O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish


Download 284.5 Kb.
bet63/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

145-modda. Ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish
Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi.
Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni ko‘rishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qo‘yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo‘q bo‘lganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda sudning ajrimiga binoan, ishni ko‘rishda hozir bo‘lgan fuqarolar esa raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan taqdirda, ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana bo‘ysunmasa, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni bo‘lmasa, ishni ko‘rish sudning ajrimiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning o‘zida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 223-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari.
146-modda. Sud jarimalarini solish tartibi
Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda solinadi.
Sud jarimasini solish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi jarima solingan shaxsga darhol yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak.
(146-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling