O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsion tahdidlarga qarshi kurashishga oid qarashlar
Birinchidan, ma’naviy tahdidlar nosog‘lom turmush tarzi asoratidir; Ikkinchidan, ma’naviy tahdidlar ma’naviy va axloqiy tuban- lik illatlarini ifodalaydigan subyektiv omillar majmuidir; Uchinchidan, ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongini buzish vositasida jamiyat hayotini izdan chiqarishga, nosog‘lom turmush tarzini yoyishga yo‘naltirilgan. nosog‘lom turmush tarzi asoratlari natijasida ma’naviy tah- didlar quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: Xudpisandlik – bu illat jamoatparvarlik fazilatlariga qarshi o‘laroq, shaxs axloqiy ongida noto‘g‘ri tushuncha va qarashlarni hosil qiladi. shu sababli xudpisand kimsalarda burch va mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmaydi. Bundaylar faqat bugungi kunni o‘ylab yashaydi, ertangi kunni o‘ylash, ezgulik va haqiqat uchun kurashish fazilatlaridan xoli bo‘ladi. kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ma’ na- viy tahdidlar quyidagi illatlarni targ‘ib qilayotgani bilan namo- yon bo‘lmoqda: xudbinlik, nopoklik, nafs balosiga uchish, huzur- halovatga berilish, yengil-yelpi umr kechirishga da’vat, giyoh- vandlik, mutaassiblik, tajovuzkorlik, molu dunyoga o‘chlik, axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni eskilik sarqiti deb qarash, 16 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova loqaydlik, mahalliychilik, hasadgo‘ylik, baxillik, sotqinlik, iroda- sizlik, beparvolik. Bunday ma’naviy-axloqiy tuban illatlarga qarshi shaxs ax- lo qida eng muhim insoniy sifat va fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bunday sifat va fazilatlarning asosiylari quyidagilar: insoniylik, mehr-oqibatlilik, ezgulik, vatanparvarlik, haqgo‘ylik, adolatlilik, muruvvatlilik, saxovatlik, vatanparvarlik, oilaparvarlik, hamkorlik, totuvlik, ahillik, inoqlik, tashabbuskorlik, birodarlik va faollik. Bular shaxsning ongi va qalbida sezgirlik, ogohlik va hushyorlik holatlarini hosil qiladi. shu ma’noda ma’naviy tahdidlardan shaxs axloqini himoya qilish yo‘lining eng samarali usuli shaxsda axloqiy immunitetni hosil qilishdir. Bunday immunitet shaxs axloqida ideal darajadagi sifat va fazilatlarni shakllantirishni taqozo etadi. o‘zbekiston Respubdikasi Prezidenti I.karimov ma’naviy tahdid muammosiga alohida e’tibor qaratib, “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim”, deb ta’kidlagan edi. Xalqimiz ma’naviyatini asrash va uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodni turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlardan himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ilmiy leksikonimizda nisbatan yangi kirib kelgan “Ma’naviy tahdid” tushunchasiga turlicha yondoshuvlar mavjud. Falsafa fanlari doktori Tulenov J., Yusupov K., G‘ofurov Z. larning “Istiqlol taraqqiyot mafkurasi: maqsad va yo‘nalishlari” (-T., 1993-yil) maqolasida mafkuraviy tahdidlar, jumladan, terrorizm, aqidaparastlik va diniy ekstremizm ma’naviy tahdid sifatida qaralgan. 17 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish Tadqiqotchilarning “Ma’naviy xavfsizlik” nomli ilmiy- metodik qo‘llanmasida ma’naviy tahdidlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur qo‘llanmada hozirgi vaqtda ma’naviy xavfsizlikka yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi ta’kidlangan va ma’- naviy tahdidlar sifatida demografik va diniy ongga ta’sir etuvchi tahdidlar tahlil qilingan. Бокша Е.А. (Духовные угрозы функционированию семьи и современном Российском обществе (социально-философский анализ): Автореф.дисс. – канд.филосф.наук. – М., 2008, С.18) o‘z risolasida ma’naviy tahdidlar sifatida Rossiya oilalari turmush tarziga qaratilgan destruktiv xarakterdagi, ma’naviy qarama- qarshiliklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘luvchi jarayonlarni rivojlantiruvchi omillarga e’tibor qaratgan. Rossiya oilasida egoistik (xudbinlik) qadriyatlarining majburan qabul qilinishi, o‘z navbatida, ma’naviy asoslarga salbiy ta’sirini ma’naviy tahdidlar sifatida baholagan. Ma’naviy tahdidlar keng qamrovli bo‘lib, mazkur yondoshuvlarda ularning u yoki bu jihatlari hisobga olingan. Islomov I. (Ma’naviyatga tahdid – kelajakka tahdid. Global- lashuv, modernizatsiya va tolerantlik: muammolar, yechimlar va istiqbollar. Konferensiya materiallari. – T., 2009, 57 b.) tadqi- qot lariga ko‘ra, ma’naviy tahdid – shaxs, jamiyat va davlatning ma’naviyat sohasidagi hayotiy muhim manfaatlariga xavf tug‘- diruvchi shart va sharoitlar, omillar majmuidir. Ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va milliy ma’naviy manfaatlar uchun xavf bo‘lgan hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaruvchi omillar ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. Boboyev H., G‘ofurov Z., Islomova Z. “O‘zbekistonda siyo- siy va ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlar taraqqiyoti” (– T., 2001-yil) kitobida qayd etilishicha, bugun tez sur’atlar bilan o‘zgarib bora- yotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan 18 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jami- yatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat bor. Chunki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Usmonova A.“Globallashuv jarayonida informatsion tahdid- lar ning inson ruhiyatiga ta’siri” (Farg‘ona, 2013) risolasida quyidagi ta’rifni keltiradi: “Bugungi kunda shiddatli axborotlar kirib kelishi ko‘lami kengligi va muloqot makonlarining kundan- kun rivojlanib borishi inson hayoti uchun qulay imkoniyatlar yaratib bermoqda, ya’ni biz bevosita butun dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangiliklardan ogoh bo‘lyapmiz. shu bilan bir- ga zamon bilan hamohang texnika vositalarini bemalol bosh- qarmoqdamiz. Bu jarayonlarga tez moslashishimiz va ularni ishlata olishimiz, bular bizning yutug‘imizdir. Lekin bugungi glo- ballashuv jarayonida axborotlar almashinuvining tezligi, tex nika vositalarining yangi rusumlarini tezlik bilan yaratilishi yoki vertual makonning axloq me’yorlarida chegara bilmasligi, so‘z erkinligi inson ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ta’sirga ijobiy yoki salbiy moslashish bu har bir shaxsning irodasiga bog‘liq. Informatsion tahdidlarining eng xavflisi davlat siyosatini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. shaxsga nisbatan qilingan xuruj tor doirani qamrab olsa, davlat va jamiyatga tahdid butun bir mamlakat, xalq tinchligini xavf ostiga qo‘yadi. Bu juda katta va jiddiy muammoni yuzaga keltirishi mumkin. “hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘- 19 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda”, deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz va bunday xatarli holatdan faqat o‘z xalqini emas, balki jahon afkor ommasini ogohlantirishni lozim deb biladi. o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Biz faqat o‘z farzand- larimizni turli axborot vositalari orqali yopirilib kelayotgan balo- qazolardan himoya qilmoqchimiz, ular ongi-shuurida ona suti, ajdodlar o‘giti, xalq hikmati orqali o‘zlashgan mustaqil milliy qadriyatlarga sadoqat, o‘z insoniy fazilatlarini dadil himoya qila oladigan jasorat uyg‘otmoqchimiz, xolos. shu bilan birga o‘zimizning hayotdagi turli qarashlarga munosabatimizni ham ochiq bayon qilmoqdamiz, zero, oshkoralik bo‘lmasa, tafakkur erkin bo‘lmasa, ma’naviyat sohasida biror salmoqli natijaga hech qachon erishib bo‘lmaydi”, deb qayd etgan. Jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarning ko‘rinishlarini aniqlash quyidagilarda namoyon bo‘ladi: – mazkur tahdidlarning ta’sir ko‘lami va uning zararli oqi- batlarini belgilash; – ularning hal etishning maqbul yechimlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish. Prezidentimiz I.A.karimov o‘zining “o‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq- qiyot kafolatlari” nomli asarida barqarorlikning shartlari hamda taraqqiyot kafolatlari masalasiga to‘xtalib, ularni quyida gilardan iborat deb ko‘rsatadi: 1. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikning anglashning tik- lanishi; 2. Davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini mus- tahkamlash; 20 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova 3. Demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakl lantirish; 4. Bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfi- ning shakllanishi; 5. kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi. 6. Jug‘rofiy strategik imkoniyatlar va tabiiy-xom ashyo re- surs lari. 7. Inson salohiyati, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi. 8. keng ko‘lamli o‘zgarishlar va hamkorlik kafolatlari. 9. Jahon hamjamiyati bilan hamkorlik. har bir tushuncha mohiyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularga berilgan quyidagi ta’riflarni ko‘rib chiqishimiz lozim: “Ma’naviyat” arabcha so‘z bo‘lib, “ma’no” fe’lidan olingan: ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, xusu siyat, mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish kabi bir necha ma’- no larni anglatadi. Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olami yig‘indisidir. Ma’naviyat – jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum yo‘nalishining bosh omili. U muayyan iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o‘zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq etib boradi va aksincha, ma’naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi. Mustaqillik yillarida ma’naviyat masalalariga munosabat tubdan o‘zgarib, uning boyib borishiga kuchli e’tibor berilayotganining boisi ham shunda. Boy ma’naviyatsiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. Shu fikrni mantiqiy davom ettirib, ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, insonning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini 21 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me- zonidir, desak, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o‘z tasdig‘ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo‘lamiz. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qal- bidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy ma da- niyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yax- shilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi. hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islo- hotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liqdir. shu boisdan ham, o‘z haq- huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imko niyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mam- lakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida xalqimiz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi. Tahdid xavf-xatar kabi darhol ko‘zga tashlanmasligi, uzoqni ko‘zlashi va xavf-xatarga nisbatan zarari ko‘pligi bilan farq qiladi. Tahdidlar turli-tuman: ichki, tashqi, uzoq va yaqin (makon nuqtayi nazaridan) bo‘lishi mumkin. 1) Ma’naviy-axloqiy tahdidlarning xususiyatlari: a) til bilmaydi; b) din tanlamaydi; v) e’tiqod tanlamaydi. 22 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova Boshqacha aytganda, ma’naviy tahdidlar odamning qaysi til da so‘zlashi, qaysi dinda ekani va e’tiqodining qandayligidan qat’iy nazar, insonga daxl qiladi. 2) Ma’naviy-axloqiy tahdidlarning zarari: a) inson axloqiga daxl qiladi; b) insonning ruhiy dunyosini izdan chiqaradi; d) g‘arazli maqsadda amalga oshiriladi. 3) Ma’naviy-axloqiy tahdidlarning turlari: a) mafkuraviy; b) g‘oyaviy; d) informatsion. Yuqoridagilarga asoslanib g‘oyaviy tahdidlarga qarshi quyi- dagicha usullarda kurashish lozim: Birinchidan, g‘oyaviy tahdidlarning paydo bo‘lish omillarini bartaraf etib borish. Ikkinchidan, g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik. Maf ku- ra viy immunitet shakllanish jarayonidagi ziddiyatli muammolar uz luk sizligining oldini olish profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Uchinchidan, milliy o‘zlikni saqlashda umuminsoniy qadriyat- lardan unumli foydalanish. To‘rtinchidan, Bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot, begona bo‘lgan ana shunday “madaniyat” namunalarini faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlash bilan biron natijaga erishib bo‘lmaydi. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g‘oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, bugun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql- zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart. 23 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish Hozirgi kunda O‘zbekiston uchun navbatdagi xavfli ma’naviy xuruj informatsion tahdiddir. Bu turdagi tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va shu tariqa o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Informatsion tahdidlar ba’zida axborot xuruji deb ataladi, shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga tashlaydi. natijada fuqarolarning ijti- moiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga keladi. Bugungi kunda informatsion tahdidlar asosan internet vosi tasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‘rinishlari quyi- dagilardir: – jamiyatda axborot erkinligi yo‘qligini iddao qilish; – jamiyatning ijobiy jihatlaridan ko‘z yumib, kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish; – jamiyatda informatsion taqchillik borligi to‘g‘risidagi shov- shuv tarqatish. Informatsion tahdid nafaqat ma’naviy-g‘oyaviy qurol, balki axloqiy diversiya hamdir. negaki, bu tahdidlar o‘ta jozibali vosita va shiorlar asosida ish ko‘radi, shu sababli u inson ongi va faoliyatini ko‘rinmas to‘siq bilan o‘rab oluvchi omil hisoblanadi. Informatsion tahdidlarning ko‘rinishlari. Ularning zararli oqi- bat lari va bartaraf qilish yo‘nalishlari: – inson ongini manipulyatsiya qilish; – yolg‘on axborot tarqatish; – barqaror oAV tizimini izdan chiqarish; – oshkora munosabatni yo‘lga qo‘yish; – milliy qonunchilikni mustahkamlab borish; – axborotni soxtalashtirish; – yutuqlarni inkor qilish; – jamiyatni asossiz tanqid qilish; – islohotlar sharhini kuchaytirish; – milliy saytlarni ko‘paytirish; 24 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova – axborot xavfsizligi qoidalarini buzish. Inson hamma vaqt informatsion makonda yashaydi. shaxs, sur’at, kitob, gazeta va jurnallar, radio, televideniya, telefon, tele- graf, internet tarmog‘i axborot olish manbai bo‘lib xizmat qiladi. shuningdek, xalq, davlat, insoniyat ham informatsion tizimlar hisoblanadi. Zamonaviy axborotning eng ta’sirchan vositalaridan biriga aylangan Internet tarmog‘i – inson aql-zakovatining mah- suli. kishi bilimini oshirishda, dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lishda, xat yuborish, olish, biznes ishida hamkorlik o‘rnatish, ilmiy-ijodiy faoliyatda va boshqa ko‘plab maqsadlarda, hech shubhasiz, uning ahamiyati beqiyos. Lekin, bu bilan birga, eng katta axborot xurujlari Internet orqali amalga oshirilayotganini ham unutib bo‘lmaydi. Bu tizimga istagan odam to‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlarni kiritishi mumkin. Bugungi kunda yoshlarning aksariyati undan foydalanyapti, bo‘sh vaqtlarini internet-klublarda o‘tkazyapti. Yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Axloq – “ma’naviyatning o‘zagi” degan hikmatning maz- mu ni shundaki, insonning ma’naviy kamolot darajasi uning ax loqida eng yorqin shaklda namoyon bo‘ladi. Ajdodlarimiz tomonidan ma’naviy kamolot yo‘li mukammal ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ma’naviyat iymondan boshlanadi, ilm bilan mukammallashadi. “Bizning ulug‘ ajdodlarimiz, – deb yozadi I.A.karimov, – o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini zamonaviy til bilan aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli deb bilaman”. Axloq inson hayotida o‘z-o‘zini idora qilish me’yorlarini, boshqalar bilan munosabatda bo‘lish madaniyati, halol to‘g‘ri turmush kechirish mezonlarini belgilaydi. Aynan shu tufayli 25 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi har bir shaxsda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamdir. Bunday tahdidlardan yoshlarimizni, yurtdoshlarimizni himo- ya qilish, ularga qarshi kurashishda ma’naviy immunitetini yanada kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. shu o‘rinda, avvalo, ma’naviy-axloqiy immunitet tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni quyidagicha ta’riflash mumkin: “Ma’naviy-axloqiy immunitet – bu insonlarni turli xil ma’- naviy, mafkuraviy illatlar, xavf-xatar va tahdidlardan himoya qilishga, ularni ana shunday illatlarga qarshi kurashishga qaratilgan yuksak axloqiy, ilmiy, siyosiy qadriyatlarni o‘zida ifoda etuvchi ijtimoiy-falsafiy tushunchadir”. Yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, yaxshilik, ezgulik, iy- mon-e’tiqod, vijdon, adolat, mehnatsevarlik, insonparvarlik, oila parvarlik, mehr-muhabbat, insof va diyonat, hayo va ibo kabi tuyg‘ularning chuqur ildiz otishi orqali insonga xos bo‘l- ma gan illatlarga, ”ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tah- did larga qarshi tura oladigan immunitet hosil qilishimiz mum- kin. Axloqiy mafkuraviy immunitetni xalqimizning boy tari xiy merosi, muqaddas dinimiz urf-odatlarimizga asoslanib shakl- lantirish borasida Prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: “Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota- bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo, ularning qalbi va ongida maf- kuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur”. 26 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova 1.2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsion tahdidlarga qarshi kurashishga oid qarashlar Ma’lumki, sog‘lom ruhiyatga ega bo‘lgan shaxslar, avvalo, oilada tarbiyalanadi. Chunki farzand dunyoga kelgandan so‘ng asosan oila a’zolari davrasida boshlang‘ich hayot darsini oladi. Bu borada xalqimizda ajoyib naql bor: “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”. Demak, jamiyatda farzandimizni yaxshi faoliyat yuriti- shiga zamin yaratishimiz lozim. Buning uchun ularning kun tar- tibini yaratish, har bir foydalangan texnik vositalarini me’yor darajasini belgilash qat’iy talab etiladi. keling, qabul qilina yot- gan axborotlarning ta’siri qay darajada ekanligini ko‘rib chi- qay lik. Masalan, sezgi organlari orqali qabul qilingan axborot mi ya mizdagi tafakkur jarayonida tahlil qilinadi, bo‘laklarga bo‘linadi, avvalgi mavjud axborot bilan taqqoslanadi va so‘ngra xulosa chiqarilib, fikr bildiriladi. Mana shu yaratilgan shaxsiy fikr mustaqil fikrlashni o‘rgatadi, dunyoqarashni kengaytiradi, so‘z boyligini oshiradi. Vatanga, ota-onaga, o‘z yaqinlariga, do‘stlariga bo‘lgan ijobiy fazilatlarni shakllantiradi. Ma’naviy sohadagi hayotiy muhim manfaatlar sifatida umumiy holda millatning madaniy-tarixiy birlik tariqasida o‘zligini saqlab qolishini, milliy qadriyatlar, ma’naviy boyliklar, ijtimoiy soha institutlarining himoya qilinishini ko‘rsatish mumkin. Ma’naviy manfaatlarimizga qarshi qaratilgan tashqi tahdidlar sifatida xal qimizning tarixi, madaniy va ma’naviy qadriyatlarining buzib ko‘rsatilishi; yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga tuzatib bo‘lmas darajada zarar keltirayotgan zo‘rlik, axloqsizlik, giyohvandlikni targ‘ib qilish natijasida o‘zbekiston xalqining ma’naviy-axloqiy, madaniy qadriyatlariga bo‘lgan tahdidlarni kiritish mumkin. 27 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish Begona g‘oyalarning mamlakatga kirib kelishi va fuqarolar o‘rtasida tarqalishi katta xavf, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini e’tiborga olib, Abu nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida qimmatli fikrlarni bildirib o‘tgan: “Jaho- latdagi shaharlar, (aholisini) maqsadlarini ko‘zlaydigan (obro‘- izzatga, mol-dunyoga, boylikdan rohatlanishga intiladigan) odam- lar esa alohida toifadir. Bunday odamlar fozillar shahrida hali maqsadlar bilan yashash taqiqlanganini ko‘rib, u yerdagi (ado- latli) qonunlarni buzishga, haqiqatga aloqador narsalardan uzoq- lashishga, (bu qonun-qoidalar, tasavvurlarni) buzib aks etti rishga urinadilar. Ular bunga ikki yo‘l bilan erishadilar: U yuqo rida aytilgan bahsli o‘rinlarni o‘zlaricha taxmin qiladilar, ikkinchidan, soxta donolik va aldov yo‘liga o‘tadilar. Ular jaholat va tuban maqsadlariga erishuviga hech kim to‘sqinlik qilmasligi uchun shunday yo‘ldan boradilar. Bunday odamlarni fazilatli shaharlar jamoasiga qabul qilmaslik kerak”. Forobiy fikridan axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib etish, ma’naviy tahdidlarni keltirib chiqarishda jaholatdagi va adashgan shaharlar aholisining fikrlash usullari, tutgan yo‘llari fozil shahar aholisi uchun qanchalik xatarli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib etishda mashhur farang yozuv- chisi Markiz de sad mafkura orqali mamlakatlarni qaram qilish haqida shunday deydi: “Biz butun dunyoni egallamog‘imiz uchun bundan buyon katta muhorabalarda qatnashishimiz, jangu jadallar yuritib, dunyoning qariyib uzoq o‘lkalarida farang askari halok bo‘lishi-yu uning jasadi va etiklari chirib bitishi mutlaqo shart emas. Agar biz boshqa mamlakatlarga, xususan, sharqqa axloqimizni (to‘g‘rirog‘i, axloqsizliklarini. Chunki sad askarlari asosan axloqsizlikka yo‘naltirilgan) menikiday kitoblar va bosh- qa yo‘llar bilan tarqata olsak, uni o‘sha xalqlarning turmush tarziga aylantira bilsak, jumlai jahon oyog‘imiz ostiga yuqilib 28 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova keladi, butun odamzodning qalbiga egalik qilishga muvaffaq bo‘lamiz...”. Axloqsiz g‘oyalarni targ‘ib etuvchi asarlar yozishda shuhrat qozongan Farang yozuvchisining yuqoridagi fikri tarixda o‘z isbotini topgan. Pirimqul Qodirovning “humoyun va Akbar” asarini o‘qiga- nimizda g‘oyalar va mafkuralar kurashining yorqin guvohi bo‘- lamiz. Ayniqsa, Boburiylar avlodidan bo‘lgan Akbarshoh zamo- nida insonparvar, erkin din e’tiqodi, umuminsoniy g‘oyalar bilan milliy buzg‘unchilik, diniy nizolar, parokandalik keltirib chiqaruvchi g‘oyalar o‘rtasidagi keskin kurashda farang josusi Albert Pereyroning Akbarning o‘g‘li salimga farang tilini o‘rgatish, dengiz sayohati, dengizchilik haqida ilm o‘rgatish ba ho nasida o‘zining axloqsiz g‘oyalarini, ya’ni salimga ota- sidan yashirincha ayollarning behayo suratlarini ko‘rsatib, tarbiyasini buzish, otasiga dushman qilib tarbiyalash va nihoyat ota-bola o‘rtasida nifoq keltirib chiqarib, bu sulolaning ildiziga bolta urush g‘oyasini obdon singdirib bordi. natijada Akbar olib borgan siyosatda, mamlakat taraqqiyotida, turli dinu millatlarning totuvligiga erishishda ancha qiyinchiliklar tug‘ildi. Bu qiyinchiliklarni yuzaga keltirishda vayronkor g‘oya bilan ongi zaharlangan Akbarning o‘g‘li salimning ta’siri, ayniqsa, katta bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qurol-yarog‘ bilan emas, balki mafkuraviy ta’sir yo‘li bilan inson qalbini egallash va uning tafakkurini mute qilish mumkin ekan. Bugungi kunda dunyoda vujudga kelayotgan murakkab vazi- yatlar, ya’ni, axborot ko‘lamining kengayishi, mafkuraviy jara- yonlarning globallashuvi tufayli hozirgi davrning mafkuraviy tahdidlar strukturasi jamiyatning barcha sohalarini qamrab ol- moq da. Mafkuraviy tahdidlar o‘z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongi, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf solib, buz- g‘unchi g‘oyalar bilan zaharlashga harakat qilmoqda. Bu esa, 29 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish o‘z navbatida, mamlakatda mafkuraviy xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlariga jiddiy e’tiborni qaratishni talab qiladi. o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ushbu muammoga alohida e’tibor qaratib, shunday deydi: “Bugungi murakkab mafkuraviy jara yon- larni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini kimga va nimaga qarshi qaratil- ganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alo- hida ahamiyat kasb etadi”. Darhaqiqat, mafkuraviy xuruj lar- ning ildizlarini aniqlash, ularning tub mohiyatini xalqimizga tushuntirish eng dolzarb vazifalarimizdan biriga aylanib bor- moq da. Chunki axborot xuruji, milliy qadriyatlarimiz va turmush tarzimizga, diniy qadriyatlarimizga putur yetkazuvchi mafkuraviy tahdidlar bilan kishilarni ongi va qalbini egallashga qaratilgan xatti-harakatlar mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan ham kuchli tus olib borayotganligini ko‘rsatmoqda. shuni alo- hi da ta’kidlash lozimki, mafkuraviy tahdidlarning o‘ta xavfli jihati u, birinchi navbatda, jamiyatning ma’naviy sohasini buzib tashlashga yo‘naltirilgan. Mana shunday mafkuraviy xurujlar harakatida bo‘lgan ayrim rivojlangan mamlakatlar sanoat mah- sulotlari, axborot va mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish vositalari orqali keng ko‘lamdagi geosiyosat yuritish bilangina cheklanmay, o‘z xalqining tabiati, madaniyati, mafkurasiga xos jihatlarni muntazam ravishda dunyo xalqlari turmush tarziga, ongu shuuriga singdirishga intilmoqdalar. Bu hol ayniqsa, endigina mustaqillikka erishgan mamlakatlar xalqining milliy o‘zligi, madaniyatining vorisiylik an’analariga hamda mentalitetiga putur yetkazishi tur- gan gap. 30 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova hozirda turli mamlakatlarda namoyish etilayotgan kino hamda videofilmlarning to‘rtdan uch qismi AQSH mahsuloti ekani ham shundan dalolat beradi. Mafkuraviy tahdid yoki mafkuraviy tajovuzning “ma’naviyat” niqobi ostidagi bunday xurujlari har qanday yosh, mustaqil davlatlarning barqaror taraqqiyotiga putur yetkazadi. Bu zararli illat jaholat va aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi. “Loqaydlik, o‘z manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yish, xud- binlik, shuhratparastlik kabi salbiy odatlar egotsentrizm dardiga duchor bo‘lgan odamning asosiy xususiyatlaridir”, – deydi yetuk olim Quronov M.“Mafkuraviy tahdid va yoshlar tarbiyasi” (Akademiya, 2008, 9-b.) risolasida. Yuksak ma’naviyat, hamjihatlik, bir so‘z bilan aytganda, milliy mafkuramiz – egotsentrizm kabi illatlardan qutulishning yagona yo‘lidir. G‘arb mamlakatlarida tobora avj olib borayotgan bu kabi illatlar mafkuraviy globallashuv jarayonida mustaqillikni qo‘lga kiritgan yosh davlatlarga ham kirib kelayotgani tashvishli holatdir. shundan kelib chiqib aytish mumkinki, mafkuraviy, ma’naviy tahdid darajasi turli xil ko‘rinishda avj olayotgan bir vaqtda jamiyatda mafkuraviy xavfsizlikning ta’minlanishi nihoyatda muhim va dolzarbdir. shu o‘rinda mafkuraviy xavfsizlik tushunchasining ilmiy tahliliga ham e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqodchilar (Белов Е.Б., Лось В.П. и др. Основы инфор мационной безопасности. Учебное пособие для вузов. Издательство: Горячая линия Телеком. Год издания: 2006. С. 546.)ning ta’kidlashicha, oAV keng xalq ommasiga mafkuraviy ta’sir etishning samarali vositasi hisoblanib, hozirgi vaqtda infor- matsion urush strategik kuchining tarkibiy qismidir. oAVda mafkura turli xil ko‘rinish va turlicha talqinda, xusu- san, yashirin ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. 31 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish Mutaxassislarning fikricha, OAVning eng xavfli tomoni, ular ma’lumotlarni shunday ko‘rinishda yetkazish qobiliyatiga egaki, natijada keng xalq ommasi ko‘z o‘ngida obyektiv reallik o‘rnida yolg‘on, chalg‘ituvchi virtual ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Ammo inson dunyoning virtual ko‘rinishiga shubha bilan qaray boshlagach, mafkuraviy ta’sir etishning samaradorligi keskin pasayib ketadi. Dunyoning ayrim mintaqalarida bu yagona ax- borot (g‘oya) manbai hisoblanadi. Rossiyalik mutaxassislar fik- richa, davlatlarning sputnikli radio va teleto‘lqin tizimlariga ega bo‘lishi mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashuvchi yoki aksincha, kuchaytiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. hozirga vaqtda g‘oyaviy kurash va mafkuraviy tahdidlar o‘sib bormoqda. Bu holatda milliy mafkuraviy xavfsizlikka qarshi tazyiqning avj olishi nafaqat yuzaga kelayotgan tahdidlarni anglash, balki ularning oldini olish uchun amaliy harakatni kuchaytirishni ham taqozo etadi. Bu borada, ayniqsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy immunitet millatning barqaror rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan intellektual salohiyatning mavjudligi, unga ehtiyojning ortib borishi va har qanday tashqi tahdidlarga qarshi tura oladigan, ulardan kuchli hamda ustun bo‘lgan milliy mafkuraviy imkoniyatdir. shuningdek, milliy mafkuraga kuch va qudrat bag‘ishlay oladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manbalarni to‘g‘ri aniqlab olish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bugungi kunda yechilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalardan hisoblanishi lozim. Ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashdagi asosiy vazifa xalqimizning ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish orqali ularda mafkuraviy immunitetni hosil qilish kerakligi haqida biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik. Darhaqiqat, bu vazifani amalga oshirishda mafkuraviy tarbiyaning o‘rni katta. Mafkuraviy tar- biya esa jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha ta’lim muas- 32 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova sasalari, maktablar, litsey-kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, om ma- viy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining hamkor lik dagi faoliyatini taqozo qiladi. shuni alohida ta’kidlash lo zimki, maf- kuraviy tarbiya ta’sirida shakllantirilgan mafkuraviy immu nitet ma’naviy tahdidlarning oldini olishda va yoshlarni uning ta’si- ridan himoya qilishda muhim omil hisoblanadi. Ayni vaqtda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda institutsional asosda faoliyatni tashkil etish samarali natija berishi shubhasizdir. Turli ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, milliy-madaniy markazlar, siyo- siy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vosi talari, umuman, jamiyat miliy g‘oyasini shakllantirish va uni xalq ishonch e’tiqodiga aylantirishning ma’naviy-ma’rifiy kompleksi asosida olib boriladigan mafkuraviy tarbiya orqali ma’naviy tahdidlarni bartaraf etishda samarali natijaga erishish mumkin. Bu omillarning har biri ma’naviy tahdidlarni oldini olishda, milliy g‘oyani keng jamoatchilik ongiga singdirishda muhim o‘rin tutadi. o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.karimovning 2006-yil- ning 25-avgust kuni imzolangan “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarorining bosh maqsadi ham asosan yot g‘oyalarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, uning milliy qadriyatlarimizni, urf- odatlarimizni saqlash va yoshlarimizni uning ta’siridan asrab- avaylashdagi ahamiyati beqiyosdir. Chunki yangi asr boshidanoq yoshlarimiz ongiga begona turmush tarzini targ‘ib etish orqali ularni milliyligidan, o‘zligidan begonalashtiradigan axborot xuruj- lariga, bizga mutlaqo yot bo‘lgan mafkuraviy targ‘ibotga qarshi kurashni tashkil qilish hayotiy ehtiyojimizga aylanib bormoqda. “Demokratiya” shiori ostida kirib kelayotgan g‘oyalarning mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hatto ota-ona va farzandlar o‘rtasida shakllangan o‘zaro mehr-oqibatni chetga surib qo‘yuvchi 33 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish “ota-onang keksaysa nima qilibdi, shunga ham bosh qotirib o‘tirasanmi, ana, qariyalar uyi bor, olib borib qo‘y, yashayveradi- da” qabilidagi qadriyatlarimizga mos kelmagan maslahatlarning uchrashi, ularni demokratiya, erkinlik sifatida qayd etilishi milliy ma’naviyatimizni parokandalikka olib keluvchi ma’naviy tahdidlarning bir ko‘rinishidir. Bizda azaldan ota-onani hurmat qilish, ular keksayganda holidan xabar olish eng katta savob ish sifatida qaralib kelgan. ota o‘tirgan tomning ustiga chiqishni gunoh bilish, ota-ona keksayganda yetti qavat ko‘rpachaga o‘tqazib, siylash kabi odatlarning xalqimiz orasida farz deb qaralishi ham bejiz emas. Chunki farzandiga o‘zi yeb o‘tirgan ovqatini berib, bundan qorni ham, ko‘ngli ham to‘ladigan, og‘ir mashaqqatlarga dosh berib farzandlarining ehtiyojlarini qondirishga o‘zini fido qilgan ota-onalarimizni qanchalik hurmatini joyiga qo‘ysak ham kamlik qiladi. Mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda yoshlarimiz o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish – ularni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, hayotga ongli munosabat bilan yondashishiga erishish, yon- atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini kuchaytirish va tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlardan himoyalashda eng samarali qadam deyish mumkin. Davlatimiz rahbarining 2006-yil 25-avgustda qabul qilgan “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samara dor- ligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori fuqarolarimizda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ma’naviy tahdidlarga qarshi ku- rash ning dolzarbligini yana bir bor ifoda etadi. Ushbu qarorda Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avay- lash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga 34 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova mu habbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masa lalarining tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu vazifani amalga oshirishda oila, mahalla institutlari rolini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, oila – insonning muqaddas uyi, eng asosiy tarbiya maskanidir. oila – mafkuraviy tarbiyannig eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydi va urf-odatlarimizni saq- laydi, kelajak avlodning qanday inson bo‘lib yetishishini belgilaydi. Aynan bobolar o‘giti, otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali milliy g‘oya avloddan-avlodga, insondan-insonga o‘tadi, ong va shuurda muhrlanib boradi. har tomonlama iqtisodiy, ma’naviy- ma’rifiy, madaniy, axloqiy, g‘oyaviy-tarbiyaviy jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila negizidagi jamiyat va mamlakat mustahkam bo‘ladi. oiladagi sog‘lom muhit – sog‘lom mafkurani shakllantirish man- baidir. o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda, bolalarning ma’naviyatini yuksaltirishda oilaga alohida e’tibor qaratilganligi ham bejiz emas. Jumladan, har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosligi; bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiy ekanligi; oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har bir insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy 35 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etishi haqidagi fikrlar bayon etilgan. Darhaqiqat, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk ha- yotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakl la- nadi. o‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar shakllanishi jarayonida oilaning kattalari – bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urug‘lar ham bevosita ishtirok etadi. Aytish mumkinki, bir oilada uch avlod bir bo‘lib yashashadi. Uch avlod- ning hayotiy tajribasi bir qozonda qaynaydi. Agar bir inson misol uchun 70 yoshga kirsa, u o‘zidan yetmish yil oldingi tajribalarni ham katta-kichikdan eshitib yurib o‘zlashtirib oladi. Ana shu tajribalarni kattalar kichiklarga o‘rgatadilar, an’analar silsilasi uzilish bilmay davom etaveradi. Masalan, sohibqiron Amir Temur ning nevaralari tarbiyasi bilan ularning onalari emas, ulug‘ bobolari – buvilari shug‘ullangan. Xususan, shohrux Mirzo, Muhammad sulton Mirzo, Xalil sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo singari Temuriy shahzodalar saroymulkxonim qo‘lida tarbiya topgan. Bir so‘z bilan aytganda, ota-ona o‘z bolasini axloqi va huquqiy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgardir. Ma’lumki, sharq xalqlari farzand tarbiyasiga o‘ta mas’uliyat bilan qarab kelganlar va ularni voyaga yetishida xalq an’analariga qat’iy rioya qilishgan. eng avvalo, mehnat tarbiyasiga katta e’tibor berishgan. oilada hech bir farzand mehnatsiz qolmagan, ota-ona o‘z farzandlariga kasb sirlaridan saboq berganlar, natijada bolalarda mehnatga hurmat va malaka paydo bo‘la boshlagan. ota-ona, qarindosh-urug‘ va umuman insonlar mehnatini qadrlash ko‘nikmasi, avvalo, oilada tarkib topgan. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, usullari esa o‘z- garib, yangilanib, takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta’sir etadi. 36 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova shu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog‘lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda, ijtimoiy mas’uliyatni to‘g‘ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash o‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi . Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat bar- qarordir”. Darhaqiqat, oilada sog‘lom turmush tarzining qaror topishi oilaning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish, bilimli, aql-zakovatli barkamol insonni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Umuman olganda, oilada amalga oshiriladigan tarbiyaning mazmunini farzandlarda o‘z ota-onasidan, oilasi, aj- dodlari, tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, vatani, millati, xalqi, tili, dini, an’analaridan g‘ururlanish hissini uyg‘otishdan iborat. Mustaqil- likning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga kirishildi. Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bevosita barkamol avlodni tarbiyalash maqsadiga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala g‘oyaviy nuqtayi nazardan kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun tamoyillariga to‘la muvofiq keladi. Ushbu tizimni muvaffaqiyatli hal etilganligi to‘g‘risida o‘z- bekiston Respublikasi Prezidenti 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda o‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi ma’ruzasida shunday deydi: “o‘tgan yili mamlakatimiz hayotida ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim ijtimoiy dasturlar – kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturlarining ijrosi amalda nihoyasiga yetdi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 37 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy kasb- hunarga ega bo‘lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish yakunlanmoqda”. shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi hamda ularni amalga oshiruvchisi. shuning uchun ham ajdodlarimiz ta’lim-tarbiya masalasida inson shaxsi uning xususiyatlarini hisobga olib ish ko‘rganlar. Buyuk mutafakkirlarimizdan Abu nasr Forobiy yozganidek, ta’lim-tarbiya ishini boshlashdan avval tarbiya lanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o‘rganish lozim. Forobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan muta- fak kir sanaladi. Ta’lim insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya esa insoniy fazilatni hamda ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. Ajdodlarimizning yara- tuv chanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g‘o yaviy uyg‘unlik – ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. 38 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova II BOB. ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDA DЕSTRUKTIV G‘OYALAR TA’SIRIDAN HIMOYALANISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling