O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 490.5 Kb.
bet15/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Amaliy qism.
Ovqat rasionining qadri va sutkalik energiya yo‘qotishlarining hisobi.
Ko‘rsatma: ishtirokchilarga energiya yo‘qotishlarini va rasionning energiya qadrini hisoblashni taklif eting.
Energoxarjlar jadval asosida hisoblanadi. Bir sutka davomida ularning davomiyligi hisoblanadi va faoliyatning har bir turi bo‘yicha ko‘rsatkich energoxarjning mos ko‘rsatkichiga ko‘paytiriladi. Oxirida qo‘lga kiritilgan raqamlarni qo‘shish kerak bo‘ladi (qizlardan 10% ni olib tashlash lozim).
Hisob-kitob uchun namuna: Qiz bola, 16 yosh, o‘quvchi.
Uyqu (8 soat x 50 kkal) = 400 kkal
O‘qish (8 soat x 110 kkal) = 880 kkal
Uy ishlari (3 soat x 100 kkal) = 300 kkal
Dam olish, kitob o‘qish (2 soat x 65 kkal) = 130 kkal
Tinch yurish, sayr etish (2 soat x 190 kkal) = 380 kkal
Buning yig‘indisi 2090 kkal, qizlar uchun -10% = 1880 kkal bo‘ladi.
Boshida iste’mol qilingan ovqatning energetik qadri (200 kilokaloriy o‘rtasida) ovqatlanish asosiy mahsulotlarining kaloriyasi jadvalidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, aksariyat sho‘rvalar (500 gramm), sutli don sho‘rvalari oddiy porsiyalarining kaloriyasi 400 kkalni, garnirli ikkilamchi go‘shtli ovqatlarning aksariyati kaloriyasi 500-600 kkalni, aksariyat baliqdan tayyorlangan ovqatlarning kaloriyasi taxminan 500 kkal va undan ortiqni, sabzavotdan tayyorlangan ovqatlarning kaloriyasi 20 dan 400 kkalni tashkil etadi. Yog‘li yoki sutli kashaning quvvati 350 kkal atrofida, buterbrodlarniki - 200 kkal, uchlamchi ovqatlar (kompotlar, kisellar, kakao, sutli kofe) – 150 kkaldan iborat bo‘ladi.
Sog‘lom ovqatlanish tamoyillari.
Sog‘lom ovqatlanishning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: Energiya muvozanati, ovqat moddalari tarkibining to‘laqonliligi (“ovqatlanish piramidasi”), ovqatlanish tez-tez, muntazam va teng o‘lchovli bo‘lmog‘i kerak, kulinariya ishlarining optimalligi, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishni to‘xtatish.

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling