O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1741029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1673501674 Uslubiy qollanma pdf variant.

Toshkesar. 
Bir toshkesar bor edi. U juda kambag‘al edi. Har kuni tog‘ga chiqib 
xarsangtoshlarni yo‘nar edi. Ishi qiyin bo‘lishiga qaramay, juda oz maosh olardi. Shu 
sabab hayotidan sira qoniqmasdi. “Men boshqalarga nisbatan ko‘proq ishlayman. Ishim 
juda og‘ir, lekin baribir kam oylik olaman. Men ham boyib ketishni xohlardim. Dam 
olardim va chiroyli liboslarim bo‘lardi”, deya xayol surayotganida, osmondan bir 
farishta tushib, unga shunday dedi: 
-Qayg‘urma, sen albatta boy bo‘lasan va chiroyli liboslaring bo‘ladi. 
Shunday qilib, toshkesar bir zumda boyib ketibdi. Endi u xohlagan paytida ishlab, 
xohlagan paytida dam ola bilardi. Uning odamlar havas qiladigan bir-biridan chiroyli 
kiyimlar bor edi. Kunlardan bir kuni qirol uni saroyga taklif qilibdi. Ichkariga kirar 
ekan, saroyning chiroyi uni lol qoldiribdi. Qirol undan ham boy edi. Keyin yana xafa 
bo‘ldi va “Men ham qirol bo‘lishni istayman”, dedi. Osmondan oldingi farishta tushdi 
va toshkesarni qirolga aylantiribdi. Endi u ishdan tamoman ozod bo‘libdi. Bir kuni havo 
judayam isib ketibdi. Quyosh nur taratib, yerni qizdiribdi. Buni ko‘rib, qirolning jahli 
chiqdi: nega quyosh hammadan kuchli? U yana o‘z hayotidan nolidi: 
-Quyosh bo‘lganimda edi… 
Bu gal farishta kelib uni quyoshga aylantirib qo‘ydi. Endi u ko‘kda nur taratib, 
yerni qizdirar ekan, to‘satdan paydo bo‘lgan bulut uning nurlarini to‘sib oldi. Bundan 
jahli chiqqan quyosh: 
-Bu nimasi? Nega bulutga kuchim yetmayapti? Men bulutga aylangim kelayapti,-
dedi. Va bu orzusi ham amalga oshdi. Birozdan so‘ng bulut yomg‘irga aylandi. 
Yomg‘irlar tuproqqa, undan keyin ariqlarga yetdi. Ariqlarda suvlar ko‘paygandan 
ko‘paydi. Uylarni, polizlarni sellar bosdi. Insonlar, hayvonlar, polizlar parishon 
bo‘lishdi. Lekin qoyalar suvlar qarshisida hamon mag‘rur turishardi. Shu onda bulut 
g‘azablandi.
-Nega bu suvlar qoyalardan oshib o‘tolmayapti? Men qoya bo‘lishni istayman, -
dedi. Uning gapini eshitgan farishta bulutni qoyaga aylantirdi. Endi u quyoshdan ham
bulutdan ham nihoyatda kuchli edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay qo‘lida bolg‘a ko‘targan 
bir odam keldi va tosh yo‘na boshladi.
-Bu nimasi?- dedi qoya. Nahot shu odamdan zaif bo‘lsam?.. 
Shundan so‘ng, haqiqiy kuch- qudrat baxtiyorlikda ekanligini tushundi va ming 
pushaymon bilan yana asliga qaytishni istab: 
-Men inson bo‘lishni xohlayman!-deya hayqirdi. Farishta uning bu tilagini ham 
ro‘yobga chiqardi. Qoya insonga aylandi. Endi u qoyalardan yana tosh qo‘porar edi. Ishi 
og‘ir va maoshi oz, ammo hayotni sevardi va mamnun edi. 



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling