O‘zgalarga befarq munosabatda bo‘lolmayman. Ular mendan o‘rnak olsalar, menga taqlid qilsalar, men diqqat markazida bo‘lishni afzal ko‘raman.
Boshqalarda hayrat uygʻotishni va hayratga sabab bolishni yaxshi ko‘raman. Ular menga befarq bo‘lgandan yoki sezmaganlaridan ko‘ra meni yomon ko‘rishlarini afzal deb bilaman.
Men hikoyalar aytib berishni yaxshi ko‘raman va shunchaki bajonidil odamlar meni ko‘proq qiziqish bilan tinglashlarini yoqtiraman. Mening badiiy iste’dodim borligiga ishonishlari yoqadi.
Men xayol qilishni yaxshi ko‘raman.
Men shunday mavqega erishdimki, hamma menga hasad qiladi deb o‘ylayman. Men darhol odamlarning menga bo‘lgan munosabatini his qilaman.
Agar xohlasam, ular men bilan do‘st bo‘lishga tayyor. Menga doimo e’tibor beradigan bunday do‘stni juda qadrlayman.
Kasal bo‘lganimda, menga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, menga qarashni va hatto menga rahm qilishni xohlayman.
Atrofimdagi odamlarni hayratda qoldirish uchun o‘zgacha kiyinishni yaxshi ko‘raman.
“M” karta
Men ochiq ko‘ngil odamman, yolgʻiz bo‘lganimda zerikaman.
Odatdagidek, men eng kuchli do‘stlarimdan namuna olaman. Agar menga hech kim yordam bermasa va ishonmasa, men boshlagan ishimni davom eta olmayman.
Menga do‘stlar bilan o‘yin-kulgu yoqadi. Men har doim dam olishni xohlayman.
Umuman olganda, menga taqiqlangan hamma narsa yoqadi. Oila a’zolarim dangasa, ishtiyoqsiz va tartibsiz ekanligim uchun meni tanqid qilishadi, lekin bu tanqidlar menga ta’sir etmaydi.
Hushyor bo‘lib, qilgan nojo‘ya xatti-harakatlarimdan tavba qilaman, o‘zimni ayblayman, lekin shu bilan birga, mulohaza yuritib, mening aybim unchalik katta emasligini tushunaman.
Agar bir qator muammolar bo‘lmaganida, hamma narsa boshqacha bo‘lar edi-deb o‘ylayman.
Meni muammolardan himoya qiladigan sodiq do‘stim bo‘lishini istayman, aks holda men adashib qolishim mumkin.
Men kelajagim haqida juda kam o‘ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |