O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 490.5 Kb.
bet14/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Oqsillar – bizning organizmimizning hujayralari uchun asosiy qurilish materialidir. Oqsillar organizmning asosiy qurilish materiali; gormonlar, fermentlar, vitaminlar, antitelalarning manbai hisoblanadi. Ayniqsa u bolalik va o‘smirlik yoshida zarurdir. Agar ovqatda oqsil yetishmasa, inson tanasi qiyinchilik bilan o‘sadi, tez charchaydi, tez-tez kasal bo‘lib turadi. Ayniqsa hayvon mahsulotlari oqsillarga boy bo‘ladi: go‘sht, baliq, qush, sut, tuxum. Tarkibida oqsil bo‘lgan o‘simlik mahsulotlari ham bor: no‘xat, dukkakli mevalar, soya, yong‘oqlar.
Oqsillarning optimal miqdori 1 kg og‘irlikka 1 grammga to‘g‘ri keladi. Oqsilning yarmi hayvon mahsulotlaridan, qolgan yarmi esa o‘simlik mahsulotlaridan iborat bo‘lmog‘i lozim. Hayvon mahsulotlaridagi oqsil go‘shtda, qushlarda va baliqlarda, o‘simlik mahsulotlaridagi dukkakli ekinlarda, yong‘oqlarda bo‘ladi. Qizil go‘shtni (mol go‘shti, qo‘y go‘shti) haftasiga ikki marta, qolgan kunlarda esa qush (tovuq go‘shti, indeyka go‘shti) va baliq iste’mol qilgan ma’qul.
Yog‘lar – bu energetik depo, quvvatning zahirasi hisoblanadi. Yog‘lar nafaqat quvvat tashiydi, balki ularda yog‘ni eritadigan vitaminlar (A, D, Ye, K), sterinlar, to‘liq to‘yinmagan yog‘ kislotalari, fosfolipidlar borligi sababli plastik qiymatiga ham ega bo‘ladi. Yog‘lar xuddi oqsillarga o‘xshab hayvon va o‘simliklar mahsulotlarida mavjud bo‘ladi. Sariyog‘, yog‘, mayonez va margarin hayvon yog‘lariga taalluqli. Ayniqsa o‘simlik yog‘lari foydali: paxta yog‘i, kungaboqar yog‘i, makkajo‘xori yog‘i, zaytun yog‘i.
Inson salomatligi uchun yog‘lar xuddi oqsillar miqdorichalik muhim, ya’ni 1 kg og‘irlikka 1 kg yog‘. Biroq ovqatdagi o‘ta katta miqdordagi yog‘ning bo‘lishi inson organizmiga zarar keltiradi, ayniqsa yurakka zarari katta. Yurakning ishemik kaalliklari, insult, rak va qandli diabet singari asosiy yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning rivojlanish xavfi katta miqdordagi yog‘ni iste’mol qilish bilan bog‘liq.
Uglevodlar – bu quvvat manbai, hujayralar uchun yoqilg‘i, xuddi mashina uchun benzinga o‘xshab. Uglevodlarning manbai asosiz o‘simlik mahsulotlari hisoblanadi: un va qobig‘i ajratilgan mahsulotlar, kartoshka, asal, shakar, sabzavot, ho‘l mevalar, rezavorlar. Xavfning ovqatga taalluqli bo‘lgan omillaridan biri antioksidantlar yetishmasligi (karotinoidlar, S va Ye vitaminlari) bo‘lib, bu yetishmovchilik sabzavot va ho‘l mevalar bilan to‘ldiriladi. Bu yetishmovchilik ayniqsa chekuvchilarda yuzaga chiqadi, chunki chekish jarayonining o‘zi erkin radikallar katta miqdorining paydo bo‘lishiga olib keladi. Ovqat rasionida sabzavot va mevalarning miqdori 2:1 bo‘lishi lozim.
Biroq uglevod ko‘p bo‘lgan ovqat keragidan ortiq iste’mol qilinsa, salomatlikka katta zarar keltiradi. Ortiqcha uglevodlar yog‘larga aylanadi va yog‘ to‘qimalariga singadi, natijada semirish kuzatiladi. Shakar tishlarga zarar yetkazadi – kariyes rivojlanadi. Shuning uchun shirin ovqatdan so‘ng albatta og‘izni suv bilan chayqab tashlash lozim.
So‘nggi paytlarda ovqat to‘qimalari deb atalgan iste’molga katta e’tibor qaratila boshlandi. Ular ovqatni o‘zlashtirish va ovqat hazm qilish jarayonida, organizmdan xolesterin va toksinni chiqarib tashlashda muhim rol o‘ynaydi. Sellyulozaga boy bo‘lgan (tegirmon unidan tayyorlangan non, don mahsulotlari) mahsulotlar oshqozonning funksiyasini normallashtiradi va surunkali qabziyat, gemorroy simptomlarini kamaytirishi, yurakning ishemik kasalliklari xavfining oldini olishi mumkin. Ovqat to‘qimalari dukkakli mevalarda, yong‘oqlarda, sabzavot mahsulotlarida va ho‘l mevalarda ham bo‘ladi. Unda, shuningdek vitaminlar va mikroyelementlar bor.
Tana og‘irligini nazorat qilishning muhim omili rasion kaloriyasining organizmning energoxarjlariga mos tushishidir. Insonning bir kunlik energiyaga bo‘lgan ehtiyoji yoshga, jinsga va faoliyat turiga bog‘liq. Agar kunduzgi rasion kaloriyasi organizmning energoxarjidan oshib ketsa, bu moddalar almashinuvi oraliq mahsulotlari ortiqcha miqdorining paydo bo‘lishiga olib keladi. Oraliq mahsulotlar fermentlar ta’sirida osongina yoqqa aylanadi va yog‘ sellyulozalari joylashgan joylarda energiya rezervi sifatida to‘planadi.

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling