O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Insayt – (oydinlashuv) psixologik holat. Breynstorming


Download 0.94 Mb.
bet36/40
Sana18.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1785123
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Musiqa ma`danyati fanini o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli buyicha O`QUV US

Insayt – (oydinlashuv) psixologik holat.
Breynstorming – (ingl. -“brain storming - miyani zabt etish) keng tarqalgan guruh metodi, aqliy hujum deb ham aytiladi.
Sensor (bilish) – hissiy jihatdan bilishdir.
O’spirinlik davri – yosh davri bo’lib, yigitlarda 17-21 yosh, qizlarda esa 16-20 yoshlarga to’g’ri keladi.
Optatsiya - (optatio - xoxish, tanlov), kishi tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishi.
Idrok - predmet va hodisalarning sezgi organlariga bevosita ta’sir etishi jarayonidir.
Idrok konstantligi – olam biz tomonimizdan nisbatan doimiy, o’zgarmas sifatida idrok etiladi.
Anglanganlik – idrok tafakkur bilan chambarchas bog’ jihati.
Musiqa tinglash faoliyati hamisha musiqiy tafakkur orqali anglanganlik bilan yakunlanadi, musiqa anglanmagan bo’lsa, u yaxlit idrok etilmagan deyish mumkin;
Maqom – arabchadan olingan bo’lib, “o’rin”, “joy”, “bosqich”, “daraja” kabi ma’nolarni anglatadi. Mamlakatimizda mavjud shashmaqom, Farg’ona – Toshkent maqom yo’llari va Xorazm maqomlari shular jumlasidandir
ISTM – tarkibida maxsus “Maqom guruhi” (Studi Group Maqam) faoliyat ko’rsatayotgan guruh.
CHolg’ushunoslik – ushbu fan asosan milliy sozlarimizning paydo bo’lishi tarixi, shakllanishi, tuzilishi va ularning hozirgi musiqa ijrochiligidagi o’rni haqida ma’lumot berishga yo’naltirilgan.
CHiltor – arfa cholg’u sozining atalishi.
Mutrib – sozanda.
Nag’ma – musiqa tovushi, ton.
Jins – tovushqator (tetraxord va pentaxord) lardir.
Jam (parda) lar tashkil etish usulini ko’rsatadi.


Monodiya – yunoncha so’z bo’lib, bir kishi tomonidan ijro etiladigan qo’shiq degan ma’noni anglatadi.
Sibelius 4 nota matn muharriri, kompyuter dasturi.
Akkord (it. Accordo, fr. Accord - birdamlik)– turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qo’shilib, yaxlit holda yangrashi. Akkord

odatda tertsiya intervali bo’yicha taqsimlanadigan tovushlardan hosil bo’ladi. To’rt tovushli akkord – septakkord, besh tovushli akkord – nonakkord, olti tovushli akkord – undetsimakkord deyiladi.


Ansambl (fr. Ensemble - birgalikda)- 1. Vokal yoki cholg’u musiqa asarining bir necha ijrochi tomonidan ijro etilishi. 2. Bir to’da san’atkorlarning bir butun badiiy jamoa holda chiqishi. 3. U qadar katta bo’lmagan xonanda yoki sozandalar jamoasi uchun yaratilgan musiqa asari. Ijrochilar soniga qarab bu ansambllar turlicha ataladi. Ikki ijrochi – duet, uch ijrochi – trio yoki tertset, to’rt ijrochi – kvartet, besh ijrochi – kvintet, olti ijrochi – sekstet, yetti ijrochi – septet, sakkiz ijrochi – oktet va h.k.
Applikatura (nem. Applicatur - qo’ymoq, bosmoq) – musiqa cholg’u asboblarini ijro qilganda barmoqlarni to’g’ri qo’yish va almashtirish tartibi. Bu tartibning notalarda ko’rsatilishi ham applikatura deyiladi. Applikatura arab raqamlari bilan notalarning osti yoki ustiga qo’yiladi.
Diapazon (yun. Diapason – barcha (torlar) orqali)– xonandaning ovozi, cholg’u asbobining tovush щajmi. Musiqiy matodagi eng pastki va eng yuqorigi tovush oralig’i.
Diatonika (yun. Diatonikos – bir tondan ikkinchi tonga o’tish) – ladning asosiy bosqichlari izchilligidan vujudga keladigan musiqiy tovushlar tizimi. Tabiiy mador, minor va o’rta asr ladlari uchun asos bo’lgan asosiy yetti pog’onadagi ton va yarim tonlar diatonikaga kiradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling