O'zbekiston tarixi


Rajabova R.E. va boshqalar. O'zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). - Т.: 0‘qituvchi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Rajabova R.E. va boshqalar. O'zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). - Т.: 0‘qituvchi, 
1994, 104-bet.
2
 Turon tarixi. To‘plam. - Т.: 1992, 20-bet.
244 


Muhiddin Maxsum Xo„jayev boshchiligidagi «so„l kommunistlar» ham 
yaqin edilar. Ular 1921-yil avgustda Buxoro hukumatini ag„darishga urinib 
ham ko„radilar. Lekin bu harakat muvaffaqiyat qozonmasdan tor-mor 
qilindi. Milliy istiqlolchilar tomoniga o„tgan hukumat a‟zolari orasida 
Buxoro Markaziy Ijroiya Qo„mitasi raisi Usmonxo„ja Po„latxo„jayev, harbiy 
nozir Abdulhay Oripov, uning o'rinbosari Tal‟atzoda (Turk ofitseri), Ichki 
ishlar nozirining o„rinbosari Mulla Bobo, Buxoro militsiyasining boshlig„i 
Ali Rizo (Turk polkovnigi) va boshqalar bor edi. Ular milliy istiqlol kuchlari 
bilan yashirincha zimdan aloqa o„matdilar, ulami har tomonlama qo„llab-
quwatlab yordam berdilar. Bu xususda Buxoro hukumatida Mehnat kengashi 
raisi o„rinbosari lavozimida ishlagan Abdurauf Fitratning Sho„ro organlari 
so„roqlariga bergan quyidagi javoblari g„oyatda e‟tiborlidir: «Bizning 
tashkilotimiz bosmachilik harakatiga katta ahamiyat bergan va unga Sovet 
hukumatiga qarshi faol kurashda vosita sifatida ko„pdan-ko„p umid 
bogiagan edi. Biz bosmachilikni bo„lg„usi burjua millatchi davlati milliy 
armiyasining tug„ilishi deb hisoblaganmiz. Shuning uchun ham Muinjon 
Aminov, Ota Xo'jayev, Usmon Xo„jayevlaming faol ishtirokida Fayzulla 
Xo„jayev bosmachilik harakatiga bevosita rahbarlik qilish bilan 
shug„ullangan. 
Quloq-millatchilik shiorlari ostida tashkil qilingan bosmachilik 
harakatini biz RSFSR hukumati oldidagi Sovet hokimiyati prinsiplariga 
qarshi qaratilgan xalq harakati deb bilganmiz. Bu yo„nalishdagi «milliy 
ittihod»ning rejali va uyushgan faoliyati shunga olib keldiki, 1920-1924-
yillar davrida Mulla Qahhor, Jo„ra Amin, Murod Meshkop, Mitan Polvon va 
boshqa yirik qo„rboshilar rahbarligidagi bosmachilik harakati butun 
Zarafshon vodiysini qoplagan edi. Farg'ona vodiysida ham ahvol shunday 
edi. Bir vaqtning o„zida bosmachilik harakatini avj oidirib xorijiy davlatlar 
bilan aloqa o„matish ishini ham jonlantirib yuborganmiz. 
1922- 
yili tashkilotimiz a‟zosi Qosim Qori Eron hukumati bilan 
aloqa o„matish uchun Eronga xizmat safariga yuborildi. U Eron shohi 
tomonidan qabul qilingan va bizni Sovet hokimiyatiga qarshi kurashimizda 
o„z tomonidan bizga yordam berish va‟dasini oldi. Shu joy da, Eronda 
Qosim Qori ingliz hukumati vakillari bilan ham aloqa o„matdi. 
Huddi shu davrda biz Turkiya hukumati bilan bevosita aloqa 
245 


o„matdik, shu maqsadda Turkiyaga vakillarimiz, tashkilot a‟zolari 
Muhammad Nazariy va Ismoil Sadriy borishdi. 
Yusufzoda va Xoshim Shaav orqali Afg„oniston hukumati doiralari 
bilan aloqa 
0
„matdik»
1

Biroq Markaziy Sho„ro hukumati va Kompartiya Markaziy Qo„mitasi 
0„rta Osiyoni Rossiyaning mustamlakasiga aylantirishdan iborat o„z rejasini 
og„ishmay amalga oshirib bordi. Bu davrga kelib Xorazm va Buxoroda 
amalga oshirilgan qoibola «xalq inqiloblari» tashkil qilindi. Sho„ro 
hukumati bu bilan o„z oldiga qo„ygan «minimum dastur»ni amalga oshirdi. 
Endi bolshevoylar hukumati oldida «maksimum dastur» turar edi. U ham 
boisa endi 0„rta Osiyodagi respublikalaming mustaqil harakat qilishlariga 
izn bermaslik, ulaming siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy taraqqiyot jilovlarini 
markaz ixtiyoriga batamom bo„ysundirish, shu asosda ulami kelajakda 
milliy respublikalarga boiib yuborish uchun zamin tayyorlash va kelajakda 
turkiyzamin xalqlaming yagona Turkiston davlati boiib birlashishiga abadul-
abad zarba berish edi. Bu xususda RKP(b) MQ siyosiy byurosining 1922-yil 
1-fevralda qabul qilingan «Buxoro masalasiga doir» qarori xarakterlidir. Bu 
qaror 
G. 
V.Chicherin, V.V.Kuybishev va F.Xo„jayevlar ishtirokida 
shaxsan 
I. 
Stalin rahbarligida tayyorlangan edi. Ana shu qaror 
asosida Xorazm va Buxoro Kompartiyasi vakillari RKP (b) Markaziy 
Qo„mitasining Turkiston byurosiga a‟zo qilinib, Turkiston byurosi RKP (b) 
MQ ning 0„rta Osiyo byurosiga aylantirildi. Bu bilan 0„rta Osiyoning 
siyosiy jihatdan qaramligi batamom Moskva qoiiga o„tib ketdi. 
1923- 
yil mart oyida Turkiston, Xorazm va Buxoro respublikalari 
«0„rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi»ga birlashtirilgach, 0„rta Osiyo 
respublikalari endi iqtisodiy jihatdan ham Moskvaga, markazga batamom 
qaram boiib qoldilar. 
Chunki Moskva mazkur tadbir bilan 0„rta Osiyodagi har uchala 
respublikani iqtisodiy jihatdan birlashtirib, ulami yagona Rossiya pul, soliq 
tizimi, yagona iqtisodiy strukturaga kiritish orqali ulaming amaldagi 
mustaqilligiga hal qiluvchi zarba bergan edi. 
0„rta Osiyo respublikalari jilovini o„z qoiiga mustahkam tutib olgan 
Moskva hukumati endi hamma masalani o„z bilganicha amalga oshira 
boshladi. RKP (b) MQ Siyosiy Byurosi 1923- yil 12-iyunda qabul qilgan 
«Buxoro masalasiga doir» qarorida 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling