O'zbekiston tarixi
«0‘zbekiston ovozi» gazetasi, 1998-yil 31-mart
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
«0‘zbekiston ovozi» gazetasi, 1998-yil 31-mart. qo'mondoni sifatida vodiyda o„zining dahshatli qirginliklari bilan qonxo„r va jallod sifatida nom chiqargan edi. U Xorazmga kelgach, Yosh xivaliklar hukumatiga qarshi kurashning barcha jirkanch va razil usullarini ishga soldi va bu borada o„z o„tmishdoshlarining barchasidan o„tib ketdi. M.Safonov hukumatning barcha a‟zolari orqasidan o„z ayg„oqchilarini qo„ydi. Ular hukumat a‟zolarining qayerga borgani, kimlar bilan va qayerda uchrashgani, nima haqda suhbatlashgani kabi masalalar to„g„risida dalillar to„plab berar edilar. M.Safonov Kompartiya rahbarlari bilan til biriktirib Yosh xivaliklar hukumati va uning rahbarlariga qarshi har xil fisqi-fasod va tuhmat gaplami tarqata boshladi va bu to„g„rida RSFSR hukumatiga xatlar ustiga xatlar yozdi. U yosh xivaliklar hukumati bilan kelishmagan holda va yashirincha o„zboshimchalik bilan harbiy nozir Shayxutdin Hasanov bilan o„zaro kelishib, 1920-yil 17 noyabrda o„z mazmuniga ko„ra muqobil hukumat o„mini bosadigan armiya ichida siyosiy idora - Purxiv (Politicheskoe upravleniye Xivi)ni tuzdi. Unga rahbar qilib tayin etilgan boshqird millatiga mansub Hamza Musayev kompartiya nomidan barcha hukmronlikni o„z qoiiga oldi. 1920- yil dekabr oyida Xorazm Kompartiyasi Markaziy Qo„mi- tasi rahbarlari awal Toshkentda, so„ngra Moskovda komandirovkada boiib «saboq» oldilar. Ana shu «saboq»ning natijasi oiaroq Xorazm Kompartiya Markaziy Qo„mitasi a‟zolariga va kotibligiga Zokir Bekchurin tayinlandi. Purxivning ko„rsatmasiga binoan matbuotda hukumat varaqalami bostirish, har qanday tashviqot va targibotlar yurg„izish, Markazga mustaqil sur‟atda sim qoqish yoki telegrammalar yuborish qat‟iyan man etildi. 1920- yil dekabr oyida Turkbyuro Komintemi tomonidan Xorazm Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasi tarqatib yuborildi. Uning vazifasini bajarish mas‟uliyati Purxiv zimmasiga yuklatildi. Purxiv Xorazm «Qizil Armiyasi»da ham «tozalash» o„tkazdi. Yosh xivaliklar hukumati ta‟sirida boigan kishilar armiyadan chetlatildi, askarlar o„rtasida «siyosiy - tarbiyaviy ishlar» kuchay- tirildi. Oikada qaror topgan vaziyatdan g„azablangan Yosh xivaliklar hukumatining a‟zolari birin-ketin iste‟foga chiqa boshladilar. P.Yusupov o„z qoiyozmasida M.Safonovning Xorazmdagi tutgan siyosatining zarari to„g„risida to„xtalib quyidagilami yozgan edi: «0„rtoq Safonovning tutgan siyosati Xorazm uchun ko„p zararli 183 erdi. Hukumat arboblari tangriga tavakkal qilib qarab oitirdilar. Nechunkim, tamomi askarlaming ixtiyori ularda erdi» 1 . Mana shunday og„ir bir vaziyatda P.Yusupov boshliq XXShR hukumati Rossiya Federatsiyasining Xivada joylashgan vakolatxo- nasi rahbarlari va Purxiv xodimlari ustidan RKP (b) Turkbyurosiga shikoyatnoma yozdilar. Shikoyatnomani Toshkentga Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov bilan Muhammadjon Abdalovlar olib kelgan edilar. Unda «...tanqid erkinligi niqobi ostida tatar va ruslar hukumatni ag„darmoqchi, shariatni poymol qilmoqchi...» ekanliklari aytilgan edi. Ammo bu xatdan kutilgan biror bir natija chiqmaydi. Shundan so„ng Yosh xivaliklar hukumati II qurultoy oldi saylov mashvarati (kampaniyasi) oldidan xalq ommasiga murojaat qilishga majbur bo„lgan edi. Unda jumladan quyidagilami o„qiymiz: «Biz hukumat boshida o„tirgan kishilar xonga qarshi kurashib, hurriyatni barpo qilgan inqilobchilarmiz, hukumat, xalq manfaatlarini, din va shariatni hamisha himoya qilib kelmoqdamiz, shunga qaramay ba‟zi kishilar shahar va qishloqlarda kompartiya nomidan gapirib, hukumatning tutgan siyosatiga, uning qonunlariga, muqaddas vaqf qoidalariga qarshi ish ko„rmoqdalar. Joylarda shunday odamlami hukumatga dushman ekanligini, ulaming so„zlariga ishonmaslik zamrligini xalqqa tushuntirish zarur» 2 . Ushbu voqeadan so„ng RSFSRning Xivadagi toTa huquqli vakili M.Safonov va Purxiv rahbarlari ochiqchasiga Yosh xivaliklar hukumatini zo„rlik ishlatib kuch bilan ag„darib tashlash yo„lini tutadilar. Ana shu tariqa 1920- yilning oxiri va 1921-yilning boshlarida Yosh xivaliklardan tashkil topgan XXShR hukumati bilan RSFSRning XXShRsidagi muxtor vakili M.Safonov, Purxiv boshlig„i Hamza Musayev, Harbiy Nozir Shayxutdin Hasanov, Xorazm Qizil Armiyasi siyosiy xodimi F.Voisovlar o„rtasida hokimiyat uchun kurash g„oyatda keskin tus oldi. Ish shu darajaga borib yetdiki, 1921-yil boshida H.Musayev, Sh.Hasanov va F.Voisovlar tezda Xorazmda davlat to„ntarishini amalga oshirish va P.Yusupov boshliq Yosh xivaliklar hukumatini qamoqqa olishni taklif qildilar 3 . Huddi ana shu reja haqiqatda amalga oshirildi ham. Yosh xivaliklar hukumatiga «panturkizm» Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling