O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Asosiy qism 1-mashg‘ulot. “Sening o‘z salomatligingga munosabating” tyesti


Download 490.5 Kb.
bet10/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Asosiy qism
1-mashg‘ulot. “Sening o‘z salomatligingga munosabating” tyesti.
Ko‘rsatma: ishtirokchilarga “Sening o‘z salomatligingga munosabating” testidagi savollarga javob berishligini so‘rang va ballarni hisoblang.
Sening o‘z salomatligingga munosabating” tyesti



Savollar

Ha

Yo‘q


Kun davomida men hech bo‘lmaganda yarim soat o‘zim va o‘zimning sog‘lig‘im uchun vaqt ajrataman

1

3


Mening ortiqcha og‘irligim bor va bundan uyalaman

3

1


Haftasiga 2-3 marta men jismoniy madaniyat yoki sport bilan shug‘ullanaman

1

3


Men chekaman

3

1


Men bir sutkada 8-9 soat uxlayman

1

3


Muntazam ravishda dori-darmon iste’mol qilaman (uyqu dori, tinchlantiruvchi dori)

3

1


Muntazam ravishda sabzovot va mevalar iste’mol qilaman

1

3


Men spirtli ichimliklarni iste’mol qilib turaman

3

1


Kun davomida men qaxva yoki choyga nisbatan suv iste’mol qilishga harakat qilaman

1

3


Men har kuni qandaydir shirinlik iste’mol qilishga harakat qilaman

3

1


Men Internetdan va ba’zi bir OAV laridagi ma’lumotlardan olinadigan ma’lumotlar har doim ham sog‘liq uchun foydali emasligini tushunaman

1

3


Men «sovuq taom», buterbrod yeyishni yaxshi ko‘raman

3

1


Men qayerda to‘g‘ri kelsa, o‘sha joyda, stol bo‘lmasada, har qanday yorug‘likda dars qilaveraman

3

1



Natijalar bahosi: Ballarni hisoblaganda quyidagi natijalarga erishish mumkin:
13-20 ball – sog‘lig‘ingiz joyida!
21-29 ball – salomatlikka nisbatan e’tiborliroq bo‘lish kerak, turmush tarzingizni biroz o‘zgartirish lozim!
30-39 ball – turmush tarzingiz hech narsaga yaramaydi, uni tezda o‘zgartirish kerak. Tezlikda ko‘nikmalaringiz va istaklaringizni qaytadan ko‘rib chiqing!
2-topshiriq. Savollar va javoblar.
Ko‘rsatma: agar yuqorida keltirilgan nazariy qism savollar keltirib chiqarsa, ularni muhokama qilish uchun vaqt bo‘ladi. Muhokama cho‘zilib ketmasligi uchun jarayonni boshqarishga harakat qiling. Shu bilan birgalikda nisbatan faol bo‘lgan ishtirokchilarga o‘z fikrlarini aytish imkoniyatini berish lozim. Munozara yoki fikr bildirishlar cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, ustamonlik bilan ularni to‘xtating, masalalarni keyinroq yoki individual maslaxat ko‘rinishida muhokama qilish taklifini kiriting.
Amaliy qism.
Donishmand haqida rivoyat”. Ishtirokchilarga “Donishmand haqida rivoyat”ni aytib bering.

Bir mamlakatda donishmand yashar edi. U ko‘plab savollarning javobini bilar edi va yuzlab kishilar unga maslahat so‘rab kelishardi. Shu mamlakatda bir yigit yashardi. U yaqindagina bola edi va o‘zining hayot yo‘lini endigina boshlagan edi. Biroq u hamma narsizi bilaman, hamma narsa qo‘limdan keladi va o‘zgalarning maslahatiga muhtoj emasman deb o‘ylardi. Bir kuni u donishmandni chuv tushirmoqchi bo‘ldi – kapalakni ushlab, kaftlari orasiga oldi va donishmanddan so‘radi:
- Mening qo‘limda tirik narsa bormi yoki o‘lik narsa?
Agar donishmand “tirik narsa bor” desa, kaftlarini qismoqchi va kapalakni o‘ldirmoqchi edi va shunda donishmand nohaq bo‘lib chiqardi. Agar donishmand “o‘lik narsa bor” desa, kaftlarini ochib tirik kapalakni ko‘rsatar va donishmand bu holda ham nohaq bo‘lib chiqardi. Biroq yigit donishmandga kelib o‘z savolini berganida u diqqat bilan qaradi-da, shunday dedi:

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling