O’zbekiston tarixi 7-sinf


IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 0.97 Mb.
bet33/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Atamalar izohini o’rganing:
Abbosiylar – Muhammad s.a.v. avlodidan chiqqan, 750-1258-yillarda Arab xalifaligini boshqargan sulola.
. Umaviylar – Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola.
Mavzuga oid sanalar jadvalini tuzing va voqealarni o’rganing:

744-750

746

749

748

751

750-754

750

755

631-661

661-1258

661-750

750-1258

V.Dars yakunlarini chiqarish.
O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish.
O’quvchilarni baholash.
VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2. Yangi mavzuni o’rganib kelish.
3. ”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish. O’IBDO’ ______________
O’zbekiston tarixi 7-sinf





7 “V”



7 “G”

7 – “D”








14 - Darsning mavzusi: NAZORAT ISHI –I
Nazorat ishini o`tkazishdan maqsad:
-o`quvchilar olgan bilimlarini chuqurlashtirish;
-tarixiy xotira, tarixiy tafakkurini shakllantirish;
-olgan bilimlaridan xulosalar chiqarishga o`rgatish o`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash
Nazorat turi: test
Uslub: yozma.
Jihoz: test varaqalari, darslik, nazorat daftarlari, doska, bo`r.
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa.
II.Yangi mavzu mazmunini yoritish 40 daqiqa
III.Uyga vazifa berish 2 daqiqa


Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, nazorat daftarlarini tarqatish, o`quvchilarni nazorat ishi yozish tartibi bilan tanishtirish.
II.Nazorat ishini yozish. Test:
1.Arablar qaysi hududlarni Xuroson deb ataganlar?
A)Afg`onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlarni
B)Afg`onistonning shimoli, Eronning janubi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlarni
C) Afg`onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Sharqiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlarni
D) Janubiy Afg`onistonni , Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlarni
2.Qutayba ibn Muslimning harbiy yurishlari qayerni zabt etishdan boshlangan?
A)705-yil Balx viloyati atroflarini B)651-yil Marvni
C)707-yil Poykandni D)707-yil Buxoro atrofini
3.Arab xalifaligi tomonidan istilo qilqingan joylarning yillari bilan to`g`ri ko`rsatilganjavob variantini aniqlang
1)Maymurg` 2)Chag`oniyon 3)Poykand 4)Marv
a)667-yil b)654-yil c)651-yil d)707-yil
A)1-a; 2-b; 3-c 4-d B)1-b; 2-a; 3-d; 4-c C)1-b; 2-a; 3-c; 4-d D)1-d; 2-b; 3-c; 4-a
4.Kim mahalliy aholini islom diniga kiritish maqsadida masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy qilgan edi?
A)Salim ibn Ziyod B)Muoviya I C)Ubaydulloh ibn Ziyod D)Qutayba
5.Idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq turi qaysi?
A)Jiz’ya B)Ushr C)Xiroj D)Zakot
6.G`urak va Divashtich boshchiligidagi qo`zg`olonda ularga yordam berish uchun kimlar kelgan edi?
A)Xorazm lashkarlari B)Yettisuvdan turk lashkarlari
C)Buxorodan Tug`shoda lashkarlari D)Chag`oniyon hokimi lashkarlari
7.Ummaviylar targ`ibotchisi Abu Muslim qayerlik bo`lgan ?
A)eronlik B)kufalik C)bag`dodlik D)madinalik
8.Movarounnahrda arablarga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonlardan qaysi birida qullar faol ishtirok etgan?
A)Gurak va Divashtich boshchiligidagi qo`zg`olonda B)Muqanna boshchiligidagi qo`zg`olonda
C)Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo`zg`olonda D)Abu Muslim boshchiligidagi qo`zg`olonda
9.Qayerda arab xalifaligining qo`shini 4 oy davomida kurash olib borib, qo`zg`olonchilarni mag`lubiyatga uchratgan?
A)Som qal’asida B)Narshax qal’asida C)Naxshabda D)Moxuvon qarorgohida
10.Xuroson noiblaridan qaysi birining hukmronlik davrida xiroj solig`ini to`lash barchaga barobarligi shart qilib qo`yilgan?
A)Nasr ibn Sayyor B)Umar ibn Abdulaziz C)Said Xaroshiy D)Qutayba ibn Muslim
11.Abu Muslimning hayoti qanday yakun topadi?
A)bir to`da qo`zg`olonchilarning qo`lida o`ldiriladi
B)qo`lga tushmaslik uchun o`zini-o`zi halok qiladi
C)xalifa buyrug`iga binoan o`ldiriladi
D)qullar uni shavqatsizlarcha o`ldiradi
12.Muqanna qanday kasb egasi bo`lgan?
A)kudungar B)lavvoh C)najjor D)misgar usta
13.Muqannaning asl ismi kim bo`lgan?
A)Hoshim ibn Abbos B)Hoshim ibn Hakim C) Hakim ibn Hoshim D)Abul Abbos
14.Ummaviylar sulolasi nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
A)750-1258 yillar B)634-749 yillar C)630-746 yillar D)661-750 yillar
15.Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi xalq harakati Samarqanddan boshlanib, qaysi viloyatlarga tarqalgan edi?
A)Shosh, Farg`ona, Buxoro, Naxshab, Xorazm
B)Naxshab, Kesh va Farg`ona
C)Shosh, Farg`ona, Buxoro, Naxshab va Kesh
D) Shosh, Farg`ona, Buxoro, Naxshab va Iloq
16.Qutayba boshliq arablar qachon Samarqandni bosib olishadi?
17.Xurosonning qaysi noibi Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida islom dinini qabul qilganlardfan xiroj va jiz’ya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi?
18.750-yil qayerda arablarga qarshi qo`zg`olon ko`tarildi?
19.Kudungarlik qanday kasb hisoblanadi?
20.O`rta asrlardagi Iloq vodiysi hozirgi qaysi hududga to`g`ri keladi?



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling