O‘qituvchi test natijalarini sarhisob qiladi.
Topshiriq. “Kaftlarimiz” mashqlari. Qo‘llaringizni qogʻozga qo‘ying, barmoqlaringizni yoyib, qo‘llaringiz konturlari atrofini qalam bilan chizing. Keyin qogʻozdagi har bir barmoq orasiga o‘zingiz haqingizda biron bir yaxshi narsa yozing: “Men go‘zalman”, “Men kuсhliman” va boshqalar. Keyin bajargan ishingizni (qogʻozga imzo qo‘yib) kelgusi mashgʻulotga olib keling. Ularni guruhda birma-bir o‘qib chiqamiz. Bajarilgan ish kimga tegishli ekanligini aniqlaymiz.
8-mavzu. Mening fe’l-atvorim, kamchiliklarim va afzalliklarim.
Mashgʻulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Ta’lim jarayonida mehnat, kasb, xarakter tushunchalari, xarakterning ijobiy va salbiy xususiyatlari, xarakterning aks etishi kabi tushunchalar bilan tanishtirish.
Mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni Ona-Vatanga muhabbat va milliy iftihor tuygʻusi ruhida tarbiyalash. Temperament, xarakter, o‘ziga baho berish, o‘z imkoniyatlarini amalga tatbiq etish kabi xususiyatlarni tarbiyalash.
Mashgʻulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish. Mustaqil kasb tanlashga ijobiy munosabatini, qiziqish hamda ehtiyojini shakllantirish. O‘z-o‘zini tahlil qilish-o‘z xarakterini, intellektual qobiliyatini, mahoratini, jismoniy kuchini aniqlash imkonini shaklantirish.
Mashgʻulot uchun jihozlar: audio va video materiallar, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Mashgʻulot turi: suhbat, bahs-munozara, savol-javob.
Mashgʻulotning borishi: 45 daqiqa
Xarakter (yun.-xususiyat, o‘ziga xoslik) degan ma’noni bildiradi.
odam, narsa va hodisalarning o‘ziga xos xususiyati bor (masalan, joy xarakteri);
psixologiyada-odamning xatti-harakati va atrof muhitga munosabatida namoyon bo‘ladigan shaxsiy xususiyatini bildiradi.
Har bir insonning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Xarakter ogʻir yoki engil, kushli yoki kushsiz bo‘lishi mumkin. Xarakter-bu turli xil insoniy fazilatlarning barqaror birikmasi. Qo‘rqoq odam biron bir qat’iyatli harakat qilishi, yoki muloyim odam qo‘pol harakat qilishi mumkin. Ammo jasur yoki qo‘pol odam uchun bunday xatti-harakatlar odatiy hisoblanadi, ya’ni-tipik. Yaxshi va yomon fazilatlar kichik harakatlardan kelib chiqishi-bu tabiiy.,
Hesh kim ochko‘z, dangasa, gʻazablangan, adolatsiz va hasadgo‘y odamlarni yoqtirmaydi. Xarakter insonning barcha xatti-harakatlariga, fikrlari va hissiyotlariga o‘rnashgan bo‘ladi. Odamni yoshi qanchalik katta bo‘lsa, uning xarakterini o‘zgartirish shunchalik qiyin bo‘ladi. Sizning fe’l-atvoringiz hali shakllanmagan bo‘lsa, kelajakda siz va yaqinlaringizning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xususiyatlardan xalos bo‘lishingiz mumkin.
Biror kishining fe’l-atvori, avvalambor, uning harakatlariga qarab baholanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |