O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 215 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1568285
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
IHJIelkjMJC9mEiNoYqr9AT8ODZsTHS8BeFNgw64 (1)

4-mashq. “Art-terapiya” (5 minut)
Chizilgan g’azab surati turli gullar, rangli flomasterlar bilan naqshlar chizilib, u qandaydir ma’no aks ettiruvchi suratga aylantiriladi. So’ngra ishtirokchilarga g’azabni boshqarish bo’yicha tavsiyalar beriladi.


5-mashq. “Pozitiv til” (10 minut)

Maqsad: Pozitiv til bilan gaplashishga o’rganish


Ishtirokchilarga o’zlariga yoqmagan hislatlar ro’yxatini yozib chiqish taklif qilinadi va ularni ijobiy nomlashga harakat qilinadi:
Masalan:
Qaysar – tirishqoq
Qo’rqoq – extiyotkor
Ezma – suhbatni yaxshi ko’radigan
Sustkash - sermulohaza


6-mashq.“Chigallik». (10 minut)

Maqsad: dam olish, emosional bo’shashish, guruhni jiplashtirish


Ishtirokchilar doira bo’lib turadilar, ko’zlarini yumib, qo’llarini cho’zadilar. 1 – 2 – 3 sanog’ida bir-birlarini qo’llarini ushlaydilar. Keyin ko’zlarini ochib, chigallikni yechadilar.


7-mashq. “Relaksasion mashq” (10 minut)
Orolcha mashqi”
Diqqatingizni jamlab faqat meni tinglang, faqat meni...
Ko’zlaringizni yuming, o’zingizga qulay xolatda o’tirib oling, bo’shashing, tanangizda bo’shashishni his qilayapsizmi, tanangiz qandaydir og’irlashib bormoqda. Bo’shashishning iliq to’lqini mushaklaringiz bo’ylab tarqalmoqda. Xozir men sizga ba’zi narsalarni tasavvur qilishni, eshitishni, his qilishni taklif qilaman. Buni bajarish uchun o’zingizni majburlamang, xarakat qilmang, o’zingizga oddiygina qo’yib bering.
Ko’rayapsizmi – chiroyli atirgulni, eshitayapsizmi – qo’ng’iroqchalarning jarangini, sezayapsizmi – qulupnayning mazasini, his qilayapsizmi – momiqqina jo’jani, eshitayapsizmi – yomg’irning ovozi eshitilmoqda, apelsinning xidi dimog’ingizga urilmoqda.
Tasavvur qiling! Siz dengizdasiz, Siz dengizda o’z kemangizdasiz. Dengiz to’lqini sizni o’zingiz istagan dunyoga sudrab-sudrab olib ketmoqda. Dengizning ko’m-ko’k suviga qarang, dengizning musaffo suvidan xovuchingizga to’ldirib olib, yuzlaringizni yuving. Yana bir bor xaraktlaringizni takrorlang. Dengiz suvining xar tomchisidan roxat oling, zavqlaning, o’zingizni poklangandek xis eting.
Dengiz to’lqinlari sizni sudrab-sudrab, mo’jazgina orol tomon olib ketmoqda. Osmonda qushlar sizni kutib olish uchun tegrangizda parvoz qilmoqda, sizni orol tomon chorlamoqda.
Ana, ko’rayapsizmi, uzoqdan siz izlagan orol ko’rindi. Siz qirg’oqqa yaqinlashdingiz, orolga qadam qo’ydingiz. Orol xavosi judda musaffo, tegrangizda quyosh nurlari o’zining iliq nurlarini taratmoqda. Mayin shabboda sizning yuzlaringizni, sochlaringizni silab, sizni orolning eng go’zal joylariga chorlamoqda. Atrof juda ham go’zal, uzoqlardan ko’m-ko’k maysalar, gullar bo’y taratib turibdi. Yoqimli qushlar sayrashi, jilg’alarning quvnoq ovozi, mayin shabbodaning shitirlashiga quloq soling. Siz ko’m-ko’k maysalar yoniga yaqinlashdingiz, gullar xididan baxra oldingiz, maysalar ustiga bosh qo’ydingiz.
Maysalar ustida yotar ekansiz, osmonni tomosha qila boshladingiz. Be’etibor ko’zingiz osmonda uchib yurgan burgutga tushdi. Samo uzra parvoz etayotgan burgut o’zini osmon xukmdori deb o’ylaydi. Xuddi yer-u, ko’k unikidek, osmonni to’ldirib uchmoqda. Ammo... bilmaydi-ki, endi bu orolchaning xukmdori Sizsiz. Zero, bu orolcha sizning xammadan yashirin, sir tutuvchi orolingiz. Siz bu orolga o’zinigzning dardu, alamlaringiz bilan birga xayotingizning eng go’zal damlarini xam shu orolda saqlaysiz. Xech kimga ayta olmagan sirlaringiz xam shu orolda yashirin. Keling uni yanada chiroyli, keng va go’zal bo’lishiga intiling, xayot go’zalliklari, latofati, tarovatidan baxra olib yashang. Xayotingizdagi noxush laxzarni xotirangiz orolidan o’chirib tashlang, zero u sizning gulzoringizni payxon qilishiga yo’l qo’ymang. Eng yorqin xotiralar uchun olg’a yashang, zero, sizning kelajagingiz xali oldinda. Sizni xayotda buyuk ishlar, nurli kelajak, baxtli va omadli kunlar kutmoqda. Keling shu kunlarga ishonib va intilib yashaylik. Barcha yorqin xotiralaringizni esa qalbingiz oroliga muxlang. Siz kim bo’lsangiz xam shu orolning xukmdori, xoqoni bo’lib qolasiz. Orolingiz bilan endi xayrlashing. Uchgacha sanayman ko’zlaringizni ochasiz va xonada bo’lib qolasiz 1,2,3 ...


Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling