IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Atamalar izohini o’rganing:
. Islohot – mavjud tartibni o’zgartirish.
. Farmon – qonun kuchiga ega bo’lgan buyruq.
Savollarga javob bering:
1. Xalifalikka qarshi xalq harakatlarining boshlanishiga nimalar sabab bo’lgan?
2. Xalifa Umar ibn Abdulaziz qanday farmon berdi?
3. 720-yil Sug’dda boshlangan qo’zg’olonga kimlar boshchilik qilgan?
4. Said Xaroshiyga qanday vazifa topshirilgan edi?
5. Ashros tadbiridan so’ng kimlar arablar tomoniga o’tadilar?
6. Arablardan kim buxorxudotning qiziga uylangan?
7. VIII asrning 40-yillarida xalifalikda qanday harakat avj oldi?
V.Dars yakunlarini chiqarish.
O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish.
O’quvchilarni baholash.
VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2. Yangi mavzuni o’rganib kelish.
3. ”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.
O’IBDO’ _________________________
O’zbekiston tarixi 7-sinf
-
13-Darsning mavzusi: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga Abu Muslim qo’zg’oloni, uning sabablari, borishi va undan keyingi ahvol haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: Ularda inson haq-huquqlari, uning qadri haqidagi qarashlarni shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |