371-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud ajrimi
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud ushbu Kodeksning 24-bobida belgilangan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud ajrimida, shuningdek quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri;
undiruvchining va qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini so‘rayotgan hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish haqidagi yoxud uni e’tirof etishni va ijro etishni rad qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatma.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 364-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi birinchi qismi 3-bandi.
372-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida ajrim chiqargan sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida”gi 1958-yil 10-iyundagi Konvensiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |