O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet5/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

4-mashg’ulot
Mavzu: "U"tovushini to’g’ri talaffuz etish "Parovoz" ta’limiy mashqi
Maqsad: "U"tovushining talaffuzini aniqlash. Hamma bolalarni "U" tovushini cho’zib talaffuz etishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar: 3 xil rangdagi qalamlar, o’yinchoq parovoz.
Kutilayotgan natija: Bolalar sariq, yashil, sariq rang bilan tanishadilar, "a"tovushini uzoq talaffuz qilishga o’rganadilar
Mashg’ulotning borishi: Bolalar stol atrofida o’tirishadi. Patnisda uch xil rangdagi qalamlar(sariq, yashil, qizil) turadi. Bolalarni chaqirib istagan rangdagi qalamni olishga imkon yaratadi. Kimda qanday rangdagi qalam borligini so’raydi. Mashq 2-3 marta o’ynaladi. So’ngra tarbiyachi bolalardan chaqirib bitta rangni aytib shu rangni topishni aytadi. Bolalarning topshiriqni to’g’ri-noto’g’ri bajarganliklarini bolalarning yoqtirgan o’yinchoqlaridan biri - bo’ri tekshiradi. Agar topshiriq to’g’ri bajarilsa, bo’ri "uuu" deb uvillaydi. Agar topshiriq noto’g’ri bajarilsa, irillaydi. Mashq 2-3 marta o’ynaladi.
Tarbiyachi qalamlarni olib qo’yib o’yinchoq parovozni ko’rsatadi. Parovoz qanday tovush chiqarayotganini aytib ko’rsatadi. «uuu» (qattiq va cho’zib talaffuz qiladi.) Kichkintoylarni ham birgaliqda "uuu" deb talaffuz qilishga chaqiradi. So’ngra tarbiyachi "Parovozni chaqir" nomli o’yinni o’ynatadi. Bolalar "uuu" deb tovushni talaffuz qiladi va parovoz "yuradi". Agar kichkintoy sekin bu tovushni talaffuz qilsa, parovoz bu tovushni eshitmaydi. Tarbiyachi shu tovushni bola qattiq va uzoq talaffuz qilishiga ahamiyat beradi. So’ngra tarbiyachi parovozga vagonchalarni qo’shadi va vagonchalarda turli xildagi rasmlar joylashganligini, bolalar bu rasmlarni tomosha qilib bu predmetlarning qanday rangda ekanligini aytadi. Masalan "Menda qizil koptok", "Menda yashil koptok", " Menda sariq koptok deyishadi"
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimlarini tekshirish uchun savollar:
Bolalar gul qanday rangda?
Bolalar barg kanday rangda?
Bolalar sabzi qanday rangda?
Bolalar parovoz qanday ovoz chiqaradi?

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling