O’zbekiston tarixi 7-sinf


Download 0.97 Mb.
bet26/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

III.Yangi mavzu bayoni:
Arablar o’lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini oyoqosti qilib, juda ko’p shahar va qishloqlarga o’t qo‘yib vayron etdilar. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko’plab qurol-yarog’lar tortib olindi. Sulh tuzishga majbur bo’lgan Buxoro, Poykand, Sug’d hukmdorlaridan katta miqdorda boj tovonlar undirib olindi. Arablar o’z qo’shinlariga minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb etdilar. Istilochilar Movarounnahr aholisidan ko’proq boylik undirib olishga harakat qildilar. Buning uchun avvalo ular faoliyatni Movarounnahrning barcha shahar va yirik qishloqlariga o’z harbiy qismlarini joylashtirishdan boshladilar. Bu harbiy kuchga tayanib, ular aholidan turli soliqlar undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand shahriston yoki undagi zakot, jiz’ya soliqlarini xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlarga bo’shatib beriladi. Ayrim istilochi zodagonlar dehqonсhilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlarini va suv inshootlarini egallab oladilar. Kelgindilarning bir qismi bosib olingan qishloq atroflariga ko’chib kelib o’rnashadi va o’troqlashadi. Yerli aholi jamoat binolari, suv inshootlarini qurish, sug’orish tarmoqlarini loyqadan tozalash kabi ishlarga safarbar etiladi. "Xiroj", "ushr", "zakot", "jiz’ya" kabi soliqlar joriy etildi. Arablar Movarounnahrda o’rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun islom dinini da’vat etishga, aholi o’rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Movarounnahrning bir nechta mahalliy dinlarga topinuvchi taqvodor aholisini uzil-kesil bo’ysundirishda ularni islom diniga birlashtirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini arab istilochilari yaxshi tushunardilar. Shu boisdan ular Movarounnahr aholisining asosiy dini hisoblanadigan otashparastlik va boshqa dinlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o’rniga jome masjidlari bino qilinadi. Islom dinini qabul qilib, musulmon bo’lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod etilgan. Ularga ancha­-muncha imtiyozlar berilgan. Islomni qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan esa jon bosh solig’i - jiz’ya undirilib olingan. Soliqlarni o’z vaqtida to‘lamagan kishilar tutib olinib bo’yinlariga "qarzdor" deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilardi. Bunday amaliy tadbir va choralar shubhasiz, Movarounnahr aholisi o’rtasida islom dinining tarqalishiga yordam beradi. Biroq, shunday bo’lsa-da, islomni qabul qilgan aholining ko’pchiligi nomigagina musulmon bo’lib, uzoq vaqtlargacha pinhona o’z dini va e’tiqodlariga sodiqligicha qolaveradi. Arablar tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf­-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi. Mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan boy ma’naviy hayotiga qayta tiklab bo’lmas darajada putur yetkaziladi. Istilochilar Movarounnahrning hamma joylarida mahalliy din namoyandalarini, madaniyat, adabiyot va ilm ahllarini quvg’in qiladilar. Mahalliy sug’d yozuvida bitilgan diniy va ma’rifiy kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarni hamda sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo’q qilib tashlaydilar. Quvadagi budda ibodatxonasiga o’rnatilgan turli­-tuman haykallarning parchalab tashlangani, Afrosiyob saroy devorlariga solingan suratlarning, ayniqsa odam rasmlarining ko’zlari o’yilib, bo’yinlariga qilich bilan chizib yuborilganligi bunga yaqqol misoldir.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling