O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 490.5 Kb.
bet7/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Trener xulosasi. Hurmatli ota-onalar farzand – bu sizning oila atalmish bog‘ingizda o‘sgan daraxt. Halqimizda yaxshi bir maqol bor “nimani eksang, shuni o‘rasan”. Farzand tarbiyasida asosiy maskan – oila. Asosiy tarbiyachilar ota-onalar. Oilada sog‘lom muhitni shakllantirishga xarakat qiling. Farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondoshing.

2-mashg‘ulot. “Bola va oila salomatligi hamda sog‘lom turmush tarzi” trening dasturi.


Maqsad

ota-onalarda sog‘lom turmush tarzi qadriyatlari, salomatlik to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish.

Vazifalar



  • ishtirokchilarga salomatlik va uning komponetlari tushunchalari to‘g‘risida ma’lumot berish;

  • o‘z salomatligiga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga o‘qitish;

  • sog‘lom turmush tarzining ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berish;

  • turmush tarzi uchun xavfli bo‘lgan omillarni tahlil qilishga o‘qitish.




Davomiyligi

2 soat

Usullar

Ko‘rgazmali taqdimot, guruhlarda ishlash, umumiy munozara va muhokama, psixologik mashq va o‘yinlar.

Materiallar

Flipchart, rangli markerlar

Trening borishi.


Videorolik

Hurmatli onalar, otalar mashg‘ulotga kelayotib, Siz albatta, mashg‘ulotda nimalar bo‘larkin, bizni nimalar kutayotgan ekan, qiziqarli bo‘larmikin, deb o‘ylagansiz va o‘zingizning qaysidir savollaringizga javob olish istagida kelgansiz.


Biz bugundan e’tiboran aynan sog‘lik, salomatlik, sog‘lom turmush tarziga rioya qilib yashash qoidalarini o‘rganb boramiz. Chunki salomatlikni hech qachon moddiy boylik va mablag‘ evaziga sotib olib bo‘lmaydi. Inson sog‘lom yurgandagina baxtli yashashi mumkin. Har bir kishi kundalik hayot me’yorini saqlay bilishi kerak.
O‘qiganda, uxlaganda, yurganda, chopganda, ovqatlanganda, dam olganda, kulganda, yo‘talganda ham shunday bir chegara, me’yor borki, shu me’yorning buzilishi, albatta, salomatlikka zarar yetkazadi.
Salomatlikni mustahkamlash sirlarini chuqur bilish va salomatlikni asrashning yagona yo‘li - sog‘lom turmush tarzi ekanligini chuqur anglab yetishimiz lozim. Turmush tarzi - bu kundalik hayot tartibidir. Uni belgilovchi bosh omil insonning o‘zidir. Sog‘lom turmush tarzi - bu insonning hayoti salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lish asosida hayot faoliyatini yo‘lga qo‘yilishidan iborat. Bu shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi zararli omillar bo‘lmasligi kerak. Sog‘lom bo‘lganimizda, sog‘lom fikrlaganimizda maqsadimizga erishamiz, shu sababli o‘zimizning va farzandlarimizning kelajagi o‘z qo‘limizdadir!
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti ustavida sog‘liq “to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy barqarorlik” holati sifatida talqin qilinadi, ya’ni kasalliklar va nuqsonlarning yo‘qligi” degan tushunchadan birmuncha kengroqdir.
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining xulosalariga ko‘ra sog‘lom bo‘lish bir qancha omillarga bog‘liq, bular:

  1. Yashash tarzi va sharoitlari – 50%

  2. Genetika va nasl – 20%

  3. Tashqi omillar, tabiiy sharoitlar – 20 %

  4. Sog‘liqni saqlash tizimi – 10 %

Demak, sog‘lom bo‘lishimizning eng katta foizi o‘zimizga, hayot tarzimizga, ya’ni sog‘lom turmush tarziga bog‘liq ekan.



Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling