O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83-modda. Axloq tuzatish ishlari
82 -modda. Majburiy jamoat ishlari
Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o‘qish jarayonini buzmasligi lozim. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-sonli “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori . (82 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 83-modda. Axloq tuzatish ishlari Oldingi tahrirga qarang. Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish 1 1 1 08/02/23, 15:24 Стр. 43 из 228 joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12 va 18 — 23-bandlari . (83-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda) Oldingi tahrirga qarang. Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539 , 541-moddalari , 542- moddasining uchinchi qismi , 545-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”), O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 67-moddasi . (83-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Oldingi tahrirga qarang. (84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling