V.V.Kuybishev Buxoroda Sho„rolar va Kompartiyaning g„oyaviy
ta‟sirini kuchaytirish maqsadida katta tashkilotchilik ishi olib boradi.
Turkiston komissiyasi va Turkiston Kompartiyasi MQsi shaxsan uning
taklifi bilan Turkiston Sho„ro va partiya tashkilotlarida ishlab «tajriba»
orttirgan Yusuf Aliyevni Buxoroga ishlashga yubordi. U bu yerda «aksil
inqilob» bilan kurashuvchi Favqulodda komissiyaga boshliq etib tayinlandi.
Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo„mitasining «Qizil Sharq» deb ataluvchi
maxsus tayyorlangan tashviqot poezdi ham Sho„rolaming
mustamlakachilik
^iyosatining «ijobiy» va «tarixiy ahamiyati»ni mahalliy aholi o„rtasida keng
tarqatdi.
1920-
yil 6-oktabrda amiming yozgi saroyi Sitorai Moxi Xossada
nomigagina «xalq vakillari»ning birinchi Butun Buxoro qumltoyi chaqirildi.
Unda 1950 delegat ishtirok etdi. Qumltoy zo„ravonlik va harbiy to„ntarish
yoii bilan o„matilgan Buxoro Xalq Sho„rolar Respublikasi (BXShR)ni va
uning tarkibini tasdiqladi. Qumltoy mazkur hukumatga ikkinchi Butun
Buxoro qumltoyi chaqirilguncha va unda respublika
Konstitutsiyasi qabul
qilinguncha o„z vazifasini bajarish vakolatini beradi. Qumltoyda Buxoro
Xalq Sho„ro Respublikasi tashkil topganligi eion qilindi.
Nomigagina
tashviqot va targibot nuqtai-nazaridan «Buxoro Xalq Respublikasi «deb
atalgan mazkur davlat apparati aslida tom ma‟nodagi sho„ro davlati
andozalari asosida tashkil etilgan edi va amirlik hududida sho„ro
mustamlakachiligi tartib-qoidalarini o„matishga xizmat qilardi.
Chunki
rasmiy jihatdan «Buxoro Xalq Respublikasi» deb atalgani bilan bu
davlatning o„z milliy armiyasi yo„q edi. Buxoro
shahri va respublikaning
boshqa yirik shaharlarida joylashtirilgan qizil askar qismlari batamom
Markaziy qo„mondonlikka bo„ysunar, Buxoro Respublikasi
rahbariyatining
buyruqlariga quloq solmas edi. Bundan tashqari Respublikaning ko„pgina
korxona va idoralarida ish olib bomvchilaming aksariyati ovmpo millatlariga
mansub mutaxassislar edilar. Birgina misol: Buxoro Xalq Sho„ro
Do'stlaringiz bilan baham: