O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofaviy o‘qish
Masofaviy o‘qitish - eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish
vositalari va sirtqi va kunduzgi ta’lim shakllarini o‘z ichiga olgan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Masofaviy o‘qish - bu yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shartlari sharoitlari asosida o‘qituvchi bilan o‘quvchi muloqotni ta’minlab, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil - 150 - ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchining qaysi joyda va qaysi vaqtda o‘qishiga bog‘liq emas. Masofaviy o‘qitish – mamlakatdagi va chet davlatlardagi aholining keng qatlamiga masofadan turib ta’limga oid ma’lumotlarni almashish vositalariga (televizor, kompyuterli aloqa, radio, suniy yo‘ldosh aloqasi va h.k.) asoslangan ixtisoslashtirilgan informatsion ta’lim muhiti yordamida taqdim etiladigan o‘qitish xizmatlari kompleksi. [2-279] Masofaviy o‘qitishning axborot ta’lim tizimi muntazam tashkil etilgan ma’lumot uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro hamkorlikda ishlash protokollari, texnik-dasturiy va tashkiliy-uslubiy ta’minotlar majmuasidan iborat bo‘lib, foydalanuvchilarning ta’lim ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Masofaviy o‘qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri hisoblanadi.Masofaviy o‘qitish deganda o‘qituvchi va o‘quvchi bir biridan vaqt va fazo bo‘yicha ajralgan holda bilimlarni uzatishning har qanday turi tushuniladi. [3.7-12-b] Masofaviy o‘qitishning asosiy tamoyili o‘qituvchi va o‘quvchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlarini ta’minlamasdan ular o‘rtasida interaktiv muloqotni o‘rnatish, tanlangan kurs bo‘yicha ma’lum bilim va ko‘nikmalar massivini mustaqil o‘zlashtirishdir. An’anaviy va masofaviy o‘qitish bir biridan ancha farq qiladi. Bular: 1) o‘qituvchi va o‘quvchining bir-birida alohida joyda ekanligi hamda zamon va makonda ajralganligi; 2) ta’lim jarayonida o‘quvchining faol ishtirokini kuchaytirish: ta’lim maqsadlarini belgilash, o‘qitish shakli va sur’atini tanlash; 3) masofadan turib o‘rganish uchun mo‘ljallangan materiallarni tanlash. Bugungi kunda masofaviy ta’limning vebinar shaklidan ham tez-tez foydalanilmoqda. Shu o‘rinda vebinar nima degan savolga javob bersak. Vebinar metodi – zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari (kompyuter, monitor, multimedia va shu kabi vositalar) yordamida turli joylardagi ishtirokchilar bilan masofadan turib o‘tkaziladigan interfaol mashg‘ulot turi. Vebinar metodi yoki “Webinar” texnologiya tushunchasi muloqotga 1998-yilda kirib keldi.[4.25-30-b] Vebinar metodida dars masofaviy seminar yoki konferensiya shaklida internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan talabalar bilan masofaviy ta’lim tizimida qo‘llanayotgan ko‘plab interfaol audio video aloqa vositalari yordamida jonli olib boriladi. Bu darslarni kelgusida kerak darajada foydalanish uchun yozib olish mumkin. Bu metodda olib boriladigan butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona o‘quv dasturidagi izchillikda o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ular alohida-alohida bir martalik darslardan iborat bo‘ladi. Masofaviy o‘qitishni rivojlantirishning asosiy muammosi telekommunikatsion muloqot muhiti talablariga javob beradigan o‘qitish metodlari va texnologiyalarini yaratish hamda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olish kompetensiyasiga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash ham hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda nafaqat zamonaviy kompyuter texnikasi - proektor va interaktiv elektron doskalar bilan ta’minlash, balki ulardan - 151 - samarali foydalana oladigan pedagog kadrlarning kompetensiyasi hamda o‘quv uslubiy materiallarning sifatiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling