O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 215 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1568285
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
IHJIelkjMJC9mEiNoYqr9AT8ODZsTHS8BeFNgw64 (1)

Amaliy topshiriqlar
1-mashq.“Ismimni top!” (10minut)

Maqsad: Guruh a’zolari bilan o’zaro tanishish, guruh a’zolarini bir-biriga tanshtirish va treningga moslashtirish.


Boshlovchi ko’rsatmasiga binoan barcha ishtirokchilar kartochkalarga ismlarini yozadilar. Kartochkalar partaga orqasiga o’girilib, yoyib qo’yiladi. Ishtirokchilardan biri chiqib, kartochkani oladi va qo’lidagi ism egasi kim bo’lishi mumkinligini taxmin qiladi. Agar ishtirokchi ism egasini to’g’ri topsa, ism egasi turib kartochkani ishtirokchi qo’lidan oladi va o’zi haqida qisqacha ma’lumot beradi. So’ng u ham ism yozilgan kartochkalardan birin oladi. Agar u kartochkadagi ism egasini to’g’ri topa olmasa, ism egasining o’zi turib, kartochkani oladi. Ishtirokchi u haqida taxminiy ma’lumotlar beradi. Agar bu safar ham to’g’ri topa olmasa, ism egasining o’zi-o’zi haqida ma’lumot beradi.


2-mashq. “G’azab formulasi” (10minut)
Maqsad: G’azabni hosil qiluvchi omillarni aniqlash
Boshlovchi: Siz nima deb o’ylaysiz, formula orqali matematika yordamida o’z his tuyg’ularimizni ifoda etish mumkinmi? Keling sinab ko’ramiz, misol uchun g’azab tuyg’usini olamiz:
Adolatsizlik+norozilik+shaxsning tan olinmasligi+jaxl+...=G’AZAB FORMULASI
Ishtirokchilar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan variantlarni muhokama qiladilar.


3-mashq. Mening g’azabim mashqi. (10 minut)
Men g’azabni chizaman”
O’zingizga qulay xolatda joylashib oling, ko’zlaringizni yumib, diqqatingizni jamlang, faqat mening so’zlarimni tinglang, faqat meni... Tanangizda bo’shashi to’lqinini his etib bormoqdasiz. Tanangiz qandaydir og’irlashib bormoqda. Bo’shashishning iliq to’lqini tanangizbo’ylab tarqalmoqda.
Tasavvur qiling, chiroyli atir gulni, qo’ng’iroqchalarning jarangini, qulupnayning mazasini, ko’m-ko’k osmonni...
Endi esa o’zingizni ko’z oldingizga keltiring. So’nggi bor sizda g’azab tuyg’usini uyg’otgan vaqtni eslang, o’shanda shunchalar g’azabda edingiz-ki, hozir ham siz mana shu holni his qilayapsiz, Sizning qalbingiz g’azabga to’lib toshgan, siz uni ko’rmoqdasiz, u sizda nafratni kuchaytirib aqlingizni susaytirishda davom etmoqda. Yaxshilab e’tibor bering – sizning g’azabingiz qanday ko’rinishda? Uning shakliga e’tibor bering, uning hidi, vazni, harorati qanday? Uning ovozini eshitdingizmi? Uni sinchiklab, har tomonlama kuzating.
Endi uchgacha sanayman, ko’zlaringizni ochasiz, 1,2,3...
Boshlovchi: G’azabingizni ko’ra oldingizmi? Endi uni qog’ozga chizamiz. Uning shakli, rangiga e’tibor beramiz. U qanday ko’rinishda bo’lsa, shunday chizing.



Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling