O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani qaytarish


Download 284.5 Kb.
bet154/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

368-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani hal etishda ariza ushbu Kodeksning 366, 367-moddalari talablari buzilgan holda berilganligini aniqlasa, arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni undiruvchiga qaytaradi.
Sud arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar undiruvchiga ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi.
Arizani qaytarish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchi sudga umumiy tartibda yangidan ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 365-moddasi.
369-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza, agar O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmaydigan muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning sudga kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud arizani ko‘rib chiqishda sudga taqdim etilgan, arz qilingan talablarni va bildirilgan e’tirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yo‘li bilan holatlarni aniqlaydi.
Sud arizani ko‘rib chiqishda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 365-moddasi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling