O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


- Hamma narsa sening qo‘llaringning orasida


Download 490.5 Kb.
bet11/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

- Hamma narsa sening qo‘llaringning orasida...



2- topshiriq. “Tugallanmagan gaplar”.
Sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilish jarayonida tahliliy so‘rovnomalardan (anketalardan, bunda bir qancha taklif etilgan variantlardan nisbatan to‘g‘rirog‘ini tushuntirib berish orqali, yoki tanlovni tahlil qilish orqali) foydalanish samara beradi.
Ko‘rsatma: ishtirokchilarga «Tugallanmagan gaplar» deb atalgan jadval – so‘rovnomani to‘ldirishni taklif eting (sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvur).
Men salomatlik holati ... deb hisoblayman.
Mening fikrimcha sog‘lom turmush tarzi – bu .... deb hisoblayman.
Men sog‘lom turmush tarzini......lar orqali olib borish zarur deb hisoblayman.
Sog‘lom turmush tarzining bosh belgisi – bu ...
Men sog‘lom turmush tarzini...larda saqlayapman deb hisoblayman.
Men ....olib borishni istar edim.
Har bir ishtirokchining sog‘lom (adekvat, garmonik, to‘g‘ri) turmush tarzini olib borayotganini uning har bitta fikrga bergan bahosiga qarab hukm chiqarsa bo‘ladi.
Mening kunim”. Ko‘rsatma: ishtirokchilardan o‘z kunini va ularga rohat bag‘ishlayotgan narsasini tasvirlab berishini so‘rang. Bu rasm yoki kollaj ham bo‘lishi mumkin. Ishni muhokama qiling.
Yakuniy qism
Yakuniy xulosa, o‘tilgan materialni muhokama qilish.
Ko‘rsatma: ishtirokchilardan olingan ma’lumotlardan qoniqqanliklari, nima noaniq qolganligi, yana nimani bilishni yoki aniqlashtirishni istashi haqida so‘rab ko‘ring. Mashg‘ulot doirasidan tashqariga chiqqan barcha savollarga javobni yoki individual maslahatga, yoki keyingi mashg‘ulotga qoldiring. Qo‘shimcha ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan savollarni keyingi mashg‘ulotlarda muhokama uchun belgilab qo‘ying.
Keyingi mashg‘ulotning mavzusi haqida qisqacha ma’lumot bering, bunda treningning barcha mashg‘ulotlariga qatnashish lozimligini, chunki ular o‘zaro bog‘liq ekanligini va biri ikkinchisini taqozo etishini ta’kidlang.



Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling