O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150514
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
T.N.QORI NIYOZIY NOMIDAGI O‘ZBЕKISTON PЕDAGOGIKA 
FANLARI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI
S.Yu.MAXMUDOV,
M.A.UMARALIYЕVA, G.K.KARIMOVA
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK 
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY 
TAHDIDLAR MONITORINGI: 
TAHLIL, RЕJALASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH
(Uslubiy tavsiyanoma)
ToshkenT-2015

UO‘K: 002(062.2)
KBK:72.4(5O‘zb)
M 58 
Maxmudov S.Yu., Umaralieva M.A., Karimova G.K.
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlardagi informat  siyaviy 
tahdidlar monitoringi: tahlil, rejalashtirish va amal 
ga oshirish/ 
Uslubiy tavsiyanoma/ s.Yu.Maxmudov va b. – Toshkent: T.n.Qori 
niyoziy nomidagi o‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 
bosmaxonasi, 2015-y. 116 b.
Mazkur uslubiy tavsiyanoma PZ-2014-0906164153 – “Ilmiy-pedagogik 
va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdid-
larga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” amaliy tadqiqot loyihasi 
doirasida tayyorlangan. 
Uslubiy tavsiyanomada keltirilgan ma’lumotlardan pedagogik jarayonlarni 
tashkil etishda maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan 
tashqari ta’lim, jumladan, pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, shuningdek, ta’lim tizimini 
boshqarishda, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, davlat va boshqaruv 
organlarining matbuot xizmatlari xodimlari hamda fuqarolarni o‘z-o‘zini 
boshqarish organlari amaliyotida keng foydalanish mumkin. 
Ma’sul muharrir: 
pedagogika fanlari doktori, professor
X.F. Rashidov
Taqrizchilar:
o‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining oo‘k katta o‘qituvchisi,
 yuridik fanlari nomzodi
M.A. Musayev
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbеkiston Pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot 
instituti kata ilmiy xodim, pedagogika fanlari nomzodi
Z. A. Dexkanbayeva

3
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
SO‘Z BOSHI
Insonning yaqin do‘sti, maslahatchisi hamda bilim manbai 
hisoblangan kitob ma’naviy yuksalish va tamaddun beshigi sifatida 
hamisha qadrlangan. Ajdodlardan meros ushbu an’ana tufayli 
tafakkur, hayotiy tajriba, kuzatuv hamda turli yo‘nalishlardagi 
ilmlar bir-birini to‘ldirib, boyitib borgan. natijada kitob ta’lim 
va tarbiya o‘zagi sifatida bashariyatning, ayniqsa, yosh avlodga 
ta’lim berishdek savobli va mas’uliyatli ishni o‘z zimmasiga olgan 
pedagoglarning ma’naviy xazinasiga aylangan desak, mubolag‘a 
bo‘lmaydi.
shu ma’noda “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar-
lardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi: tahlil, rejalashtirish 
va amalga oshirish” nomli tavsiyanoma ham o‘zining dolzarbligi 
bilan pedagoglar uchun muhim tavsiyanoma sifatida diqqatga 
sazovor.
Tavsiyanomaning muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish 
mumkin: 
Birinchidan, ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning 
pedagogik faoliyatdagi vazifalari va tutgan o‘rni batafsil ochib 
berilgan. Ushbu tavsiyanomani o‘qigan pedagog borki, tizimdagi 
axborot xavfsizligidan xabardor bo‘ladi. Bilasiz, hozirgi shiddatli 
zamonda, axborot asrida xavfsizlik masalasi dolzarb ahamiyat 
kasb etgan bo‘lib, sohalarning tizimli va faol ishlashida asosiy 
omillardan hisoblanadi. 
Ikkinchidan, risolada axborot xuruji oqibatida milliy ma’na-
viyatimizga yot turli mafkuraviy illatlarning urchib borayotgani, 
ularning salbiy ta’sirlari aniq misollar orqali ochib berilganki, 
bu ham uslubiy tavsiyanoma qiymatini yanada oshiradi. negaki, 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti sababli dun-
yoning istalgan hududidagi voqea-hodisalarni bir lahzada bilish 
imkoni yuzaga keldi. 
Ammo voqea-hodisalar qanday talqinda ifodalanayotgani, 

4
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
uning xolis yoki noxolis tahlil etilayotganini bilish uchun ogohlik, 
turli xurujlarga qarshi milliy immunitetni mustahkamlash juda 
katta ahamiyatga ega.
Qo‘limizdagi amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan uslubiy 
tavsiyanomada ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda 
axborot tahdidlarining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim 
bo‘lgan konseptsiya, ya’ni: 
1.   Ilmiylik prinsipiga amal qilinganligi, taqdim etilayotgan 
tushunchalarning  aniq  ta’rifi  va  to‘liq  ochib  berilganligining 
ta’minlanishi.
2.  Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali 
informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish modelini ishlab 
chiqilganligi va uni ekspert baholanganligi natijalari. 
3. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali 
informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish obyektlari sifatida 
pedagoglar dunyoqarashi, ularning hayotiy qadriyatlari, ijtimoiy 
va shaxsiy manfaatlari hamda madaniy va estetik qarashlari 
inobatga olinganligining ta’minlanganligi. 
4. Informatsiyaviy tahdidlar oqibatlarini aniq ochib 
berilganligi ta’minlanganligi.
kelajakda ta’lim-tarbiya sohasi ilmiy-pedagogik xodimlarida, 
ilmiy tadqiqotchilarda, o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchi-
yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida, informatsiyaviy tahdidlarga
informatsiyaviy-g‘oyaviy targ‘ibotlarga, madaniy ekspansiyalarga 
qarshi immunitetni shaklantirishga xizmat qilishi shubhasizdir.
Tavsiyanoma ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-
pedagoglar, tadqiqotchilar, mutaxassislar va pedagogika oliy 
o‘quv yurtlarining talabalari, ommaviy axborot vositalari, davlat 
va xo‘jalik boshqaruv organlari matbuot xizmati xodimlari, keng 
jamoatchilik uchun mo‘ljallangan. 
Pedagogika fanlari doktori, professor
X.F. Rashidov 

5
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
KIRISH
Bugungi kunda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning 
o‘rni va ahamiyati tobora ortib, ta’lim taraqqiyotining ko‘zgusi, 
pedagog-o‘qituvchilar ongi, dunyoqarashi hamda siyosiy saviya-
sini shakllantiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. 
huquqiy demokratik davlat, erkin va kuchli fuqarolik jamiyati 
barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni axborot 
sohasidagi islohotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. shu bois, istiqlol 
yillarida ommaviy axborot vositalari (oAV)ni jamoatchilik o‘z 
fikr-g‘oyalarini,  yurtimiz  va  jahonda  sodir  bo‘layotgan  voqea-
hodisalarga munosabati hamda pozitsiyasini erkin ifoda etadigan 
minbarga aylantirish masalasi davlatimiz siyosati darajasiga ko‘-
tarildi. Bu jarayonda ta’lim tizimida xizmat qilayotgan xodimlar 
uchun o‘quv-metodik, ilmiy-pedagogik nashrlarning munosib 
ulushi borligini ta’kidlash joiz. 
Ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning ijobiy tomon-
larini inkor etmagan holda, ularning ilmiy-pedagogik jamoatchilik 
orasida samarasiz, salbiy faoliyat olib borishi mumkinligini ham 
unut maslik lozim. Xo‘sh, bunday paytda qanday yo‘l tutgan 
ma’qul? 
Avvalo, OAV faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda berilayotgan 
materiallar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. 
Yoshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkura-
viy immunitet to‘la shakllanmaganini, ularda eshitgan yoki o‘qi-
gan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu o‘ta jiddiy 
global masala ekani ayon bo‘ladi. 
Globallashuv davrida yoshlarning qalbi va ongini egallash 
uchun mislsiz kurash bormoqda. hayotning turli jabhalarida 
namo yon bo‘layotgan bunday xurujlar, ayniqsa, axborot sohasida 
o‘zining avj nuqtasiga chiqqan. Bugungi kunda Internet kirib 

6
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
bormagan biror-bir hudud yoki manzilni topish mushkul. Bosh-
qacha aytganda, qayerdaki energiya manbai bo‘lsa, o‘sha joyda 
axborot almashinuvi yuz berayotir, kishilar yangiliklardan bir 
zumda boxabar bo‘lishmoqda. 
Globallashuv – XXI asr hamjamiyatining ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagi muhim xususiyat sifatida, globallashuvga berilgan turli 
xil ta’riflar, globallashuv muttasil davom etadigan tarixiy jarayon, 
globallashuv jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jara-
yoni, globallashuv milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni 
sifatida va ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy soha-
lardagi yuksalishidir.
Globallashuvga qisqa ta’rif bermoqchi bo‘lsak, uni turli mam-
lakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlar o‘rtasidagi 
o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishi deyish mumkin.
Globallashuv bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha 
sifatida juda keng ma’noni anglatadi. Umumiy nuqtayi nazardan 
qaraganda, bu jarayon mutlaqo turlicha ma’no mazmundagi 
xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakl-
lanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muam-
molarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini 
ifoda etmoqda. Dunyoda yuz berayotgan shunday jarayonlarning 
har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish 
va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini 
chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim.
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rgan-
maslik, undan foydalanish mexanizmi, konsepsiyasi va texno lo-
giyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati, 
ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga bosh-
qaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan baravar bo‘lar edi. 
Ko‘pchilik mualliflar ta’kidlaganidek, globallashuv va globa-
lizatsiya so‘zi lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra, biror sohani butun Yer 

7
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
sayyorasi miqyosiga ega bo‘lish jarayonini bildiradi. Masalan, 
iqtisodiyotning globallashuvi yoki ekologik muammolarning glo-
bal lashuv jarayoni ularning butunjahon miqyosiga ega bo‘lishi, 
butun Yer shariga yoyilishini bildiradi.
Globalizm – ijtimoiy tuzum bo‘lib, insoniyat va jamiyat taraq-
qiyoti bosqichining bir ko‘rinishidir. Bunda ijtimoiy muno sabatlar 
va turli sohalar (fan-texnika, ta’lim-tarbiya, sanoat, iqtisod, siyosat 
va h.k.) bir butun global xarakterga va ko‘rinishga ega bo‘ladi, 
ya’ni global madaniyat, global jamiyat, global siyosat, global 
ta’lim va h.k.
 Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tka-
zishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar 
va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom 
fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi lozim.
har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani 
singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. 
hozirgi paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini 
deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, 
davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiyalashuv va hamkorlik 
aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, 
ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, 
ko‘plab ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya 
va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik 
bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizida 
uyg‘unlashuvi, millatlararo muloqotning yangicha sifat kasb 
eti shi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imko-
niyat larining ortishi – tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv 
tufayli erishilmoqda.
Yangi va yuksak texnologiyalarning ijtimoiy hayotga kirib 
kelishi natijasida “axborotlashgan jamiyat” tushunchasi muoma-

8
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
laga kirdi. U axborotlarning eng yangi, ijobiy elektron vositalar 
yordamida tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va foydalanishning 
kompleks industriyasiga asoslanadi.
 “Axborot” (informatsiya) tushunchasi keng ko‘lamli falsafiy-
siyosiy kategoriyadir. Xorijiy so‘zlar lug‘atida: “Informatsiya – 
(lot.) xabardor bo‘lish, biror-bir holat yoki kimningdir faoliyati 
haqida ma’lum qiluvchi ma’lumot”, deb ta’rif beriladi. Dastlab 
axborot deganda, ma’lum odamlarning boshqa odamlarga 
xabar, ma’lumot yetkazishi, uni almashish jarayoni tushunilgan. 
Taraqqiyot davomida axborot tushunchasining mazmuni o‘zgarib 
bordi. Axborotni tushunish va uning xususiyatlarini aniqlashga 
ilmiy yondashish ehtiyoji tug‘ildi.
Vertual makonda axborot oqimi shunchalik ko‘pki, uning 
qay biri foydali, qaysi biri g‘arazli ekanini ajratib olishga yoshlar 
qodir emas. Ayniqsa, hali ongi to‘la shakllanib ulgurmagan 
farzandlarimizning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi Internet tizimi ma’lumotlarining ma’-
lum bir qismi asosan noxolis, shubhali ko‘rinishdadir. “om-
maviy madaniyat” niqobi ostidagi bu g‘oyalar yoshlarning 
ma’naviyatini izdan chiqarmoqda. shuningdek, axborot xuruj-
larida asosiysi dezinformatsiya, ya’ni haqiqatdan yiroq axborot 
tarqatish, nomaqbul targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish orqali 
odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazishdir. Bu esa 
odob-axloq, xalqaro huquq me’yorlarining buzilishiga sabab 
bo‘lmoqda.
Dunyoqarashi, tajribasi yetarli darajada shakllanib ulgur-
ma gan yoshlarning ushbu uydirmalarni, “usti yaltiroq, ichi qal-
tiroq” chorlovlarni real voqelik sifatida qabul qilmasligiga, 
ular ga ko‘r-ko‘rona ergashmasligiga kim kafolat beradi? Axir, 
“ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi unsurlar kelajak avlodni 
g‘arazli yo‘llarga yetaklab, ayrim guruhlarning manfaatiga xizmat 

9
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
qilayotgani kunday ayon-ku?! 
Mazkur muammolarga yechim topishda “oila – mahalla 
– ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi amaliyotga izchil 
tatbiq etish zarur. Zero, har bir ota-ona o‘z farzandining qanday 
ko‘rsatuvga qiziqayotgani, qaysi Internet saytiga murojaat qila-
yotgani haqida ma’lumotga va uni va uni to‘g‘ri yo‘nal tira olish 
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida maktab yoshidan bosh-
lab media makonda axborot olish va undan foydalana bilish 
madaniyatini hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning 
ilmiy-amaliy asoslarini yaratish, amaliyotga tezkorlik bilan joriy 
etishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. 
Qolaversa, axborot xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning 
siyosiy-axboriy madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni 
saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirib 
borish lozim. har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki 
zararli ekanini ajratib oladigan mezonlarni ishlab chiqishi, 
axborotning professional faoliyati va shaxsiy hayoti uchun qadr-
qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
“Manqurtlar” paydo bo‘lmasligi uchun ilmiy-pedagogik 
jamoatchilik orasida axborot iste’moli madaniyati, mafkuraviy 
immunitetni mustahkamlash va rivojlantirish masalasi hanuz 
dolzarb bo‘lib kelmoqda. Yosh ilmiy-pedagogik xodimlarning 
ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixologik dunyoqarashini
siyosiy nuqtayi nazari hamda e’tiqodini mustahkamlashda ilmiy-
pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning o‘rni va tezkorligini 
ta’ min lashga e’tibor qaratish zarur. Ushbu nashrlar faoliyatini 
tizimli yo‘lga qo‘yish ilmiy-pedagogik jamoatchilikning ma’na-
viy-axloqiy tarbiyasi, madaniyati va ma’naviyatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish ham doimo diqqat mar-
kazimizda bo‘lishi talab etiladi. 

10
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik, o‘quv-
metodik nashrlarning vazifasi, psixologik va pedagogik faoliyat 
jarayonida nashrlarda yoritilayotgan asossiz ma’lumotlarga og‘ib 
ketmaslik, ularni tahlil qilish, yot mafkura, psixologik mani-
pulyatsiya hamda salbiy ta’sirning oldini olishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni amalga oshirish, mazkur yo‘nalishdagi senzura 
– ijtimoiy nazorat ishlarini amalga oshirishni maqsadga muvofiq, 
deb hisoblaymiz.
Zero, Prezidentimizning matbuot va ommaviy axborot 
vositalari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida: “hozirgi 
vaqtda yon atrofimizda o‘zini oqlamagan va umrini o‘tab bo‘lgan 
eski tizim va mafkuralarni qo‘msashga bo‘lgan urinishlar tobora 
tarqalib va kuchayib borayotgan bir paytda bunday kuchlarning 
qaramog‘iga tushib qolmaslik uchun axborot sohasida yetti o‘lchab 
bir kesish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ko‘zini keng ochib 
berish, ularni irodasi mustahkam, imoni baquvvat insonlar etib 
tarbiyalashda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining 
o‘rni va mas’uliyati tobora ortib bormoqda”, deya ta’kidlangan. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik va 
o‘quv-metodik nashrlarning ahamiyati beqiyosdir. 
Ta’kidlash lozimki, olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining 
asosiy qismi axborotlarni himoya qilish, axborot xavfsizligini 
ta’minlashga bag‘ishlangan. Lekin ilmiy-pedagogik va o‘quv-
metodik nashrlarda salbiy axborotlar ta’siridan himoyalanish 
masalasi yetarli darajada o‘rganilmagan va u yangi hamda dolzarb 
muammoligicha qolmoqda. 
 

11
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
I BOB.
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDA 
INFORMATSION TAHDIDLARNING NAMOYON BO‘LISH 
XUSUSIYATLARI
1.1. Informatsion tahdidlar va ularning
namoyon bo‘lishi 
XXI asr bo‘sag‘asidagi tarixiy tajriba shundan dalolat bera-
diki, u yoki bu davlatning, millatning xavfsizligi, barqarorligi 
va taraqqiyoti, uning kelajagi mazkur millatga xavf solayotgan 
tahdidni anglab yetish salohiyati va qobiliyati darajasiga ko‘p 
jihatdan bog‘liqdir. 
“Tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashini 
chigallashtiruvchi hamda biror tarixiy davr davomida aniq maqsad 
uchun yo‘naltirilgan ijtimoiy strukturani, to‘g‘rirog‘i, davlatning 
siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, yemirishga qaratilgan 
mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumbashariy salbiy 
omillarning “kirib kelishi” tufayli yuz beruvchi makon va zamonda 
muayyan salbiy siyosiy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish 
lozim. 
“Tahdid” tushunchasi to‘la ma’noda siyosiy leksikonga 
Prezidentimiz tomonidan 1994-yil 22-sentyabrda oliy Majlis 
sessiyasida so‘zlagan nutqida birinchi bor kiritildi. shunday 
ekan, mamlakatimizda “tahdid” va uni bartaraf qilishning ilmiy 
va amaliy asoslarini ochib berish, ularni chuqur tahlil qilish 
bevo sita I.karimov nomi bilan bog‘liq. Bugungi kunda bu mav-
zuga daxldor masalalar o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi hamda strategik va 
mintaqalararo tadqiqotlar instituti jamoasi, mamlakatimiz jami-

12
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
yatshunos olimlari tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Uning 
mohiyati va funktsional jihatlari barqarorlik, xavfsizlik, fuqaroviy 
hamjihatlik va taraqqiyot kabi global muammolar bilan uyg‘un 
holda tadqiq etilmoqda.
Tahdidlar turli-tuman: ichki va tashqi, katta va kichik, makon 
nuqtayi nazaridan esa uzoq va yaqin bo‘lishi mumkin. Qanday 
bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga nisbatan bamaylixotirlikka yo‘l 
qo‘yish yoki ularni “saralash” bilan ovora bo‘lib, vaqtni boy berish 
hollari uchrab turadi. XX asr voqealari shundan guvohlik berib 
turibdiki, tahdidlarni toifalashda ularni shartli ravishda iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-
iqlimiy va ma’naviy tahdidlarga ajratish va tahlil etish mumkin. 
Tahdid odamlar ongida biror xafv-xatar haqidagi xabar natijasida 
paydo qilinadigan tuyg‘u bo‘lib, insonda o‘z kuchiga, istiqboliga 
ishonchini susaytiradi yoki yo‘qotadi.
Tahdid ikki ko‘rinishda aks etadi:
– ichki tahdid;
– tashqi tahdid.
Ichki tahdid jamiyat a’zolarida o‘z taraqqiyot yo‘liga nisbatan 
ishonchsizlikni keltirib chiqaradi va parokandalikka olib kelishi 
mumkin. shu sababli biz eng avvalo, yoshlarimizni tahdidlarga 
nisbatan murosasiz bo‘lishga tayyorlashimiz zarur. Buning uchun 
ularga mavjud tahdidlar, ularning ko‘rinishlari va oqibatlari haqida 
batafsil ma’lumot berishimiz, ularni mafkuraviy nuqtayi nazardan 
tarbiyalashimiz kerak.
Ichki tahdidlar xudbinlik, loqaydlik, giyohvandlik, iqtisodiy 
jinoyatlar, poraxo‘rlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, man-
faat parastlik, boshqalarni mensimaslik va shu kabi boshqa illat-
larni o‘z ichiga oladi.
Tashqi tahdidga esa mamlakatimiz tashqarisidagi aqidaparast 
kuchlarning din niqobi ostida O‘zbekistonni demokratik-ma’rifiy 

13
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
taraqqiyot yo‘lidan og‘dirishga qaratilgan harakatlari misol bo‘la 
oladi.
Mafkuraviy tahdid – jamiyat, davlat yoki xalq, millat, elat 
taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmui. 
Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyo-
siy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘r lik 
yo‘li bilan boshqalarga singdirishi.
Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy 
nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib 
yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan 
chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va 
informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim.
Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida 
inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga 
kelmoqda.  Bulardan  eng  xavflilari  kishilarning  ruhiyatiga  ta’sir 
o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan 
chiqarishga qaratilgan odob-axloq, oila va jamiyat hayotida jiddiy 
ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. 
“Tahdid” so‘zi xavf-xatar, xuruj va buzish ma’nolarini ang-
latadi. shu ma’noda ma’naviy tahdidlar shaxsni aqliy va axloqiy 
jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar hisoblanadi.
Yangi jamiyat barpo etish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda 
turli mazmunda, turli maqsadda, turli shaklda munosabatlar pay-
do bo‘ladi. Ayniqsa, chetdan turib ongli va maqsadli ravishda 
uyushtirilayotgan ma’naviy tahdidlar bunday munosabatlarning 
asosini tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar bir 
necha xil ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda.
shuni ta’kidlash lozimki, ma’naviy tahdidlar tili, dini va 
e’ti  qodidan qat’iy nazar, har bir insonga qaratilgan. Bundan 
maq   sad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini bu-

14
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
zish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan norozilik 
kay fiyatini  uyg‘otish;  uchinchidan,  milliy  axloqiy  qadriyatlarni 
oyoq osti qilish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb 
bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga 
ruju qo‘yish. Uning negizini shaxs tarbiyasini izdan chiqarishga 
qaratilgan zararli g‘oya tashkil etadi.
Yo‘ldosheva S.M. (Sog‘lom turmush tarzi – tahdidlarga qarshi 
kurash omili sifatida. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda 
axloqiy qadriyatlarning o‘rni. // T., 2009. 192 b.) tadqiqotlariga 
ko‘ra, ma’naviy tahdidlar bir necha ko‘rinishdan iborat bo‘lib, 
birinchi ko‘rinish mafkuraviy xurujlarni o‘z ichiga qamrab oladi. 
Bunda asosiy e’tibor shaxs fikrini buzish, shaxs dunyoqarashini 
aynitish va shaxs pozitsiyasini o‘zgartirishga qaratiladi. noto‘g‘ri 
fikrlash, zararli hayotiy pozitsiya shaxsning mafkuraviy nosog‘-
lomligini anglatadi.
Ma’naviy tahdidning ikkinchi ko‘rinish g‘oyaviy tahdiddir. 
Bu xuruj ham uch ma’noga ega bo‘lib, bunda asosiy e’tibor 
shaxs xulq-atvorini aynitish, shaxs axloqiy munosabatlarini izdan 
chiqarish va shaxs muomalasini buzishga qaratiladi. Zararli xulq-
atvor, nosog‘lom axloqiy munosabat va qo‘pol muomala shaxs-
ning xulqi zaifligidan dalolat beradi.
Ma’naviy tahdidning uchinchi ko‘rinishi informatsion hu jum-
dir. Bunda asosiy e’tibor shaxsga noto‘g‘ri ma’lumot berish, shaxs 
bilimini  zaiflashtirishga  qaratiladi.  Noto‘g‘ri  ma’lumotga  ega 
bo‘lish, sayoz bilimlilik va samarasiz faoliyat shaxsning madaniy 
oqsoqligidan dalolatdir. Bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlar 
jamiyat kishilarini johil kimsalarga aylantiruvchi ma’naviy va 
axloqiy tubanlik illatlaridir .
Paxrutdinov SH. o‘zining “Tahdid tushunchasi: nazariya 
va amaliyot“ (2014-yil) risolasida tahdidlarni shartli ravishda 
bir necha turlarga ajratib ko‘rsatadi: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 

15
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
harbiy,  tabiiy-iqlimiy.  Uning  fikricha,  “tahdid” deganda inson 
hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda 
biror tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo‘naltirilgan 
ijtimoiy strukturani, to‘g‘rirog‘i, davlatning siyosiy asosini zaif-
lashtiruvchi, qolaversa, yemirishga qaratilgan mahalliy, hudu diy, 
mintaqaviy va nihoyat, umumbashariy salbiy omillarning “kirib 
kelishi” tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy 
siyosiy, ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin.
Ma’naviy tahdidlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi lar-
dan iborat:

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling