiladi. Mazkur ta’lim shakllarini amalga oshirishda xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ishlab chiqilgan individual rivojlanish dasturiga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish, soha xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modulga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish vazifasini amalga oshirish belgilandi. Shuningdek, xalq ta’limi xodimlarining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli (maqsadli, muammoliva mualliflik) kurslarini tashkil etish ham ahamiyatlidir. Mazkur qisqa muddatli kurslarni yaratishda professor-o‘qituvchilardan xalq ta’limi xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini o‘rganish, dolzarb va talabgir modullarni ishlab chiqish, unga muvofiq sifatli kontentlar (mavzu matni, videodarsi, nazorat topshiriqalari, zaruriy va qo‘shimcha adabiyotlar)ni yaratish kabi vazifalarni yuklaydi. Bu jarayonda har bir professor-o‘qituvchi kurslarni yaratishda mas’uliyat bilan yondashgan holda izlanadi, yangidan-yangi innovatsiyalarni tatbiq etadi va mediasaodxonligini oshirib boradi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling