O‘zbеkistоn xаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi “himoyaga ruxsat etildi”


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………….………..……


Download 375.5 Kb.
bet3/13
Sana29.01.2023
Hajmi375.5 Kb.
#1139737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1edit S.Abbos BMI

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………….………..……

54

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Vaqf davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk hisoblanadi. Masalan, uy-joy, masjid, madrasa, shifoxona, maktab, ko‘prik va boshqa shu kabilar vaqf mulki bo‘lishi mumkin. Manbalarda madrasa, masjid, maktab,shifoxonalar vaqf mol-mulklari sifatida ajratilgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘z mulkini vaqfga topshirgan shaxs mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki oila a’zolari yoxud uchinchi bir shaxs vaqf mulkidan vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganini aniqlash uchun vaqf mulkini boshqarish huquqini saqlab qolishi ham mumkin. Ma’lumki, musulmon kishi sof niyat bilan qilgan har bir yaxshi amali uchun savob olishga musharraf bo‘ladi. Kiromul kotibin farishtalar uning nomai a’moliga zarra miqdoricha yaxshiligi bo‘lsa ham, o‘shanga yarasha savobini yozib turadi. Agar bemor bo‘lib, uzr ila odatdagi yaxshilik amalini qila olmay qolsa ham farishtalar unga xuddi o‘sha amalni qilgandek savob yozadi.
Vaqti soati kelib inson vafot etsa, yaxshi amallarini tamoman qilaolmay qoladi. Bundan keyin qilishdan ham umid uziladi. Endi undan hayotligidagi amallari – qiladigan ibodat va yaxshiliklariga yoziladigan savoblar ham kesiladi. Namoz o‘qiganda, ro‘za tutganda, tilovat, zikr qilganda va boshqa yaxshi amallaridan yoziladigan savoblar to‘xtaydi. Chunki endi u vafot etdi. Ibodat qilishdan, amali solih qilishdan to‘xtadi. Shuning uchun har bir mo‘min banda tirik chog‘ida solih amalni ko‘p qilib qolishga urinmog‘i lozim. Shu bilan birga, mo‘min kishiga tiriklik chog‘ida oxiratni o‘ylab, vafotidan keyin ham savobi borib turadigan amallarni qilib olish imkoni berilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam mazkur hadislarida odam bolasi vafotidan so‘ng amali kesilishini aytish bilan birga, undan keyin ham savobi yetib turadigan amallar uchta ekanini ta’kidlamoqdalar. Ulardan biri “Sadaqai joriya” deganda, musulmonlarga doimiy ravishda foyda berib turadigan xayrli ishlar ko‘zda tutiladi. Masalan, ko‘pchilik foydalanishi uchun qurilgan ko‘prik, quduq yoki ariq qazib suv keltirish, doimiy manfaat berib turadigan boshqa vaqflar shular jumlasidandir. Bu narsalardan mo‘min-musulmonlar foyda olib tursalar, o‘sha ishlarni qilgan odamga uning vafotidan keyin ham savobi yetib turadi.
Musulmonlar bu toifa ishlarni qadimdan ixlos bilan qilib kelishgan. Islom olamining turli joylarida ko‘plab vaqflar tashkil qilganlar. Beva-bechoralarga, tolibi ilmlarga, musofirlarga, hojilarga, qariyalarga, hatto egasiz, adashib qolgan hayvonlarga atalgan vaqflar ham bo‘lgan. O‘sha vaqflar orqali mazkur toifalar doimiy ravishda manfaat olib turgan. Tabiiyki, ulardan hosil bo‘lgan savoblar egalariga ularning vafotidan keyin ham borib turgan. Agar sadaqai joriyalari qiyomatgacha musulmonlarga foyda berib tursa, ularga qiyomatgacha savob qo‘shilib turaveradi.

Download 375.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling