O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish



Ekspert baholash predmeti
Miqdor
Omil Ko‘rsatkich Mezon
1
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashr-
larda informatsiyaviy tahdidlar va ular ning 
oldini olish bo‘yicha kontseptual yo‘na-
lishlarini ishlab chiqish
102
53
12
2
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar-
da informatsiyaviy tahdidlarning oldini 
olishni ta’minlash mohiyatini aniqlash ti-
rish, ilmiy-pedagogik jamoatchilikda in-
for 
 
matsiyaviy tahdidlarni, uning salbiy 
oqi batlarini ko‘ra bilish malakasini, axbo-
rotlarga nisbatan tanqidiy qarashlarni shakl-
lantirish va rivojlantirish
121
37
9
3
o‘qituvchilarda ilmiy-pedagogik va o‘quv-
metodik nashrlar orqali informatsiyaviy 
tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha im-
munitetni, ijtimoiy sifatlarni, jamiyat to-
monidan belgilangan qadriyatlar va me’-
yorlarni, tanqidiy tafakkurni, ma’na viy hi-
moya mexanizmi, ijtimoiy-psixo logik sog‘-
lomlik kabi ijobiy sifatlarni shakl lan tirish
132
24
11
4
Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida ax-
borot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish 
va rivojlantirishni ta’minlash zaruriyati
127
31
9
omillarning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini baholash 
quyidagi shkala asosida amalga oshirildi:

78
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
2-jadval.
Omillarning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini baholash 
ko‘rsatkichlari
Eng zaruriy omil
Zaruriy omil
Juda ham zurur 
bo‘lmagan omil
Ahamiyatga ega 
emas
3
2
1
0
Pedagogik ekspertiza jarayonida 167 nafar ekspertlar ishtirok 
etganligini hisobga olib, omillarning baholash natijalarini ballarga 
o‘girsak, quyidagi ko‘rinishda aks etadi:

79
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
3-jadval.
Omillarning baholash natijalari jadvali
№ Omillarning nomi
Baholash natijalari, ballar
Eng zaruriy omil (Maksimal bal)
Zaruriy omil (O‘rtacha bal)
Juda ham zarur
 
bo‘lmagan omil  (Minimal bal)
Ahamiyatga
ega emas
1
Inson qobiliyatlarining ochilishi va uning 
ta’limga nisbatan bo‘lgan ehtiyojlarining 
qondirilishi, milliy va umumbashariy 
qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, 
inson, jamiyat, atrof-muhitning o‘zaro 
munosabatlarining uyg‘unlashuvi
501
334
167
0
2
Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyo-
qarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’-
naviyat,  madaniyat  va  ijodiy  fikrlashni 
shakllantirish
501
334
167
0
3
Milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari 
bilan uzviy uyg‘unligi, milliy madaniyatni 
saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy 
taraqqiyotning muhim omili sifatida e’ti-
rof etish, boshqa xalqlarning tarixi va 
madaniyatini hurmatlash
501
334
167
0
4
Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu 
jarayonning har tomonlama kamol topgan 
insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi
501
334
167
0
5
o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, 
milliy va umumbashariy qadriyatlarga 
asos langan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, 
mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va 
atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘ lish-
ni va kasb tanlashni shakllantirish
501
334
167
0

80
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
6
Demokratik huquqiy davlat va adolatli fu-
qarolik jamiyati qurish printsiplariga amal 
qilish
501
334
167
0
7
Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati 
va ta’lim ustuvorligi printsiplariga amal 
qilish
501
334
167
0
8
Milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, 
o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usi, boy mil-
liy madaniy-tarixiy an’analar va xalqi-
mizning intellektual merosini asos sifatida 
qabul qilish
501
334
167
0
9 O‘tmishdan  qolgan  mafkurafiy  qarashlar 
va sarqitlardan qochish
501
334
167
0
10
Rivojlangan demokratik davlatlar daraja-
sidagi, yuksak ma’naviy va axloqiy talab-
larga amal qilish
501
334
167
0
11
Ta’lim-tarbiya mazmuniga mamlakatning 
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbol-
laridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, ma da-
niyat, texnika va texnologiyaning zamo -
naviy yutuqlaridan kelib chiqqan hol da 
qarash
501
334
167
0
12
Ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy 
tar bi yalashning va ma’rifiy ishlarning sa-
marali shakllari hamda uslublaridan foy-
dalanish
501
334
167
0
13 Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning sa ma-
rali integratsiyalashuvini ta’minlash
501
334
167
0
 
Ushbu omillarning baholash natijalariga asosan, biz quyidagi 
baholash jadvalini ishlab chiqdik:

81
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
4-jadval.
Omillarning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini 
umumlashtiruvchi baholash jadvali
Baholash mazmuni
Ballar
eng zaruriy omil
334 – 501
Zaruriy omil
167 - 334
Juda ham zarur bo‘lmagan omil
0 - 167
Ushbu baholash jadvali barcha 167 nafar ekspertning har bir 
omilning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini umumlashtirish 
imkonini berdi.
ekspertlarning anketa so‘rovnomalariga individual va umum-
lashtirilgan javoblari quyidagi jadvalda taqdim etilgan.
shunday qilib, ekspert baholash natijalaridan ko‘rinib turib-
diki, qaysi omil, qanday bal bilan qanday o‘rinni egallab turibdi?

Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informat-
siyaviy tahdidlar va ularning oldini olish bo‘yicha kontseptual 
yo‘nalishlarini ishlab chiqish – 501 ball.

Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informat-
siyaviy tahdidlarning oldini olishni ta’minlash mohiyatini aniq-
lashtirish, ilmiy-pedagogik jamoatchilikda informatsiyaviy tah-
didlarni, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilish malakasini, axbo-
rotlarga nisbatan tanqidiy qarashlarni shaklantirish va rivojlantirish 
– 501 ball.

o‘qituvchilarda ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashr-
lar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha 
immunitetni, ijtimoiy sifatlarni, jamiyat tomonidan belgilangan 
qadriyatlar va me’yorlarni, tanqidiy tafakkurni, ma’naviy himoya 

82
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
mexanizmi, ijtimoiy-psixologik sog‘lomlik kabi ijobiy sifatlarni 
shakllantirish – 490 ball.

Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’moli 
madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlash zaru-
riyati – 492 ball.
Ta’kidlash joizki, barcha baholangan omillarni “eng zaruriy 
faktor” kategoriyasiga kiritsak bo‘ladi (Omillarning asosiy va/
yoki zaruriyligi darajasini umumlashtiruvchi baholash jadvali, 
4-jadvalga qarang).
shuningdek, ekspertlardan loyiha doirasida ilgari surilgan 
muammoni o‘rganish va tahlil qilish natijasida, ilmiy-pedagogik 
va o‘quv-metodik nashrlarda axborot tahdidlarining oldini olish 
bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni quyidagi 
yo‘nalishlarda olib borilishi lozimligi haqida ham fikr-mulohazalari 
olindi.
 Bular:
–  ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlar orqali berila-
digan materiallar mazmunini baholashning ijtimoiy nazorat mexa-
nizmini ishlab chiqish va joriy qilish; 
–  ommaviy nashrlarga taqdim etiladigan maqolalar, tahliliy 
mate riallar, xulosalar va tavsiyalarni tahlil qilish hamda nashrga 
tavsiya etishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqish va tako-
millashtirish;
–  o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixo-
logik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai nazari va e’tiqodini mustah-
kamlashda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning o‘rnini 
aniqlash, axborot vositalarida uchrashi mumkin bo‘lgan axborot 
tahdidlaridan muhofaza qilish jarayonini muntazam tashkil qilish, 
takomillashtirish va muvofiqlashtirishning ilmiy asoslangan kon-
septsiyasini ishlab chiqish. 

83
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
ekspertlardan ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda 
axborot tahdidlarining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim 
bo‘lgan kontseptsiya o‘zida qamrab olishi zarur bo‘lgan quyidagi 
yo‘nalishlar ham belgilab olindi:
1.  Ilmiylik printsipiga amal qilinganligi, taqdim etilayotgan 
tushunchalarning aniq ta’rifi va to‘liq ochib berilganligi.
2.  Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor-
matsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish modelini ishlab chiqil-
ganligi va uni ekspert baholanganligi. 
3.  Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor-
matsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish obyektlari sifatida peda-
goglar dunyoqarashi, ularning hayotiy qadriyatlari, ijtimoiy va 
shaxsiy manfaatlari hamda madaniy va estetik qarashlarini ino-
batga olinganligi. 
4.  Informatsiyaviy tahdidlar oqibatlarini aniq ochib beril-
ganligi.

84
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
XULOSA
Informatsion tahdid shunday bir universal xarakterga egaki, 
uning barcha boshqa sohalarga jiddiy salbiy ta’sir qilish imkoniyati 
bor: shaxs dunyoqarashiga, jamiyat barqarorligiga, davlat 
tinchligiga,  jamoatchilik  fikrini  chalg‘itishga  va  oxir-oqibatda 
har bir mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy 
yuksalishiga ham. Chunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, 
shaxs ongiga kirib kelishi uncha ham ko‘zga tashlanmaydi. Ijobiy 
va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma’lumotni o‘zlashtirish va 
zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o‘zi esa 
mustahkam irodali bo‘lishi zarur. har bir mamlakat aholisining 
asosiy qismi esa bunday imkoniyatga ega emas. shuning uchun 
axboriy-psixologik barqarorlikka birinchi o‘rinda axborot 
tarqatuvchilar ega bo‘lishi shart: davlat tuzilmalari xizmatchilari, 
jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va 
boshqalar.
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituv-
chilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashishda xulosa 
o‘rnida  quyidagi  fikr-mulohazalarni  bayon  qilishni  lozim  deb 
topdik.
1.Ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlar orqali beriladigan 
materiallar mazmunini baholashning ijtimoiy nazorat mexanizmini 
ishlab chiqish va joriy qilish. 
2.ommaviy nashrlarga taqdim etiladigan maqolalar, tahliliy 
materiallar, xulosalar va tavsiyalarni tahlil qilish hamda nashrga 
tavsiya etishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqish va 
takomillashtirish.
3.o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixo-
logik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini mustah-

85
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
kamlashda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning o‘rnini 
aniqlash, axborot vositalarida uchrashi mumkin bo‘lgan axborot 
tahdidlaridan muhofaza qilish jarayonini muntazam tashkil qilish, 
takomillashtirish  va  muvofiqlashtirishning  ilmiy  asoslangan 
kontseptsiyasini ishlab chiqish.
4. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informatsion 
tahdidlarning oldini olishni ta’minlash mohiyatini aniqlashtirish, 
ya’ni ilmiy-pedagogik jamoatchilikda informatsiyaviy tahdidlarni, 
uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilish malakasini, axborotlarga 
nisbatan tanqidiy qarashlarni rivojlantirish.
5. Jamiyat tomonidan belgilangan qadriyatlar va me’yorlarni, 
tanqidiy tafakkurni, ma’naviy himoya mexanizmi, ijtimoiy-
psixologik sog‘lomlik kabi ijobiy sifatlarni shakllantirish.
6. Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’moli 
madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlash.
7. Inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan 
bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy 
qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat atrof-
muhitning o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirish.
8.Ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va 
ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublaridan foyda-
lanishni o‘rgatish.
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor mat-
siyaviy tahdidlar deganda – milliy tarix, xalq an’analari va urf-
odatlari, milliy madaniyatni, ta’limning milliy taraqqiyotini, milliy 
va umumbashariy qadriyatlarni, ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni, 
siyosiy va ijtimoiy-psixologik qarashlarni maqsadli o‘zgartirishga 
qaratilgan informatsion hamda ilmiy-metodik ma’lumotlar tushu-
nishilishi kerak. 
Xullas, milliy g‘oya va mafkuramiz hamjihatlik va milliy 
taraq qiyot yo‘lini belgilab beruvchi qarashlar, qadriyatlarga asos-

86
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
lanadi va milliy taraqqiyotga tahdid soluvchi turli buzg‘unchi 
g‘oyalarga qarshi kurashda asosiy qurol hisoblanadi. Mafkuraviy 
kurashlar sharoitida bu g‘oyani aholining turli qatlamlari ongiga 
singdirish, xususan, yosh avlodni istiqlol ruhida tarbiyalash jamiyat 
muassasalari,  siyosiy  partiyalar,  madaniy-ma’rifiy  tashkilotlar, 
maktab, litsey, kollej va oliy bilim yurtlari, keng jamoatchilik 
oldida turgan muhim vazifadir. Milliy g‘oya va mafkuraning 
shakllanishi – millatning yuksalishi, o‘zligini anglashi, ayni vaqt-
da mustaqillik tafakkurining qaror topishi hamdir.

87
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
TAVSIYALAR:
1. hozirgi davr ijtimoiy taraqqiyoti, barchamizdan, ayniqsa, 
ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 
pedagog-o‘qituvchilardan, kompyuter texnologiyalaridan yaxshi 
xabardor bo‘lishni, Internet tizimida faol ishlash malakasiga, 
shuningdek, ilg‘or mamlakatlar olimlari, pedagog hamkasblarimiz 
bilan hamkorlik qilishda elektron manzilga ega bo‘lishni talab 
etadi. 
2. Pedagog-o‘qituvchilar, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z ixti-
sosliklari bo‘yicha eng so‘nggi Internet ma’lumotlariga ega bo‘lib 
borishlari va bu bilimlarni ijtimoiy hayotimizning ma’naviy va 
milliy-g‘oyaviy jihatlari bilan o‘zaro uzviy bog‘lagan holda o‘z 
o‘quvchilariga yetkazib borishlari maqsadga muvofiq.
3. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituv-
chilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish ko‘nikma 
va malakalarni shakllantirish.
4. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituv-
chilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish yo‘llari 
bo‘yicha maxsus tadqiqot o‘tkazish, olingan natijalar bilan qiyosiy 
tahlil qilish.
5. Mavzu bo‘yicha didaktik tarqatma materiallar tayyorlash, 
keng miqyosida seminar-treninglar o‘tkazish.
6. Pedagog-o‘qituvchilar, dunyoning rivojlangan mamlakat-
lari ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’lim jara-
yonidagi yangi pedagogik texnologiyalardan muntazam ravishda 
boxabar bo‘lib borishlari va ularning afzal, foydali tomonlaridan 
o‘zlarining pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishga ko‘p-
roq e’tibor berishlari lozim. 

88
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
7. Ta’lim-tarbiya jarayonida milliy-g‘oyaviy qadriyat-
la 
 
ri 
mizni zamonaviy, umumbashariy qadriyatlar bilan uzviy 
bog‘lagan holda yanada takomillashtirib borish orqali ta’lim-
tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida sifat o‘zgarishlariga 
erishish mumkin. Buning uchun esa, ta’lim tizimining barcha 
bosqichlarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, barcha fan 
o‘qituvchilari Internet tizimidan samarali foydalanishlari talab 
etiladi.
8. Ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarida yoshlarga 
berilayotgan bilimlarning (har bir fan sohalari bo‘yicha) amaliy 
jihatlariga e’tiborni kuchaytirish.
9. o‘quv yurtlari o‘qituvchilarning seminarlari, malaka oshi-
rish kurslarida ham mafkuraviy immunitet masalasiga alohida 
soatlar ajratish zarur.
10. Mafkuraviy immunitet haqidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
aholining barcha qatlamlari o‘rtasida olib borilishi bu sohadagi 
yutuqni ko‘paytiradi. 
11. Loqaydlik, befarqlik psixologiyasidan voz kechish (ota-
onalar, o‘qituvchilar, kattalar, umuman, har bir kishi).
12. Yoshlarda tanqidiy tafakkurni shakllantirish (biroq, bu 
nigilizm (barcha narsani inkor etish)ga aylanib ketmasligi zarur).
13. Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish.
14. Mafkuraviy immunitetni tarkib toptirish.
15. Qonunlarga itoatkorlikka o‘rgatish.
16. Ularda vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasini shakl-
lantirish.
17. oila-ta’lim muassasasi – mahalla – jamoatchilik ham-
korligini maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish.
18. Yoshlar uchun referent guruh hisoblangan shaxslar ta’-
siridan keng foydalanish.

89
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
19. Jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiladigan turli illatlarga qarshi 
qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining ilmiy-nazariy yo‘ na-
lishlarini yaratish.
20. Jamiyatda diniy mutaassiblik va aqidaparastlikning bar-
cha ko‘rinishlariga, yurtning tinchligi, osoyishtaligiga raxna 
soladigan, vatandoshlarimizning iymon-e’tiqodi va ishonchiga 
putur yetkazadigan buzg‘unchi g‘oya va nazariyalarga qar-
shi mustahkam mafkuraviy immunitetni yaratish, milliy yuksa-
lishimizga to‘siq bo‘layotgan illatlardan forig‘ qilishga qaratilgan 
mafkuraviy chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish.
21. kadrlar tayyorlash Milliy dasturini milliy g‘oya va mil-
liy mafkura bilan uyg‘un holda turmushga tatbiq etishga ko‘-
maklashish. 
22. Inson qalbi va ongini egallash uchun dunyo miqyosida 
kechayotgan mafkuraviy kurash jarayonini o‘rganish va uning 
monitoringini olib borish, bu kurashning global va mintaqaviy 
oqibatlarini ochib berish. 
23. Globallashuv davrida milliy g‘oya va mafkurani anglab 
yetish jarayonida uchraydigan muammolarni aniqlash, ularni 
yechish yo‘llarini belgilash. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning 
milliy-ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash borasida erishgan 
yutuqlarini targ‘ib qilish mexanizmlarini ishlab chiqish. 
24. o‘zbek xalqining urf-odat va an’analari, ularning shakl-
lanish va rivojlanish tarixini, islom dinining milliy qadriyatlar 
bilan boyishini tadqiq etish. 
25. Jamiyatda vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy meros 
va qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini kamol toptirish or-
qali vatanning jasur va fidoyi himoyachilarini voyaga yetkazish 
borasida amaliy usul-uslublarni ishlab chiqish.
26. o‘zbekistonning ma’naviy qadriyatlari va madaniyat 
sohasida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy 

90
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali tar-
qatish, targ‘ib qilish.
27. Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar monitoring nati-
jalarini markaziy nashrlar, ommaviy axborot vositalarida e’lon 
qilish, milliy g‘oya va mafkura yo‘nalishida tayyorlangan kitob, 
monografiya, risola va uslubiy maqolalarni muntazam chop etish.

91
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar monitoringi: 
tahlil, rejalashtirish va amalga oshirish yo‘nalishidagi asosiy 
tushunchalar, tayanch so‘z va iboralar
Axborot – manbalari va taqdim etilishi shaklidan qat’i nazar, 
shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar 
to‘g‘ risidagi  ma’lumotlar.
Axboriy tahdid – ijtimoiy subyektga uning ehtiyojlarini, 
qiziqishlarini va maqsadlarini mos ravishda o‘zgartirishga qara-
tadigan real axboriy ta’sir etish xavfidir. 
Axborot iste’moli madaniyati – axborot dunyosidan ijti-
moiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni saralab olish 
bo rasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o‘zida ifoda etish.
Axborot quroli – raqibning axborot va boshqaruv tizimlariga 
ta’sir etuvchi maxsus moslama va vositalar.
Axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, 
jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati.
G‘oya – (yunoncha” idea” obraz) birinchi manzara, dastlabki 
– obyektiv borliq, mavjudlikning inson fikrida aks etish shakli.
Milliy g‘oya – milliy-ijtimoiy taraqqiyot mohiyatini yori-
tuvchi qarash bo‘lib, uning mazmunida ijtimoiy maqsad, milliy 
manfaatlar va ularning umuminsoniy manfaatlar bilan uyg‘unligi 
aks etadi.
Mafkura (arab. – fikrlar majmui) – muayyan ijtimoiy guruh, 
qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maq-
sadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. 
Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning o‘t-
mishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. 
Mafkuraviy tahdid – hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, 
bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik, vayronkorlik g‘oyalari 
ifoda etilgan harakat.

92
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Buzg‘unchi g‘oya – mamlakat va millat manfaatlariga zid 
bo‘lgan, o‘z nomi bilan buzg‘unchilikka qaratilgan vayronkor 
g‘oyalar. 
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling