O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Adabiyotlar: 1. http://www.uzedu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi veb sayti 2. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. -T.: ―Nihol, 2013-y, -279 bet. 3. “Umumta’lim maktablari ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Navoiy-2019-yil 7-12-betlar 4.O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017-y. 25-30-b MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING MALAKASINI OSHIRISHGA INNOVATSION YONDASHUV N.Salayeva – Xorazm viloyati XTXQTMOHM kafedra mudiri, ps.f.n Sh.Xudayberganova – Xorazm viloyati XTXQTMOHM o‘qituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va psixologlarining malakasini oshirish jarayonini yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilishning ba’zi jihatlari haqida fikr yuritilgan. Psixologning o‘z faoliyatini innovatsion tarzda tashkil qilishda hayot davomida malakasini oshirib borish masalalari ham o‘z ifodasini topgan. Respublikamizda ta’lim sohasida “Yangi O‘zbekiston-maktab ostonasidan boshlanadi”g‘oyasi asosida keng islohatlar amalga oshirilmoqda. Kelajakda o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayoni tubdan o‘zgartirilib “Hayot davomida o‘qish”tamoyili asosida o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi yo‘lga qo‘yiladi. Rivojlangan mamlakatlardagi kabi androgogika asosida ya’ni o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va axborotlarni egallab olish, o‘z fani va kasbidan kelib chiqib ish faoliyatini samarali va ijobiy tarzda davom ettirishda asqotadigan bilimlar bazasiga qisqa muddatda ega bo‘lishdek jarayon bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Malaka oshirish jarayonida maktab amaliyotchi psixologlarini yangicha ishlashga, mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish, psixolog faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan yangi mazmundagi ishlarni o‘zlashtirishga psixologik va ijtimoiy jihatdan tayyorlash, pedagogik, psixologik va innovatsion axborot texnologiyalarini o‘zlashtirib olishlariga yordam berish uchun ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf qilish maqsadida bir qancha yangiliklar kiritildi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-son Farmoni, 2018- yil 5- sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ- 3931-son Qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining - 152 - 2017- yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-con farmonida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar asosida fan o‘qituvchilari hamda maktab amaliyotchi psixologlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi. Pedagog xodimlar hamda maktab amaliyotchi psixologlarining uzluksiz malaka oshirishining mazmun va mohiyatini zamon talablari asosida amalga oshirish uchun malaka oshirish hududiy markazlarida oliy ta’limda faoliyat yuritayotgan tayanch fakultetlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dars berayotgan universitet professor-o‘qituvchilari bilan xamkorlikda tashkil qilinishi va ular bilan shartnomalar imzolanishi, ilmiy salohiyatni yanada takomillashtirish kabi dolzarb masalalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiya va innovatsiyalar shiddat bilan kirib keldi. O‘zbekistonda “Elektron ta’lim” tizimi joriy etildi. Ushbu jarayonni tashkil qilishda asosiy urg‘u ta’lim sifatiga qaratildi. Pandemiya sababli o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini ONLAYN tarzda ZOOM platformasida ishlash va imkon qadar o‘z faoliyatini yangilashga erishildi. Ammo ba’zi o‘qituvchi va psixologlar bu innovatsiyalarni aksariyat hollarda o‘z faoliyatida qo‘llay olmadilar. Chunki o‘qituvchilarning ba’zilari o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida aloqa va munosabat o‘rnatish psixologiyasi, onlayn darslarni o‘quvchi ttomonidan idrok qilinishidagi yuzaga keladigan kamchilik va muammolarni psixolog bilan hamkorlikda bartaraf qilish yo‘llarini izlab topish masalalari yuzaga keldi. Shu sababli, o‘quvchiga psixologik madad va ko‘mak berish ishlarini tizimli amalga oshirish jarayonlariga yuzaga keldi. Ushbu holat esa o‘qituvchi va psixolog hamkorligini yanada takomillashtirish va bevosita amaliyotda innovatsiyalarni tatbiq qilish jarayonini yaratadi. O‘qituvchilar va maktab amaliyotchi psixologlarining malakasini oshirish, ularga ko‘rsatiladigan metodik xizmatni yangicha tashkil qilish hozirda ta’lim tizimining amaliy ehtiyojini ta’minlovchi asosiy vositaga aylanmoqda. O‘qituvchilar va maktab amaliyotchi psixologlarining malakasini oshirish jarayonida ularning pedagogik faoliyatini yangilash, innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, ta’lim jarayoniga yangiliklar va innovatsiyalarni olib kirishga tayyorlash zarurati paydo bo‘lmoqda. Pedagoglar va psixologlarning malakasini oshirishda yangicha yondashuvning mazmun-mohiyatini aniq rejalashtirib olish va uni amaliyotga tatbiq qilish masalasi xozirgi davrda ushbu jarayonga ijodiy yondashuv bilan bir qatorda unga yetkaziladigan fan yangiliklari, metodikalar, metodlar va vositalarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Maktab amaliyotchi psixologlarining o‘quv rejasidagi amaliy psixologiyaning yo‘nalishlari blokiga yangi modullar kiritilib, ular o‘quvchining psixologik , emotsional holatlarini tashxislash va ijobiylashtirishga yo‘naltirilgan. Jumladan “Loy”terapiya, ”Musiqa terapiya”, “Artterapiya”, “Mato terapiya”,”Raqs terapiya” va - 153 - psixoanalitik metodlarning kiritilishi amaliyotchi psixologning o‘z malakasini oshirish va yangiliklardan boxabar bo‘lib, yuqorida keltirib o‘tilgan metodlarni o‘tkazish texnikasi va uni interpretatsiya qilish masalalari bo‘yicha kompetetnsiyalarga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Shu sababli ham “Hayot davomida o‘qish”ni tizimli tashkil qilish, ularning o‘z faoliyatlarini ijobiy va samarali amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Maktab amaliyotchi psixologlarining malakasi oshirishda qisqa muddatli, mualliflik va maqsadli kurslarni tashkil qilish orqali ijobiy natijalarga erishish imkoniyatlari kengayadi. Ayniqsa, amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatida tarbiyachi, maslahatchi, koouch va zamon talablari asosida psixoterapevt funksiyasini ham amalga oshirishi, o‘quvchining individual xususiyatlariga o‘zgacha yondashish masalasiga diqqatini qaratish talab qilinadi.Ta’lim-tarbiya jarayonida amaliyotchi psixologning faoliyati innovatsion pedagogik faoliyatga aylanishi zarur ekanligi, bu borada ilmiy asoslangan loyihalarni ishlab chiqish masalasi muhimdir. Psixologlar o‘z faoliyatlarida nafaqat psixologik xizmatning olti ta yonalishi balki, jamoatchilik asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga ham puhta tayyor bo‘lishi shart. Bu esa, ushbu faoliyatni amalga oshirishda qo‘l keladigan usullar va yangicha yondashuvlar va metodlar bilan qurollanish zarurati ham tug‘ilmoqda. Chunki axborotlashgan bu davrda o‘quvchilarning olgan axborotlarining xilma-xilligi va rang-barangligi o‘qituvchidan o‘z fani va o‘quvchi shaxsiga aloqador bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan to‘liq informatsiyalarga ega bo‘lishlik qobiliyatini talab qilmoqda. Endilikda hududiy malaka oshirish markazlarida o‘qituvchining malakasini oshirish va qayta tayyorlashda innovatsion faoliyat yuritish mexanizmi ishlab chiqilishi hayot davomida malaka oshirish tamoyiliga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 19 apreldagi 118-sonli buyrug‘ining 1-ilovasida “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’limning turli shakllaridan foydalanish bo‘yicha Yo‘riqnomasi” da o‘z ifodasini topgan. Ushbu yo‘riqnomada xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’limning turli shakllaridan foydalanish tartib-qoidalari belgilangan. Bu esa,o‘z navbatida maktab amaliyotchi psixologlari uchun o‘z malakalarini oshirish jarayonga o‘zgacha yondashishni talab qiladi. Yoriqnomada kredit,kredit-modul tizimi,,o‘quv moduli kontenti,elektron platforma,dual ta’lim,mustaqil o‘qib bilim oshirish kabi yangi tushunchalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Demak,bu hozirda innovatsion faoliyat bo‘lib, amaliyotchi psixolog va o‘qituvchidan talab qilinayotgan me`yorning mavjud me`yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir. Yanan ushbu jarayonda amaliyot va nazariyaning muhim sifat o‘zgarishlarini yuzaga keladi. Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar dinamikasi maktab amaliyotchi psixologlari va o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etishga olib keldi.Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishnigina o‘z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarni qamrab oladi. - 154 - Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma’qul bo‘lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topmagan. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta’limga yo‘naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o‘rtasidagi qiyinchilik bilan yengib o‘tiladigan uzilishlardir. Yana kattaroq sabab esa nazariy bilim va amaliy pedagogik faoliyat o‘rtasidagi uzilish edi. Endilikda o‘qituvchining hayot davomida malakasini oshirish masalasiga o‘zgacha yondashuv,asosan o‘qituvchining talab va hohishlari asosida tashkil qilinishi va uning talabiga binoan qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi, o‘qituvchining malakasini oshirishiga bo‘lgan munosabatini ham o‘zgartiradi. Chunki malaka oshirishga kelgan o‘qituvchi muammoli,maqsagli va muallifli kurslarda o‘z xohoshi, ehtiyojlari va istaklari asosida tahsil olsa, o‘zi tahsil olgan fakultetida amaliyot o‘tasa va o‘z ustozlaridan fan yangiliklarini qaytadan yangicha talqinini eshitsa, amaliyotga tatbiq qilsa, bu maqsadga muofiq uzviy bog‘lanishni yuzaga keltiradi. Ma’lumki, innovatsion faoliyatning mazmuni yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, o‘qituvchilarning yangilikni o‘zlashtirishga tayyorgarligi mezonlari, ya’ni o‘qituvchining motivatsiyasi, malakaviy tayyorgarligi, tajriba-sinovlar, pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirish borasidagi bilim va ko‘nikmalari, innovatsiyaga qarshi to‘siqlarni bartaraf etish malakasini shakllanganligi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Hayot davomida malakasini oshirish faoliyatning mezonlari: o‘qituvchining o‘z fani bo‘yicha o‘zi uchun zarur bo‘lgan bilimlar zahirasini to‘plashi,uni amaliyotda samarali va muvaffaqiyatli qo‘llashi,o‘z faoliyatini kreativ yondashuv asosida tashkil qilishi maktablarda ta’lim jarayonining natijaviyligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling