O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana02.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1741029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1673501674 Uslubiy qollanma pdf variant.

 
Kutilmagan mehmon. 
Bir ayol kechqurun uyiga qaytganida, notanish uch mehmon eshik oldida 
turganini ko‘rdi va ulardan kimligini so‘radi. Birinchisi: “Mening ismim boylik”, 
ikkinchisi: “Meniki omad”, uchinchisi: “Meniki esa sog‘lik”, deya o‘zlarini tanishtirdi. 
Ayol ularni uyiga taklif etib, mehmon qilmoqchi bo‘ldi.Uyda erkak kishi 
yo‘qligini bilgach, ular kirishni xohlamadilar. Ayol kechroq uyiga qaytgan xo‘jayiniga 
bo‘lgan voqeani aytib berdi. Xo‘jayini:
-Ularni uyga taklif qil, -dedi.
Ayol taklif qilganida ulardan biri: 
-Hammamiz bir paytda bora olmaymiz. Sen uchovimizdan birimizni taklif 
qilishing kerak, -dedi. 
Ayol bu gapni xo‘jayiniga yetkazdi: 
-Unda biz boylikni taklif qilaylik, uyimizni mo‘l-ko‘llik, barakot va boylikka 
to‘ldirsin, -dedi xo‘jayini. 
Ayol esa Omadni o‘ylab turganida, qaynonasi:
-Sog‘likni taklif qilaylik, barchamiz sog‘-salomat bo‘lamiz, deya taklif kiritdi. 
Ayol va uning xo‘jayiniga bu taklif ma’qul keldi. Ular sog‘likni ichkariga taklif 
qildilar. Sog‘lik uyga kirarkan, boylik bilan omad ham uning ortidan ergashadi.
Ayol: 
-Ammo biz SOG‘LIKni taklif qildik. Sizlar tashqarida qolishingiz kerak edi-ku
deb aytarkan, boylik shunday deb javob berdi: 
-Agar siz meni yoki omadni taklif qilganingizda, qolganlar tashqarida kutgan 
bo‘lardi. Modomiki, sog‘likni istagan ekansiz, u bor joyda boylik va omad birga bo‘ladi. 


TWO PLUS (2+) metodi. 
10- sinf ona tili darsligi bo‘yicha tuzilgan savollar beriladi. O‘quvchilarning 
qo‘liga sigir va sichqon suratlari tushirilgan tarqatmalar beriladi. O‘qituvchi savolni 
o‘qib beradi, qaysi fikr to‘g‘ri bo‘lsa, o‘quvchi shu suratni ko‘taradi. 
1- savol. 
Qaysi ish qog‘ozida hech qanday tinish belgisi qo‘llanilmaydi? 
*Sigir deydi: telegramma.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling