O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


-mashg‘ulot. “Rasional ovqatlanish asoslari” trening dasturi


Download 490.5 Kb.
bet12/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

3-mashg‘ulot. “Rasional ovqatlanish asoslari” trening dasturi.


Maqsad

ota-onalarda bolaning salomatligi va me’yoriy rivojlanishi uchun rasional ovqatlanish to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirish..

Vazifalar



  • ovqatlanishning asosiy qoidalari va tamoyillari to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berish;

  • ovqat rasionining quvvat muvozanatini saqlash metodikasi bo‘yicha ta’lim berish;

  • bolaning salomatligi va me’yoriy rivojlanishi uchun rasional ovqatlanish to‘g‘risidagi bilimlarni singdirish.

Davomiyligi

2 soat

Usullar

Ko‘rgazmali taqdimot, guruhlarda ishlash, umumiy munozara va muhokama, psixologik mashq va o‘yinlar.

Materiallar

Flipchart, rangli markerlar

Trening borishi.
Videorolik
Boshlovchi: Bugun biz sizlar bilan inson salomatligi va sog‘lom turmush tarzini olib borishda “Rasional ovqatlanish asoslari” haqida fikrlashamiz, bilimlarimizni boyitamiz.
Maqsadimiz salomatlik va me’yoriy rivojlanish uchun rasional ovqatlanish to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirish.
• ovqatlanishning asosiy qoidalari va tamoyillari
• ovqat rasionining quvvat muvozanati
• rasional ovqatlanish to‘g‘risidagi bilimlarimizni kengaytish.
Boshlovchi: Keling avvalambor sog‘lom turmush tarzi to‘g‘ri ovqatlanish talablari nimalardan iboratligi bilib olamiz:
Sog‘lom turmush tarzining asosiy omillaridan yetakchisi – bu to‘g‘ri ovqatlanishdir.
Irsiy kasalliklardan tashqari mavjud kasalliklarning deyarli barchasining sababi kishini hayratga soladigan darajada bir xil bo‘lib, bu noto‘g‘ri turmush tarzi va noto‘g‘ri ovqatlanishdir.
Demak, kasalliklarning kelib chiqish sabablaridan eng asosiysi bu noto‘g‘ri ovqatlanish ekan.Shunday ekan biz sizlar bilan oqilona to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarini bilib olishimiz kerak.

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling