O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


Darsning motivatsion shiori: Zilday zamin darz ketibdi, qilday maysa dastidan


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana02.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1741029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1673501674 Uslubiy qollanma pdf variant.

Darsning motivatsion shiori: Zilday zamin darz ketibdi, qilday maysa dastidan. 
“Drabbl” (mitti hikoya)metodi. 
Afzalligi: Dars boshlanishida kundalik hayotda ro‘y berayotgan voqea va 
hodisalar, yangiliklar, o‘zgarishlarga oid hikoyalar aytib beriladi. O‘quvchilar hikoya 
matni asosida o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi. Hayot bilan taqqoslab yangicha g‘oyalar 
yaratadi, hayotni sevishga, shukrona qilib yashashga, inson hayotidagi qiyinchilklarga 
sabr, iroda va bardosh bilan yengib o‘tishga, katta va yuksak marralar sari intilishga 
o‘rgatadi, xulosa chiqaradi.
Natija: mustaqil fikrlashga, shaxsiy mulohaza bildirishga undaydi.
TA’SIRLI DORI. 
 
Bir hukmdor jahli chiqib, vazirini zindonband etdi. Unga qotgan non va suvdan 
boshqa biror narsa bermang, deb buyurdi. Ammo kunlar o‘tishiga qaramay podshoh 
vaziridan hech qanday shikoyat eshitmadi. Uning yolvorib, shafqat so‘ramaganiga 
hukmdor, zindonga o‘zi odam yubordi. U vazirining ahvolini bilib kelishni va qanday 
qilib, sabr- toqatli bo‘la olgani sababini aniqlashni buyurdi. Podshohning odamlari 
borib, vazirdan so‘rashdi: 
Aslida bir qayg‘u ichrasan. Oyoq-qo‘ling kishanlangan bo‘lsa-da, yuzlaring 
za’faron emas. Xotirjam o‘tiribsan, senga qoyil qoldik! Buning sababi nimada? 
Vazir javob qaytardi; 
- Chunki menda 3 xil dori bor. Ulardan unumli foydalanaman… 
Haligi odamlar hayratlanib yana so‘rashdi: 
- Ular qanday dorilar ekan?... 
Vazir shunday javob berdi: 
- Birinchisi - sabr.Boshimga tushgan bu falokatni xudodan ko‘rib sabr qildim.
Ikkinchisi – iroda. Ya’ni har qanday vaziyatda ham tushkunlikka tushib, o‘zimni 
yo‘qotib qo‘ymadim. Uchinchisi - umiddir. Bir kuni albatta, bu yerdan 
chiqishimga umid qildim va shu bilan kayfiyatimni ko‘tarib turdim. 
Ushbu matndan kelib chiqib,sinf uch guruhga bo‘linadi. Guruhlarga 
“Sabr”,”Umid”,”Iroda” nomlari beriladi. 
O‘quvchilar yonida “Sabr”,”Iroda”,”Umid” so‘zlari yozilgan dori tabletkasi rasmi 
tushirilgan tarqatmachalar turadi. Dars davomida o‘quvchining har bir to‘g‘ri javobi 
uchun yonidagi partadoshi unga o‘sha dori tarqatmachasini berib boradi. Dars oxirida 
shu tarqatmachalar orqali guruh g‘oliblari aniqlanadi.Eng ko‘p to‘plagan o‘quvchi ham 
rag‘batlantiriladi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling