O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik maqolalar yozishda
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish
3.1. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik maqolalar yozishda informatsiyaviy tahdidlarni inobatga olish uslubi Manbalarda “axborot madaniyati” tushunchasi “axborot sa- vod xonligi” tushunchasi bilan tenglashtirilgan holda qo‘llani- lishi kuzatilmoqda. Qiyosiy tahlillar natijasi sifatida ko‘r satib o‘tish mumkinki, “axborot madaniyati” tushunchasi qam rovi va mazmun jihatidan ancha keng bo‘lib, umumiy jihatlari bilan ajralib turadi. “Axborot savodxonligi” tushunchasi esa XX asr- ning 70-yillarida AQshda qabul qilingan va oliy ta’lim islohoti milliy dasturida alohida qo‘llangan. “Axborot savodxonligi” deganda mutaxassisning faoliyati uchun kerakli axborotni tushuna olishi, axborotni izlab topish va kasbiy faoliyatda qo‘llashi mum- kin bo‘lgan malakasiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan. “Axborot savodxonligi” mutaxassisning axborot bilan ishlashining texno- logik tarafini qamrab olib, ta’limiy dastur asosida maqsadli amal- ga oshiriladi. shu jihatlari bo‘yicha “axborot savodxonligi” tu- shunchasi kompyuterda ishlash savodxonligini ham qisman o‘z ichiga oladi. “Axborot madaniyati” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: – insonning bilim egallashining zamonaviy vositalari, qayta ishlash va tizimlashtirish malakasiga ega bo‘lishini; – tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarning mohiyatini tushunishini; 51 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish – faoliyat sohasiga oid bo‘lgan ixtisoslikka oid turli manbalar bilan ishlashni bilishni; – kasbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarga oid axborotni tahlil qilish va qayta ishlash asoslarini bilishni va boshqalar. Axborot madaniyati – bu axborot bilan kasbiy soha yoki qiziqishlar asosida maqsadli tanlay bilish, qo‘lga kiritish, uni qayta ishlash va o‘z vaqtida maqsadli foydalana olish, axborot texnologiyalari, zamonaviy vositalar hamda uslublarni qo‘llay olish malaka va ko‘nikmasining majmuasidir. Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, u shaxsning ijodiy qobiliyatining mahsuli hisoblanadi va ijtimoiy qiymatga ega. Axborot madaniyati quyidagilarda namoyon bo‘lishi mumkin: – axborot texnologiya vositalarini qo‘llashda aniq ko‘nik ma- larga ega bo‘lishda; – kasbiy faoliyatda kompyuter texnologiyalarini qo‘llay olish da; – elektron manbalardan axborotni qo‘lga kiritishni bilishda; – turli axborot manbalaridan kasbiy qiymatga ega bo‘lgan ax- borotlarni tanlab olishda. shaxsning axborot madaniyati ikki darajaga egadir. Birinchi daraja, bu – moddiy, ya’ni sivilizatsiya mahsuli. Ikkinchi daraja esa, alohida shaxsning ko‘ngilli faoliyati davomida vujudga keladi. Mazkur yoshlarda axborot madaniyatini shakllantrishda amaliy ahamiyat kasb etib, ishlab chiqiladigan ma’rifiy tadbirlar va tayyorlanadigan materiallarni didaktik tasnifini belilash uchun qo‘l kelishi ehtimoldan xoli emas. Axborot madaniyati turli funktsional vazifalarga ega bo‘lgan tarkibiy qismlardan tarkib topgan bo‘lib, uning tizimiga quyidagilar kiradi: – muloqot madaniyati; 52 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova – nutq madaniyati (til va yozuv madaniyati, ish hujjatlarini rasmiylashtirish madaniyati); – kitob va kitobxonlik (o‘qish) madaniyati; – intellektual (ilmiy tadqiqot va aqliy mehnat) madaniyat; – axborot texnologik (zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash) madaniyati; – bibliografik madaniyat. Axborot madaniyati tarixan shakllangan, ijtimoiy va iqtisodiy institutlar doirasida amalga oshirilib, tajribaviy bilimlarga asos- langan bo‘ladi. Bugungi globallashuv jarayoni shiddat bilan ke- chayotgan bir davrda, inson qalbi va ongi uchun turli usul lar yor damida kurash olib borilayotgan bir vaqtda, milliy man fa- atlarni himoyalash nazari asosida yoshlarimizda axborot ma da- niyatini shakllantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Axbo- rot madaniyatini shakllantirish o‘z strategiyasiga ega bo‘lib, Yu.Dresher uni shakllantirish yo‘lidagi mavjud vazifalarni uch qismga ajratib ko‘rsatadi: – bilimlar subyekti ongiga jamiyatdagi ijtimoiy axborot amal qilishining o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyatini singdirish; – subyektda “axborot almashinuvi mexanizmi” tushunchasini shakllantirish va uning o‘ziga xos jihatlarini hayotning barcha jabhalarida hisobga olish zaruriyati; – subyektga, axborot resurslaridan foydalanish masalasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga yordam berish. har bir qism xususiy xarakterga ega vazifalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy institutlar doi- rasida turli usullar yordamida yechiladi. Axborot madaniyatini shakllantirish uni ishlab chiqarish va iste’molini shakllantirish masalalari bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlash lozim. Mazkur masala estetik va axloqiy nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi lozim. negaki, axborotda katta hissiy ta’sir ko‘rsatish kuchi mavjud 53 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish bo‘lib, psixologiya sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, u, inson faoliyati mazmunini ta’minlashga, jamoaviy munosabatlarga alohida ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyatdagi biror-bir sohadagi rivojlanishni fuqarolarga yetkazishda, ularning ishonchini qozonishda axborot madaniyatining tamoyillariga amal qilmasdan tasavvur etib bo‘lmasa kerak. Bundan tashqari, biron bir oila yo‘qki, axborot olish va uzatish vositalariga ega bo‘lmasin, shu jihatlari bilan ham axborot madaniyatini shakllantirishga ehtiyoj sezilmoqda. Axborot madaniyatini shakllantirishga oid vazifalar qatorida dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan vazifalar ham mavjud bo‘lib, uning asosiy maqsadi shaxs ongida quyidagi bilimlar majmuini shakllantirishdan iboratdir: – moddiy dunyodagi axborot tarqalishining umumiy qonu- niyatini bilish, unga ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqida bilimga ega bo‘lish; – turli ma’lumotlarning xususiyat va vazifalari, uning jamiyat shakllanishi hamda ijtimoiy munosabatlar rivojlanishida tutgan o‘rnini bilish; – shaxsning tafakkuri, xulqi hamda bevosita faoliyat yuritish jarayonida axborotning egallagan o‘rnini anglash va unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish; – shaxsning ma’naviyatiga axborotning ta’sir darajasini bilish. Yuqoridagilarni umumlashtirigan holda ta’kidlash mumkinki: – yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish ijtimoiy ahamiyat kasb etib, falsafa, pedagogika, psixologiya va sotsiologiya fanlarini o‘qitishda “Inson kamolotida axborotning roli”, “Asotsial xulq ifodalanishida axborot” kabi mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish lozim; – yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishga oid bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish lozim. 54 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova har bir millat, davlatning yanada taraqqiyotning yuqori bos- qichlari sari rivojlanishida xavfsizlik va barqarorlik alohida o‘rin tutadi. Qayerda xavfsizlik va barqarorlik mavjud ekan, o‘sha yer da rivojlanish kuzatiladi. shuning uchun ham Prezidentimiz I.karimov o‘zi ning “o‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqa rorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida Vatanimizning tinchligi va faravonligi o‘z kuch- qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq va boshqa asarlarda xavfsizlik va barqarorlik masalalarini juda keng ma’noda tahlil qilib berganlar. Agar davlat yoki millat, ijtimoiy guruh yohud qatlam o‘z man faatlarini, maqsad-muddaolarini aniq ravshan ifoda etadigan g‘oyalarini kishilar, ayniqsa, yosh avlod ongiga muntazam sing- dirilmasa, g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘ladi, ishonch-e’tiqod susayadi, mafkuraviy tahdidlar kuchayadi. G‘oyasi yo‘q, e’tiqodi bo‘sh odamlar esa, ta’sirga tez beriluvchan bo‘ladi, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘yadi. G‘oyaviy bo‘shliq, imonsizlik, manqurtlik jamiyat uchun jiddiy xavf soladi. Agar g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lsa, so‘zsiz uning o‘rnini shu xalqning tabiatiga begona turli xil mafkuraviy tazyiqlar egallab olishi va o‘z ta’sirini o‘tkazadi. shuning uchun o‘z kelajagini o‘ylagan har bir davlat va jamiyat g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, eskirgan aqidalar va begona qarashlarni inkor etish bilan birga, ilg‘or fikrlar, ulug‘vor maqsad va ezgu orzularni odamlar ongi va qalbiga singdirishga harakat qiladi. keyingi yillarda milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha ko‘plab dars- liklar, qo‘llanmalar monografiyalar yaratildi va yaratilmoqda. Ularda Prezidentimiz asoslab bergan asosiy tushuncha va tamoyillar barqaror bayon etilsa-da, fikrlar rang-barangligi shubhasiz ijobiy hodisadir. Ayni paytda darsliklar va qo‘llanmalarning eng yangi 55 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish aniq bir dasturlar asosida tuzilishi, yoki yozilishi, takomillashib borishi ta’limning umumiy qonuniyatlaridan biridir. Insoniyat tarixi, fikrlar, g‘oyalar kurashidan iborat bo‘lib kel- gan va biz yashayotgan davr ham bundan mustasno emas. Fikrsiz inson bo‘lmaganidek, g‘oya, mafkurasiz jamiyat ham bo‘l maydi. Biroq shunday paytlar bo‘ladiki, muhitda mafkuraviy bo‘sh- liq yuzaga keladi va bu jamiyat uchun juda tahdidlidir. Tahdid haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo, diqqat va e’tiborni XX asr oxiriga kelib paydo bo‘lgan umumbashariy muammolarga qarat- moq lozim. Ana shunday muammolar qatoriga terrorizm, diniy ekstremizm, vahobizm, aqidaparastlar, millatchilik kabilarni kiritish mumkin. Yurtboshimiz biron-bir g‘oyani omma ongiga zo‘rlab, maj- burlab, tazyiq o‘tkazib, odamlar hayotiga singdirish, joriy etish mumkin emas, deydi. “Bir haqiqatni chuqur anglab olish darkor: har bir odam, oila, qolaversa, butun el-yurtimizning baxtu sao- dati, jamiyatimizning barqarorligi ko‘p jihatdan odamzod taya- nib yashaydigan g‘oya va maslakning qanchalik to‘g‘ri va inso- niyligiga, bu e’tiqodining oilasi, farzandlari, xalqining ezgu maq- sadlariga, hayotiy manfaatlariga nechog‘lik mos kelishiga uzviy bog‘liqdir” deya ta’kidlaydi. Xalq ommasi o‘zining ezgu maqsadlariga, hayotiy manfa- atlariga javob bermaydigan yot g‘oyalarni aslo qabul qilmaydi, ularni hech qachon qullab-quvvatlamaydi. Ishonch-e’tiqodga ay- lan magan g‘oya, xalq manfaatlaridan chetda bo‘lgan mafkura, real voqelikdan uzilib qolgan qonun-qoidalar hayotda chuqur ildiz ota olmaydi, aksincha, tezda barham topadi. hozirgi paytda, mafkuraviy tahdidlar eng, avvalo mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda. Ma’lumki, hayotda ma’lum bir tajribaga ega bo‘lgan, achchiq-chuchukni ko‘rgan kishilarning, yaxshimi – yomonmi, dunyoqarashini o‘zgartirish juda qiyin. 56 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova Maf kuraviy tahdidlar, avvalo, yoshlar uchun xavflidir. Prezidentimiz “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli risolasida shunday degan: “Ma’rifatparvarlik biz uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli ki- shi larni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni yechmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo‘lmaydi”. Darhaqiqat, xalqimizni turli mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini o‘zida chuqur aks ettiradigan sog‘lom, insonparvar mafkura bilan qurollantirish zarur. har bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalqimizning shiroq va To‘maris, spitamen va Muqanna, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo kabi mard farzandlari – buyuk g‘oya sohiblaridir. Jahon tarixidan, jumladan, xalqimizning o‘tmishidan ham, qaysi sohada bo‘lmasin, mardlik va jasorat ko‘rsatish uchun insonga albatta ulug‘vor g‘oya kerak ekaniga ko‘plab misollar topiladi. Buzg‘unchi g‘oyalarning vujudga kelishiga esa vayronkor intilishlar sabab bo‘ladi. shunday ekan, ularga qarshi kurashga tayyor turish, ya’ni doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashamoq hayotning asosiy zarurati bo‘lib qolaveradi. hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida chuqur ma’no bor: “Men uyimning darvoza eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyim- ga toza havo kirib turishi kerak. shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini istamayman”. 57 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish Ma’naviyatni ham bir uyga qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustun qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o‘tkazishiga qarshi himoya choralari ko‘rishimiz tabiiy. Agarki, masalaga amaliy ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, ma’ na viyatimizga qarshi qaratilgan har qanday xuruj – bu mil- latimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida ajdod lar- dan avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos va o‘ziga mos xusu- siyatlarga, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo‘ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo‘lib, ozod va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga katta zarba beradigan mudhish xavf-xatarlarni anglatadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik, o‘quv- metodik nashrlarning o‘rni va ahamiyati tobora ortib, ta’lim ta- raqqiyotining ko‘zgusi, pedagog-o‘qituvchilar ongi, dunyo qa- rashi hamda siyosiy saviyasini shakllantiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. Axborot-informatsion texnologiyalar, kompyuter va internet tizimida uzatilayotgan turli xil axborot manbalari vositasida o‘qituvchilarning o‘ziga xos fikrlash tarzi va dunyoqarashi keng yoyilmoqda. Bunda ta’lim tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun o‘quv-metodik, ilmiy-pedagogik nashrlarning munosib ulushi borligini ta’kidlash joiz. Avvalo, OAV faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda berilayot- gan materiallar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Yosh- larda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy im- munitet to‘la shakllanmaganini, ularda eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu o‘ta jiddiy global masala ekani ayon bo‘ladi. Uzluksiz ta’lim tizimida har 58 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni, ya’ni o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni egallagan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, o‘z sohasini chuqur biladigan mutaxassislarni tayyorlashning natijaviyligi ko‘p jihatdan pedagogik jarayonlarni tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini barqaror rivoj- lantirib borishda oAV ta’siridan foydalana bilishga bog‘liq bo‘- ladi. Chunki hozirda dunyoda vujudga kelayotgan murakkab mafkuraviy tahdidlar orqali ko‘zlangan maqsadlarga erishishda axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan asosiy mexanizm sifatida foydalanilayotganligi kuzatilmoqda. Ta’lim tizimidagi pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlash uchun o‘qituvchilar belgilangan asosiy maqsad yo‘- nalishida pedagogik jarayonlarni strategik rejalashtirish, loyiha- lashtirish, modellashtirish, ta’lim oluvchilar faoliyatini muvo- fiqlashtirish va ularning faolligini ta’minlash, vaziyatlarga ko‘ra pedagogik jarayonni boshqarish usullari, metodlari hamda tamo- yillari, innovatsion texnologiyalarni bilishi va ular asosida peda- gogik jarayon subyektlarining innovatsion faoliyatini tashkil etishi zarur hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jara- yonlar samaradorligi tatbiq etilayotgan yangiliklar asosida ta’lim oluvchilarning bilimlari, zamonaviy texnika va axborot-kommu- nikatsion texnologiyalarini o‘rganishi, intellektual qobiliyat- lari ning shakllanish darajasini hamda o‘qituvchilarning bilimi, ko‘ nikma va malakalari, shuningdek, pedagogik mahorati va kasbiy qobiliyatlarining rivojlanish darajalarining o‘sishini bel- gilaydi. kitob ilm va ziyo manbai bo‘lsa, ilmiy-metodik jurnallar kitob va darsliklardagi duru injularni yoshlar ongiga singdirishda, 59 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish ularni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda o‘qituvchi- pedagoglarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi asosiy poydevordir. Ta’lim tizimidagi yangiliklar, pedagogik texnologiyalar, ilg‘or ish tajribalarni ilmiy maqolalar orqali respublikamizda omma- lash tirishga munosib hissa qo‘shayotgan insonlarning fidoyi mehnati tufayli ilmiy jurnallarning yil sayin talabga ega bo‘lib borayotganini e’tirof etish joiz. Umrini buyuk kelajagimizning mustahkam qalqonlari – yosh avlodga ta’lim berishga bag‘ishlagan jonkuyar o‘qituvchi borki, albatta, pedagogika sohasida to‘plagan tajribasini hamkasblari bilan o‘rtoqlashishga intiladi. Bu jarayonda eng maqbul yo‘l ta’lim tizimidagi ilmiy-metodik nashrlarda ilmiy-tahliliy maqolalar e’lon qilib, sohadagi ilg‘or ish uslublarini ommalashtirishdir. Xalq ta’limi tizimidagi ilmiy-metodik jurnallar sahifalarida ta’lim tizimida xizmat qilayotgan pedagog-o‘qituvchilar o‘zlarining ilg‘or tajribalarini ilmiy ma qolalar orqali tahliliy yoritishlari mumkin. Bunda sohadagi dol zarb yo‘nalishlar, qimmatli fikr-mulohazalar, yillar davomida o‘qitishning hech kimnikiga o‘xshamagan o‘ziga xos uslublari qamrab olinishi lozim. shu o‘rinda ilmiy maqolaning tuzilishi, g‘oyasi va dolzarbligi, tizimga oid muammolarning yechimi qanday bo‘lishi zarurligi haqida to‘xtalib o‘tish foydadan xoli emas. Pedagoglar ish faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan maqolalarning tuzilishi, g‘oya mazmuni va qanday maq sadlarga xizmat qilishi ochib berilgan. shuningdek, har bir ilmiy-tahliliy maqolada pedagogikaga oid dolzarb muam mo- larning qo‘yilishi va ular atroflicha tahlil qilinishi lozim. Ilmiy ish mukammal bo‘lishi uchun esa ko‘rsatilgan barcha talablarga to‘liq javob berishi kerak. Ilmiy maqola aniq tuzilishga ega va quyidagi tarkibiy qism- lardan iborat bo‘lishi kerak: 60 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova – maqolaning nomi (sarlavhasi); – annotatsiya (o‘zbek, rus va ingliz tillarida); – kalit so‘zlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida); – kirish; – mavzuga oid adabiyotlar tahlili; – asosiy qism (metodologiya, natijalar); – xulosalar va tadqiqotning kelajakdagi vazifasi, qimmati, foydasi; – foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati. Aksariyat hollarda maqolaning kirish qismiga urg‘u berilib, asosiy maqsadini yoritishga uncha e’tibor qaratilmaydi. Yoki kirish qismi berilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqolaning maqsadiga o‘tib ketiladi. Buning oqibatida maqola talab darajasida bo‘lmasligi mumkin. kirish qismida asosiy e’tiborni bugungi kunda tizimga oid dolzarb masalalarga qaratish hamda mavzuga oid manbalardan iqtiboslar keltirish maqsadga muvofiqdir. Maqolani o‘qiyotgan o‘quvchi mavzuning maqsadi, shu mav- zudagi boshqa ilmiy maqolalardan, milliy va xorijiy tad qi qot- lardan farq qilishini istaydi. shu bois, har bir maqolada mav zu- dan kelib chiqib, ta’lim tizimiga oid biror-bir yangilik yoki o‘qi- tishning yangi metadologik uslublari mavjudligi ilmiy ishning yanada sermazmun bo‘lishini ta’minlaydi. Xulosalar annotatsiya emas! Ularning vazifasi o‘zgacha. Xu- lo salarda qanday natijalar olinganligi, annotatsiyada esa qanday ishlar amalga oshirilganligi yoritiladi. Maqolada ko‘tarilgan muammo va masalalarga qiziqqan o‘quv chi mavzuga oid adabiyotlarni topish imkoniyatiga ega bo‘- lishi kerak. Agar o‘quvchi adabiyotlarni topa olmasa, ilmiy ma- qolaga nisbatan ishonchi yo‘qolishi mumkin. Maqolaning sifatli bo‘lishi, albatta, omma tushunadigan til va 61 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish uslubda yozilishini talab etadi. shu bois, maqolada: – barcha tushunadigan, ko‘p hollarda foydalaniladigan, aniq, bir necha ma’nolarni anglatmaydigan atamalardan foydalanish; – yangi atama kiritilayotganda uning ma’nosini sharhlab berish; – ko‘p ma’nolarni ifoda etuvchi so‘zlardan foydalanmaslik; – xorijiy atamalarni zarur hollarda va o‘z o‘rnida ishlatish. Xulosa qilib aytganda, ilmiy-metodik jurna llarda e’lon qilina- yotgan maqolalarning salmoqli bo‘lishi nafa qat tahririyatda xizmat qilayotgan xodimlarga, balki ilmiy ish larning mualliflariga ham bevosita bog‘liq. shunday ekan, yurti mizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘qitishning ilg‘or pedagogik uslublarini yoritishda hamjihatlik eng ustu vor yo‘nalishimiz bo‘lishi lozim. Pedagoglar ish faoliyati sama radorligini oshirishga xizmat qiladigan maqolalarning tuzilishi, g‘oyaviy mazmuni va qanday maqsadlarga xizmat qilishi ochib berilgan bo‘lishi kerak. shuningdek, har bir ilmiy-tahliliy ma qolada pedagogikaga oid dolzarb muammolarning qo‘yilishi va atroflicha tahlil qilinishi lozim. Ilmiy ish mukammal bo‘lishi uchun esa 1-rasmda ko‘rsatilgan barcha talablarga to‘liq javob berishi kerak. Maqola yozishdan oldin quyidagi savollarga javob bering? 1. Qanday mavzuda maqola yozmoqchisiz? 2. Maqolangizning dolzarbligi nimada? 3. nima uchun o‘quvchilar qimmatli vaqtlarini ketkazib siz- ning maqolangizni o‘qishlari shart? 4. O‘z fikringizni qanday yetkazib bermoqchisiz? Qanday tajribalar o‘tkazish zarur? 5. Ilmiy ishingiz boshqalardan nimasi bilan farq qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling