O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarning
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashishda milliy qadriyatlarning o‘rni
2.1. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarning ta’lim-tarbiya jarayoniga konstruktiv va destruktiv ta’siri Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ha- yot dagi o‘rni tobora mustahkamlanib, jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilar ongi, dunyoqarashi va siyosiy saviyasini shakl- lan tiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. endilikda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi konsepsiyalarni axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. o‘tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan Internet tarmog‘i esa axborot sohasida tub burilish yasadi. endilikda an’anaviy oAVning informatsion texnologiyalar asrida o‘z mavqeini saqlab qolishi ko‘p jihatdan global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi. Bu borada Yurtboshimiz ham o‘z ma’ruzalarida, “bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi...”, deb alohida ta’kidlagan holda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqiradi. ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomonlarini inkor etmagan holda uning yoshlar orasida samarasiz, salbiy faoliyat olib borish imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlash lozim. 39 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish Telekanallarda namoyish etilayotgan va minglab video, lazer disklari vositasida tarqatilayotgan jangari filmlar da yashash uchun kurash g‘oyasi targ‘ib etiladi. Ularning yosh lar ongini zaharlash, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdan uzoq lash tirish, milliy nigilizm va manqurtlikka mubtalo qilishi o‘z-o‘zidan ayon va ochiq haqiqatdir. Mazkur muammolarni yechishda, avvalo, oAV faoliyatini mu vofiqlashtirish, ko‘rsatuv, eshittirish va matbuot nashrlari sifa- tiga, ayniqsa, ularda berilayotgan materiallar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Yoshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi hali maf- kuraviy immunitet to‘la shakllanmaganligini, ularda eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan global muammodir. Ta’kidlash lozimki, Internetdan tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi ax- bo rotlar orqali ba’zan harbiy harakatlar evaziga amalga oshirib bo‘l maydigan maqsadlarga ham erishish mumkin. Bunday axborot xurujlari esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtayi nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligini unutmaslik ke- rak. Buning asosiy sabablaridan biri esa agressiyani targ‘ib etuvchi tele, radio, audio, video va multimedia mahsulotlari, internetdagi ma’lumotlar, kompyuter o‘yinlarining ko‘payib borayotgani, xil- ma-xil usullarda tarqatilayotganidir. Ularning barchasi bolalar va yoshlarni psixik va psixoemotsional holatiga bosim o‘tkazish, ularni zimdan boshqarish axboriy-psixologik ta’sir o‘tkazishning samarali vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy istilohdagi “zombi”lar, ya’ni “manqurtlar” paydo bo‘l- masligi uchun yoshlar orasida axborot iste’moli madaniyati, mafkuraviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirish masalasi hanuzgacha dolzarb bo‘lib kelmoqda. 40 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova shuningdek, mazkur muammoning yechimini hal etishda “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligini amaliyotda izchillik bilan qo‘llash zarur. Zero, har bir ota-ona o‘z farzandining qanday ko‘rsatuvga qiziqayotgani, qaysi internet saytiga murojaat qilayotgani haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va uni to‘g‘ri yo‘naltira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. o‘z o‘rnida ta’lim muassasalarida maktab yoshidan boshlab axborot tizimida axborot olish madaniyatini va mafkuraviy immu- nitetni shakllantirishning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish va ama- liyotga tezkorlik bilan joriy etishni davr taqozo etmoqda. Qolaversa, axborot xavfsizligini ta’minlashda – fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirib borish lozim. Ya’ni har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli ekanini ajratib oladigan mezonlarni ishlab chiqishi, ma’lum axborotning o‘z professional faoliyati va shaxsiy hayoti uchun qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda “Axborot urushi” xavfi tahdid solayotganini ham jiddiy e’tiborda tutish zarur, ya’ni axborot urushining mohi- yati shundaki, u yakuniy maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Aynan hozirgi texnologiyalar axborot o‘rniga uydirma tarqatish, boshqalarni yolg‘on axborotga ishontirish imkonini beradi. kun- dalik hayotda uchraydigan fitna va bo‘htonlar ham axborot uru- shining primitiv ko‘rinishidir. Axborot xurujining oldini olish uchun, Prezidentimiz aytganlaridek, mafkuraga qarshi maf kura, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash- mog‘imiz kerak. Zero, yoshlarimiz qalbida ma’naviy-axloqiy pok jihatlar ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilsin. Axborot xurujlarining oldini olish uchun, avvalo, yoshla rimiz- ning mustaqil fikrlashini shakllantirish talab etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab farzandlarimizga turli uslublarda 41 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari keltirayotgan zararlar haqida tushunchalar berib borish maqsadga muvofiqdir. o‘quvchilarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushishdan saq- lash, turli “axborot xurujlari”ga qarshi immunitet hosil qilish, ularning psixologik sog‘lomligini ta’minlashda mazkur tizim muhim rol o‘ynaydi. Jumladan: – mavzu yuzasidan maktablarda oAV xodimlari bilan uchra- shuv lar uyushtirish. – ta’lim muassasalari rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘- yicha direktor o‘rinbosari uchun o‘quv treninglari tashkil etish va so‘rovnomalar o‘tkazish; – ommaviy axborot vositalari bilan ta’limning uzviyligini ta’minlash va mavzuga doir o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish; – o‘quvchilarning ongini buzuvchi, jarohatlovchi axborot ta’- siridan himoya qilish, ommaviy axborot manbalarida shafqatsizlik va zo‘ravonlikni targ‘ib qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikning tashkiliy- huquqiy mexanizmi sifatida ta’lim maskanlarida o‘quvchilar orasida oshkoralik, xayrixohlik, bag‘rikenglik, tanqidiy-tahliliy mushohadaga asoslangan o‘zaro munosabatlar tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida matbuot kotiblari faoliyati tashkil qilish; – o‘quvchilar orasidan tayinlangan matbuot kotiblarining asosiy vazifasi esa, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilina- yot gan ijobiy hamda salbiy axborotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar o‘r tasida hamkorlik, samimiy munosabat, bir-birini tushunish, qo‘l lab-quvvatlab, yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish kabi fazilatlarni shakllantirish; – maktablarda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy bilim va tar biyalarini rivojlantirishda radio burchaklarini tashkil qilish; – “eng yaxshi matbuot kotibi”, “Faol mahalla raisi”, “eng yaxshi rahbar”, “eng faol ma’naviyatchi”,” eng faol tadqiqotchi olim” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish; 42 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova – o‘quvchilar o‘rtasida yot axborot manipulyatsiyasi ham da uning salbiy ta’sirini oldini olishda turli chora-tadbirlar, ijti moiy- psixologik dasturlar, o‘quv adabiyotlarini yaratish orqali o‘quv- chilarda axboriy-psixologik immunitetni shakllantirish masa la- larini yo‘lga qo‘yish. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda quyi- dagicha xulosa qilish mumkin. Yoshlarni fan-texnika yutuqlari bilan muntazam tanishtirib borish zarur, ammo salbiy oqibatlarni ham hisobga olgan holda, doimiy nazorat va tushuntirish ishlarini ular ongiga singdirib borilishi maqsadga muvofiqdir. Axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy oqi- batlarini ham aytib o‘tish kerak. hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimining asosiy vazifalaridan biri turli fan yo‘nalishlari orqali yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyasini izchil shakllantirishdan, xalqning ishonch va e’tiqodiga aylantirishdan iborat. Chunki har qanday ta’lim-tarbiya soha si- ning markazida turuvchi: insonparvarlik, vatanparvarlik, mil lat- parvarlik, tinchliksevarlik g‘oyalari, eng avvalo, milliy istiqlol g‘oyasi doirasida o‘z mazmunini aniqlashtiradi va namoyon qi- ladi. Zero, insonning har qanday ezgu g‘oyalari – ona Vatanga muhabbat, uning mustaqilligini mustahkamlash g‘oyalaridan tash qarida ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin emas. Boshqacha aytganda, milliy g‘oyani yoshlarimizning ishonch e’tiqodiga aylantirish orqali mafkuraviy, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaning samaradorligi fanlarning shu maqsad asosida o‘zaro mushtarakligiga ham bog‘ liqdir. Ya’ni mutaxassis olimlar ta’kidlaganidek, turli soha- lardagi bilimlar majmuasining Milliy istiqlol g‘oyasi doirasida integratsiyalashuvi va differentsiallashuvi, muqobillashuvi 43 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish yosh lar bilim saviyasini, dunyoqarashlarini mazmunini belgi- lab turadi. “Tarbiya muammolari, – deb xulosa qiladi Yusupov N. “Globallashuv jarayonlarida ma’naviy-ahloqiy tahdidlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari” (diss, – T., 2013) asarida, – ma’- naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘u- lar, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir”. Chunki “Tahdid” so‘zi xavf-xatar, xuruj va buzish ma’nolarini anglatadi. shu ma’noda ma’naviy tahdidlar shaxsni aqliy va axlo- qiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar hisoblanadi. Yangi jamiyat barpo etish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda turli mazmunda, turli maqsadda, turli shaklda munosabatlar paydo bo‘ladi. Ayniqsa, chetdan turib ongli va maqsadli ravishda uyushtirilayotgan ma’naviy tahdidlar bunday munosabatlarning asosini tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar bir necha xil ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. o‘qituvchi esa yuqoridagi maqsadlarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Mukammal tarbiya berish ma’naviy kamolotning barcha jabhalarini rivoj- lantirish uchun subyektiv omil yaratishdir. hamma davrlarda ham o‘qituvchilar yoshlarni axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi hamda malakasini davr talablari va ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirib shakllantirishga harakat qilgan. shunga ko‘ra, har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiyadir. sog‘lom g‘oyaviy tarbiya esa yuksak dunyoqarash va e’ti- qod tarbiyasini ham anglatadi. shu o‘rinda tarbiya hamda ta’lim beruvchining shaxsiy sifati hamda o‘z ishiga fidoyiligi bu masalada g‘oyat muhim ekanligini unutmaslik kerak. Bu xususda G‘azzoliy shunday yozadi. “shayxning (tarbiyachining) muridini tarbiyalash kaliti – yerdan ungan ne’matning yaxshi hosil bermog‘i uchun 44 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova dehqon uning atrofini begona o‘tlar, tikanlardan tozalagani kabi bir hol”. shu bois Yurtboshimiz, tarbiya, o‘qituvchi hamda murab- biy ning ta’lim tizimidagi o‘rnini atroflicha tahlil etib shunday degan edi: “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim- tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo ham shu yerda, o‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qila- miz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murab biyning o‘zi ham shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. shu bilan birga, o‘qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularni o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Albatta bu masalani birdaniga yechish qiyin, lekin uni yechmasdan turib kelajak avlodning tarbiyasi to‘g‘risida gapirishning o‘zi mutlaqo nomaqbuldir. 2.2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashishda milliy qadriyatlarning o‘rni Dunyoda g‘oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafku- raviy, ma’naviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, tafakkurida sog‘lom dunyoqarash asos larini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Buning eng sama rali usuli mafkuraviy tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdir. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha: “Mafkuraviy tarbiya – inson, ijti- moiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o‘z manfaat va maqsad-intilishlarini 45 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham o‘z g‘oyalar ta’siriga tortishga harakat qiladi. G‘oyalar adolatli va haqqoniy bo‘lib, ko‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, maqsad sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oya- lar ta’siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tar- biyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi ongi va qalbiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. Aslida shaxs tarbiyasining muhim yo‘nalishi – bu g‘oyaviy tarbiyadir. Bu inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidir. har qan day tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiyadir. Chunki oilani olamizmi, bolalar bog‘chasinimi, mahalla, maktab, kollej, litsey, universitet yoki akademiyani olamizmi – hammasida beriladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari talaba va ting- lovchilar dunyoqarashini kengaytirish, ularning ongini ilmiy asoslangan bilimlar bilan boyitish hamda jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni kamol toptirishga yo‘nal- tirilgan bo‘ladi. Bu ishlar bolaning dunyo haqidagi, olamning rivojlanish qonuniyatlari, insoniy munosabatlar borasidagi o‘ziga xosliklar, axloq tamoyillari, go‘zallik haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu tom ma’noda mafkuraviy tar- biya ning asosiy poydevoridir. shuning uchun mafkurasiz inson, mafkurasiz guruh, millat, xalq, jamiyat bo‘lishi mumkin emas. Mafkuraviy tarbiya insonning ijtimoiy hayot haqidagi muay- yan bilimlar, baholar va ular zamirida yuzaga keladigan maqsadlar tizimi sifatida chiqishi bilan belgilanadi. shuning uchun ham mafkura shaxsning ijtimoiy tasavvurlari, bilimlari, qadriyatlari 46 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova tizimi, hayotiy mo‘ljallarining shakllanishiga kuchli darajada ta’sir ko‘rsatadi. shunday ekan, mafkuraviy tarbiya, ya’ni shaxs jamiyat hayoti, uning taraqqiyot qonunlarini, kuzatilayotgan hodi sa, jarayonlarni nechog‘li to‘g‘ri va to‘liq tushunishi, o‘rinli va adolatli baholashi, qanday maqsadlarni ko‘zlab faoliyat olib borishi masalasi ma’naviy tahdidlarning oldini olishda eng dolzarb va ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi. Mafkuraviy tarbiyaviylik eng avvalo, yuksak e’tiqod, iymon, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat, vatanparvarlik, fidoiylik kabi fazilatlarda namoyon bo‘ladi. Bugungi yoshlar o‘zlarining kim ekanligini, hech kimdan kam emasligini, ajdodlari kim bo‘lganini anglab yetdilar. Lekin ayni paytda xalqimizning ma’naviy birligiga raxna solishga, yoshlarimizning yurtimizga bo‘lgan ishonch-e’tiqodini buzishga urinayotgan kuchlar ham bor. Ular turli xil vayronkor, aldamchi g‘oyalarni pesh qilib, yovuz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, ayrim irodasi zaif yoshlardan o‘z yurtiga, ona Vataniga, hatto ota- onasiga qarshi bo‘lgan dushmanlarni tayyorlashga urinmoqdalar. G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar ham xilma-xillik, o‘zaro ta’sir, kurash jarayonida rivojlanadi, takomillashadi. Mafkuraviy tarbiya bo‘lganda ham, milliy tarbiya asosiga qu- rilgan mafkuraviy tarbiya bo‘lishi lozim. shuningdek, u global- la shuvning hozirgi avj olayotgan sharoitlari va imkoniyat larini hisobga olgan holda yangi mazmun va shaklda olib boriladigan tarbiya bo‘lishi taqazo etiladi. Milliy tarbiya millat vakillariga, ayniqsa, uning yoshlariga milliy meros, urf-odat, an’ana va axloqdagi eng ilg‘or xususiyatlarni, qadriyatlarni singdirish orqali milliy ong, dunyoqarash, ruhiyatni shakllantirish, o‘zligini anglatish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘u larini mustahkamlash, milliy manfaat, millat istiqboli uchun mas’ ullikni ongi va qalbiga singdirish, milliy 47 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish zaminlardagi boy meros asosida ma’naviy boyitish borasida olib boriladigan amaliy faoliyat yo‘nalishidir. shuni alohida ta’kidlash joizki, xalqimiz tarixning har qan- day to‘fon va suronlariga qaramasdan, milliy o‘zligi va azaliy qadriyat larini saqlab qolib, bugungi dorilamon zamonlarga be- zavol yetib kelishida uning qon-qoni, suyak-suyagida bo‘lgan ma’ naviy jaso rat tuyg‘usi, hech shubhasiz, hal qiluvchi ta’sir o‘t- kazib kelmoqda. Chunki o‘zbek xalqi dunyo maydonida kuni kecha tasodifan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Biz – boy tarix, yuksak madaniyat, bu yuk ma’naviyat vorislarimiz. Qadimiy tariximizni har tomonlama o‘rganib, shunday xulosaga kelish mumkinki, eng qaltis va tahlikali davrlarda millatimizga umid va ishonch bergan, uni yovlarga qarshi kurashga undagan, ajdodlarimizni ilmiy kashfiyotlar, har biy zafarlarga, ma’rifat mash’alini baland ko‘tarib, jaholatga qarshi chiqishga chorlagan beqiyos kuch ham aynan ma’naviy jasorat tuyg‘usidir. har qanday tarbiyada bo‘lganidek milliy tarbiyada ham aniq maqsadlar ko‘zlanadi. o‘zligini anglagan, dunyoqarashi shakllangan millat vakili o‘z millatini ulug‘laydi, uning manfaatini himoya qiladi, uning oldida mas’ul ekanligini tushunib yetadi, uning manfaatini boshqalar manfaati bilan almashtirmaydi, unda sadoqat kuchli bo‘ladi. shu millat vakili bo‘lganidan faxrlanadi va g‘ururlanadi. Bu inson uchun eng oliy ne’mat hamda ulug‘ ma’naviy boylik ekanligini doimo his etib yashaydi. Ma’naviyatga qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mam lakat, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’ minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir- oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishini alohida qayd eta di. Aksariyat olimlar – dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuch- lar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘y sun- 48 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova dirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avva lam- bor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. shuning uchun – bu sharq yoki G‘arb mamlakatlari bo‘ladimi, olis Afrika yoki osiyo qit’asi bo‘ladimi – jahonning qaysi burchagida bo‘lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir tahdid paydo bo‘ladigan bo‘lsa, o‘zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o‘ylab yashaydigan har bir ongli inson, har bir xalq tashvishga tushishi tabiiy, albatta. Muallif ma’naviy tahdidlar haqida gapirar ekan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xuruj kabi inson ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini qo‘ygan, tili, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi insonning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashga qarshi qaratilgan xurujlar mohiyatiga to‘xtaladi. Milliy istiqlol mafkurasi xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, komil inson kabi g‘oyalarga tayanar ekan, ana shu g‘oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning oldini oladi. Yot g‘oyaviy ta’sirlarga qarshi kurashda begona g‘oyalarning qo‘poruvchilik ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg‘ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Chunki bunday mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi. Biz yosh avlodga qaysi qadriyatlarni singdirishimiz kerak? Ularda qaysi sifatlarni tarbiyalamog‘imiz darkor? Bunda, avvalo, har jihatdan faol insonni tarbiyalashga e’tibor qaratish, g‘oyaviy tarbiya vositasida shaxsning salohiyatini yuqori darajada yuzaga chiqarishga erishish, har bir bolaning iqtidorini rivojlantirishga urg‘u berish zarur. Buning uchun inson passiv ijrochilikdan emas, balki faol tashabbuskorlikdan ko‘proq manfaatdor ekanligiga ishontirish kerak. 49 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish Yoshlarda mehnatga ishtiyoq uyg‘otish, tirishqoq va serg‘ay- rat shaxsni tarbiyalash, shaxsni o‘zi ustida qunt bilan ishlashga o‘rgatish. shuningdek, milliy g‘ururi baland, mas’uliyat va burch hissiga ega, intizomli, demokratiyani hayot tarziga aylantirgan, kelajagi o‘z qo‘lida ekaniga ishongan mustaqil shaxsni tarbiya- lashga ustuvor ahamiyat berish zarur. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, psixologik jihatdan yoshlarni har qanday destruktiv faoliyatga yo‘llovchi omillar uning xavf- sizlik, hurmat va o‘z ijodiy saloxiyatini ro‘yobga chiqarishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilish ehtiyojlariga kiradi. Yoshlar o‘zini-o‘zi namoyon qilishi uchun bir qator to‘siqlarni yengib o‘tishi kerak. Bu jarayon yoshlarni nafaqat shaxsiy sifatlarini (iroda kuchliligi, maqsad, ish qobiliyati, qiziqishiga) ega bo‘lishini, balki muayyan davrda ma’lum bir ijtimoiy shart-sharoitlarning mavjud bo‘lishi lozimligini ham anglatadi. Albatta, tahlil qilinayotgan masalani bir ish, risola doirasida to‘la o‘rganib chiqish qiyin. Zero, destruktiv faoliyat, destruktiv g‘oyalar, ongni nazorat qilish fenomeni hozirgi kunda sotsiologiya, psixologiya va boshqa qator fanlar doirasida o‘rganilishi zarur bo‘lgan dolzarb muammolardan biridir. Ushbu muammolarni bartaraf etishda “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot-tash- viqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 50 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova III BOB. ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLAR MONITORINGI Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling