O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tekshirishning huquqiy asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi mavzu: Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura). ... 97 Umumiy tavsifi
- O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura)
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tekshirishning huquqiy asoslari
........................................................................................................................... 84 Ma’muriy tekshirish va ma’muriy yustitsiya ........................................ 87 O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tekshirishning huquqiy muammolari .................................................................................................... 90 To‘rtinchi mavzu: Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura). ... 97 Umumiy tavsifi .......................................................................................... 97 Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsess) mohiyati ................. 103 Rivojlangan davlatlarda ma’muriy protseduraning huquqiy tartibga solinishi ........................................................................................................... 107 O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) .. 118 4 Ilovalar ..................................................................................................... 125 KIRISH O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat va jamiyat hayotini bosqichma-bosqich isloh etish, huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlash kabi davlat boshqaruvi, aniqrog‘i, ma’muriy faoliyatni yanada demokratlashtirishga doir chora- tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Davlat boshqaruvi sohasidagi bunday o‘zgarish, islohotlar, albatta, doimiy ilmiy izlanish va yangiliklarga tayanadi. Shuning uchun ushbu o‘quv qo‘llanma doirasida O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlar ma’muriy organlari (davlat boshqaruvi organlari) faoliyatining qiyosiy-huquqiy tahlili amalga oshirildi. O‘quv qo‘llanma qiyosiy-huquqiy tahlil asosida, muallif tahsil olgan xorijiy mamlakat – Yaponiya ma’muriy huquqidan kelib chiqqan holda yozilgan. Bundan tashqari, qo‘llanma doirasida AQSh tajribasiga ham murojaat qilingan, 5 O‘zbekistonning milliy, o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib tegishli tahlillar amalga oshirilgan. Kitob xorijiy mamlakatlarda ma’muriy huquqni tushunishning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda yozilganligi uchun unda ko‘plab yangi atama va tushunchalar qo‘llanilgan. Shu bois mavzularining nomlanishi hamda mavzularda qo‘llanilgan terminlar asosan xorijiy mamlakatlar ma’muriy huquqining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan. Garchi O‘zbekiston ma’muriy huquq nazariyasi va amaliyotida bunday yangi tushuncha hamda terminlar ishlatilmasa-da, ma’muriy huquqni to‘laqonli tushunish uchun xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish yurtimizda zamonaviy, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda juda muhim ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlash zarur. Muallif ma’muriy huquqning boshqa mavzularida ham xorijiy mamlakatlar tajribasini qiyosiy-huquqiy tahlil asosida tadqiq etishni maqsad qilganligini inobatga olib o‘quv qo‘llanma davomiy mavzularning bir qismi sifatida chiqayotganligini alohida ta’kidlaymiz. Keyingi qo‘llanmalarda ma’muriy akt, ma’muriy shartnoma kabi masalalarni yoritib berish rejalashtirilmoqda. O‘quv qo‘llanmada to‘rtta mavzu tahlil qilinadi. Ma’muriy organlarning faoliyatini amalga oshirish ma’lum bir huquqiy asosga ega bo‘lishi lozimligidan kelib chiqqan holda birinchi mavzu ma’muriy qonunchilik jarayoniga bag‘ishlangan. Ma’muriy organlar tomonidan chiqariladigan qonunosti hujjatlari ularning turlari, milliy qonunchiligimizdagi tartibga solinishi, muammo va xorij tajribasi asosidagi yechimlar haqida fikr yuritilgan. Ma’muriy organlar o‘z faoliyatinining huquqiy asosini shakllantirganidan keyin ma’lum bir rejalar ishlab chiqadi. Bu haqda ikkinchi mavzuda ma’muriy reja, uning turlari, milliy qonunchiligimizdagi tartibga solinishi, muammo va xorij tajribasi asosidagi yechimlar haqida gap borgan. Uchinchi mavzuda esa ma’muriy organlar faoliyatining bir ko‘rinishi sifatida ma’muriy tekshirish haqida gapirilgan. Nihoyat, to‘rtinchi mavzu ma’muriy protsesga bag‘ishlangan. 6 Ta’kidlash joizki, birgina o‘quv qo‘llanma doirasida xorijiy mamlakatlarda ma’muriy huquqni tushunishning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish qiyin, shu bois muallifning hozirgacha amalga oshirilgan ilmiy izlanishlaridan kelib chiqib ushbu o‘quv qo‘llanmada asosan Yaponiyaning ma’muriy huquq sohasidagi yirik olimlari ilmiy ishlariga murojaat qilindi. Muallif hali uncha ham ko‘p bо‘lmagan adabiyotni mutolaa qilgani bois ba’zi bir noto‘g‘ri fikrlar bo‘lishi tabiiy. U kelajakda yanada chuqur izlanishlar olib borib xatolarini tuzatishga harakat qiladi hamda boshqa olimlar tomonidan bildiriladigan tanqidiy fikrlarni kutib qoladi. O‘ylaymizki, bunday ilmiy izlanish O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq rivoji, o‘z o‘rnida, mamlakat huquq sohasining taraqqiyoti, umuman, davlatimizning xalqaro miqyosda munosib o‘rinni egallashiga va rivojlanishiga xizmat qiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling