O’zbekiston tarixi 7-sinf


Darsning texnologik xaritasi


Download 0.97 Mb.
bet121/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash,darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II. O’tgan mavzuni so’rash:
1. XV asrning birinchi yarmida Ulug'bek farmoni bilan qaysi shaharlarda madrasalar qurilgan?
A.Toshkent, Samarqand, Turkiston B.Xirot, Shohruxiya, Shaxrisabz
C.Buxoro, Samarqand, G'ijdivon D.Qo'qon, Samarqand, Xiva
2. Ulug'bek farmoni bilan qurilgan madrasaning darvozasiga "Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir" degan xitobnoma o'yib yozib qo'yilgan. Bu madrasa qayerda joylashgan?
A.Buxoroda B.Samarqandda C.Toshkentda D.G'ijduvonda
3. Samarqand madrasasi ochilgan paytlarda ilmi hay'atdan darsni kim bergan?
A. G'iyosiddin Jamshid B.Ali Qushchi C.Qozizoda Rumiy D.Muhammad Havofiy
4. Samarqandda Ulug'bek madrasasi ochilgan kuni darsda qancha tolibi ilm qatnashgan?
A.yuzta B.to'qsonta C.ellikta D.saksonta
5. Ulug'bekning Samarqand­dagi madrasasida yetakchi mudarris kim bo'lgan?
A.G'iyosiddin Jamshid B.Ali Qushchi C.Qozizoda Rumiy D.Muhammad Havofiy


III.Yangi mavzu bayoni:
Samarqandda o‘z atrofida to‘plangan taniqli olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Mirzo Ulug‘bek 1424-1429-yillarda shahar yaqinidagi Obirahmat anhori bo‘yida rasadxona qurdirdi. Hanuzgacha olimlarning qiziqishini uyg‘otib kelayotgan bu ulkan imoratning balandligi 31 metr edi. G‘iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o‘lchov asbob-uskunasi-ulkan sekstant o‘rnatilgan. Samarqand sekstanti o‘sha davrda Sharqda ma’lum bo‘lgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ulug‘bek rasadxona qoshida zamonasining boy kutubxonasini ham tashkil etadi. Bu kutubxonada fanning deyarli hamma sohalariga tegishli qariyb o‘n besh ming jild kitob saqlangan.
Ulug‘bekning faol ishtiroki bilan Ulug‘bek rasadxonasi o‘sha zamon sharoitiga mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi. Rasad- xonada Ulug‘bek bilan birga mashhur matematik va astronomlardan «Aflotuni zamon» deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, «o‘z davrining Ptolomeyi» nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi va ko‘pgina bosh­qa olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug‘bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 ta qo‘zg‘almas (turg‘un) yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.Ulug‘bekning shoh asari «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» (Ko‘ra- goniyning yangi astronomik jadvali) nomli kitobidir. «Ziji jadi­di Ko‘ragoniy» asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadval- lardan iborat. Ulug‘bekning astronomik jadvali o‘sha zamondagi shunga o‘xshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bi­lan ajralib turadi. Shuningdek, Ulug‘bekning yil hisobini hozirgi hisob-kitoblarga solishtirgudek bo‘lsak, u bor-yo‘g‘i bir minut-u ikki sekundga farq qiladi. Bu XV asr uchun g‘oyat yuksak aniqlik bo‘lib, hozirgi zamon o‘lchovlariga juda yaqindir.Ulug‘bek «Tarixi arba’ ulus» (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola ham yozgan. Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining o‘ziga xos akademiyasi edi. Mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volter (1694-1778): «Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib akade- miyaga asos soldi. Yer sharini o‘lchashni buyurdi va astronomi- yaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi», - deb yozgan edi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling