O'zbekiston tarixi
O'z R. MDA, R-71-fond, 1-ro‘yxat, 3-ish, 46, 214-varaqlar; 25-ish, 195- varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Коммунистической партии.-Т.: 1975. 137-138-betlar.
O'z R. MDA, R-71-fond, 1-ro‘yxat, 3-ish, 46, 214-varaqlar; 25-ish, 195- varaq;
«Izvestiya» TurkSIK gazetasi, 120-son, 1921-yil 2-iyun; «Xorazm xabarlari» gazetasi, 1921- yil, 11-iyul; Каландаров H. Образование и деятельность Хорезмской Коммунистической партии.-Т.: 1975. 137-138-betlar. 188 milliy pasport joriy qilindi'. Hukumatning 1921-yil 10-iyulda bo„lib o„tgan majlisida esa Adliya Nozirligining ish faoliyati atroflicha tahlil qilindi, uning tarkibiy qurilishi yanada takomillashtirildi. Adliya nozirligi ish faoliyatini yaxshilash maqsadida adliya noziri muovini lavozimi qo„shimcha berildi. Ishlab chiqilgan qarorlar uchun «Shariat qonunlari» asos qilib olindi 2 . XXShR MIQ sining 1921-yil 14-sentabrdagi qarori bilan «Oliy inqilob jazo mahkamasi» tashkil etildi. Mazkur mahkamaning raisi Otamaxsumoxun Muhammadrahimov (adliya noziri) edi. Mahkama zimmasiga hukumatga qarshi amalga oshirilayotgan qo„poruvchilik va buzg„unchilik ishlarini kimlar tashkil qilayotganligini aniqlash va unga qarshi keskin choralar ko„rish vazifasi yuklandi. Maxsus ishlab chiqilgan dasturi amalda shu narsaga alohida e‟tibor berildiki: «Hukumat bilan aholi o„rtasida nizo chiqarishga kimlar sababchi bo„lmoqda? XXShR xodimlarimi? Yoki chetdan kelganlarmi?». Shuningdek mazkur dasturi amalda «Nozirlami kimlar hibsga oldilar, ularga qanday ayb qo„yilgan edi, ulami aksilinqilobchi deb aytish uchun siyosiy biron hujjatlari bormidi, yoki nozirlar jinoyatni bilib qildilarmi yoki yanglish qildilarmi?» kabi aniq savollar qo„yilgan edi. Bu bilan XXShR nozirlarining adolatsiz va noqonuniy badnom qilinishiga chek qo„ymoqlikni bosh maqsad qilib qo„yilgan edi. Hatto dasturi amalda «Chetdan kelganlar hukumat rahbarlari bo„lishi mumkin emas» 3 , deyilgan edi. Albatta bu tadbir Xorazmda ilgaridan «siyosiy o„yin» sifatida odatiy tusga kirgan juda ko„plab xufyona jinoiy ishlami fosh etish imkoniyatini berar edi. Albatta Muhammadrahim Olloberganov hukumatining bu «o„zboshimcha» xatti-harakatlari va ko„rayotgan tadbirlari Markazga yoqmayotgan va mustamlakachilaming g„ashini keltirayotgan edi. Shu boisdan ham 1921-yil sentabr oyida XXShR MIQning majlisi chaqirilib «o„z vazifasini bajara olmagan va ishni chalkashtirganligi uchun» degan to„qima va tuhmat aybnoma bilan Muhammadrahim Olloberganov XXShR MIQsining raisi lavozimidan olib tashlandi. Uning o„miga XXShR Adliya noziri vazifasini bajarib kelgan Otamaxsumoxun Muhammadrahimov qo„yildi. Adliya noziri vazifasini esa Mahmud Rahimov egalladi 4 . 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling