O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana02.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1741029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1673501674 Uslubiy qollanma pdf variant.

 
Kirish 
Ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘qish va mehnat jarayonida o‘z fikrini 
og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan,jamoat joylarida turli nutqiy 
vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini ifoda etadigan, og‘zaki va yozma savodxonlik 
malakalariga ega bo‘lgan, kitobxonlik madaniyati shakllangan,mustaqil va ijodiy fikrlay 
oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan-muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni 
kamol toptirishdan iborat. 
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchi shaxsini fikrlashga,o‘zgalar 
fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga 
qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish: o‘quvchilarda grammatikaga oid 
o‘zlashtirilgan bilimlarni (fonetika, leksikologiya ,yozuv,talaffuz va imlo me’yorlariga
oid tushunchalarni) rivojlantirish: tilning keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan 
holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik 
kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. 
Mazkur metodik tavsiyada o‘quvchilarga ona tili fanidan bilim berish jarayonida 
ilg‘or 
pedagogik 
texnlogiyalarni, 
metodlarni 
qo‘llash, 
darslikdagi 
mashq, 
topshiriqlarning bajarish yechimi hamda matn va lug‘at ustida ishlash bo‘yicha 
ko‘rsatmalar berilgan. Mustaqil bajarish uchun matn tayyorlash va uni audionutq 
shaklida taqdim qilish vazifasi berilgan.
Shuningdek, qo‘llanmada mavzularni tushuntirish va mustahkamlash jarayonida
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlab, to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmasini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan matnlar ham kiritildiki, bu matnlardan dars davomida
mahorat bilan foydalanish ona tili saboqlari ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. 
Yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat,ona tilini
e’zozlash urug‘larini qadashdek 
mashaqqatli va mas’uliyatli ishingizga muvaffaqiyat tilaymiz. 



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling