O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Oqilona ovqatlanish – uzoq umr garovi


Download 490.5 Kb.
bet13/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Oqilona ovqatlanish – uzoq umr garovi.
Oqilona ovqatlanish inson umrini uzaytiradi. Uning salomatligiga ijobiy ta’sir etib, organizmning me’yorida faoliyat yuritishiga yordam beradi. Odam mijozini moʻtadil etadi. Agar inson mijozi buzilsa, kasallik vujudga keladi. Noto‘g‘ri ovqatlanish ham xastalik sababchisi
Xulosa qilib shuni ta’kidlab o‘tish joizki, rasional ovqatlanish (rasional – oqilona, maqsadga muvofiq) organizmning quvvat sarfini to‘ldirish, hamda insonning hayoti va faoliyati uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mikroyelementlarni qamrab olgan, tarkibi va miqdori jihatdan organizmning imkoniyatlariga mos keladigan ovqat bilan ovqatlanishdir.
Kundalik hayotimizda amal qilishimiz lozim bo‘lgan muhim qoidalardan biri bu ovqatlanish tartibidir.
Inson kuniga 3 marta ovqatlanganda, kechki ovqatning kaloriya qiymati bir kunlik umumiy kaloriya qiymatining 20-25 foizidan oshmasligi va uyquga ketishdan kamida 3 soat oldin isteьmol qilinishi, uning yaxshi hazm bo‘lishi tungi uyquning meьyoriy kechishini taьminlaydi.
Sog‘lom kishining ovqatlanishi qanday bo‘lishi lozim?”
Iste’mol qilinadigan ovqat turli tuman bo‘lsa, u o‘zida hayvonlar va o‘simliklardan tayyorlangan mahsulotlarni mujassamlashtirsa, organizm salomatlikni ta’minlaydigan barcha zarur narsalarga ega bo‘ladi. Ovqatning tarkibiga ovqatning barcha komponentlari (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar, suv), ovqatga ta’m beruvchi qo‘shimchalar va kelib chiqishi chetdan bo‘lgan aralashmalar (hid beruvchi qo‘shilmalar, rang beruvchi moddalar, ziravorlar, konservantlar, zararli moddalar, og‘riq chaqiradigan organizmlar).
Sog‘lom odamning ovqatlanishi quvvati moʻtadillashgan, ovqatning tarkibi bo‘yicha to‘laqonli, maydalangan va muntazam iste’mol qilinadigan, kulinariya jihatidan oqilona qayta ishlangan, tarkibida alkogoli bo‘lmagan bo‘lishi lozim.
Sog‘lom kishi ovqatlanishining bir qancha qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Ovqatlanish quyidagicha bo‘lishi kerak:
- quvvati moʻtadillashgan;
- ovqatning tarkibi bo‘yicha to‘laqonli;
- maydalangan va muntazam iste’mol qilinadigan;
- kulinariya jihatidan oqilona qayta ishlangan, tarkibida alkogoli bo‘lmagan.
Mahsulotlar nafaqat ta’mi bo‘yicha, balki asosiy ovqat moddalarining tarkibi bo‘yicha ham farqlanadi. Asosiy ovqat moddalariga oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kiradi.

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling