O‘zbеkistоn xаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi “himoyaga ruxsat etildi”


Vaqf institutlari faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Download 375.5 Kb.
bet7/13
Sana29.01.2023
Hajmi375.5 Kb.
#1139737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1edit S.Abbos BMI

1.3. Vaqf institutlari faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Vaqf institutlarining boshqa ijtimoiy fondlar kabi jamiyat va mamlakat iqtisodida o’z o’rni bor. Vaqf institutlari mamlakat tomonidan yoki aholi tashabbusi orqali shkllanishi va aholining boshqa bir qismi uchun xayriya sifatida ishlatilishi ko’zda tutilgan. Shu orqali jamiyatdagi ta’lim, tibbiyot, madaniyat jabi sohalarida ahamiyatga ega ekanligini ko’rish mumkin bo’ladi.
Dunyoning aksariyat demokratik davlatlarida vaqf institutlari minglab fuqarolik jamiyati tashkilotlarini moliyalashtirishda juda muhim rol o'ynaydi. Turli jamoat birlashmalari, shuningdek, moliya amalga oshirilayotgan turli muhim ijtimoiy dasturlar va tadqiqotlar nodavlat-notijorat tashkilotlari hisobida bo’ladi. Vaqf institutlari hal qilish imkonini beradigan eng muhim vazifalardan biri xayriya, ijtimoiy foydali faoliyatni institutsional qo'llab-quvvatlashdir. Chunki bunday maxsus muassasalar yaratilmaganda ma'lum bir mamlakatda xayriyaning rivojlanishi, shuningdek qo'llab-quvvatlash uchun mo'ljallangan muhim moliyaviy resurslarni to'plash va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga umid qilish qiyin.
Jamg'arma yaratish g'oyasi juda oddiy va tushunarli. Jamg'arma shaxs tomonidan yaratilgan yoki manfaatdor shaxslar guruhi har qanday ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilishda yoki erishishda jamoat manfaati, ular bu maqsadga erishish uchun yordam berishga tayyor pul yoki boshqa likvid mulk ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Agar vaqf qilingan mulkning ajratish mumkin bo‘lgan muayyan bir qismi boshqa birovga tegishliligi ma’lum bo‘lsa, bu holatda sheriklik bir bo‘linmas mulkda bo‘lmagani uchun vaqf buzilmaydi. Shuning uchun qolgan mulkning bir o‘zini qaytadan vaqf qilish ham mumkin bo‘ladi. Hadya va muayyan kishiga berilgan sadaqa singari oldi-berdi ishlarida ham islom huquqida aynan shu hukm amal qiladi.Bu masalaga yaqin bo‘lgan yana bir muammo sheriklikdagi mulk vaqfi masalasidir. Sheriklik mulk va hissali mulkning farqini yuqorida ko‘rib chiqdik. Ular o‘rtasida yana bir farq mavjud bo‘lib, sheriklikdagi mulk deganda joriy vaqt bilan bog‘liq holat tushuniladi. Taqsimlanmagan mulkda esa, ko‘rib o‘tganimizdek, taqsimot masalasi keyinchalik, vaqf qiluvchi vafot etgandan so‘ng uning merosxo‘rlari tomonidan yoki mulkning taqsimlanmagani ayon bo‘lgandan so‘ng uning haqdorlari tomonidan ham tilga olinishi va amalga oshirilishi mumkindir.
Vaqfning asos qoidalaridan biri shundan iboratki, vaqf amalga oshgandan so‘ng uni sotish yoki boshqasiga mulk qilib berish mumkin emas. Ammo sheriklikdagi mulk masalasida bu muammo ham boshqacha tus oladi. Abu Yusufning fikriga qaraganda13, vaqf mulki bo‘linishi mumkin bo‘lgan sheriklik mulk bo‘lsa, sherik taqsimni talab qilishi mukin va uning bo‘linishi to‘g‘ridir. Vaqf mulki ustidahadya, meros, sotish ishlari amalga oshirilishi mumkin emasligini avvalroq aytib o‘tdik. Bu o‘rindagi bo‘lishish esa hadya yoki sotish amaliyoti emas. Bo‘lishish mazkur holatda bir-biridan ajratish hisoblangani uchun mumkindir. Vaqf mulkida asosiy e’tibor mulkni alohida ajratishga qaratilgan. Bu o‘rinda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad savdo-sotiqdan iborat emas. Agar bir shaxs sheriklik ko‘chmas mulkidagi o‘z ulushini vaqf qilsa, bo‘lishish ishini uning o‘zi sherigi bilan o‘zaro hal qilishi ham mumkin. Chunki bu o‘rinda vakolat vaqf qiluvchiga, u vafot etgan taqdirda esa uning vasiysiga tegishli bo‘ladi. Sherigi vafot etganidan so‘ng vaqf qilsa, bo‘lishishni sherigining vasiysi, ya’ni marhum vakolat bergan kishibilan amalga oshiradi. Agar o‘ziga tegishli bir ko‘chmas mulkning yarmini vaqf qilsa, uni ikki xil tarzda amalga oshirish mumkin. 1. bo‘lishish ishini qozi bilan o‘zaro amalga oshiradi. 2. mazkur mulkining qolgan yarmini birovga sotib bo‘lishishni u bilan o‘zaro amalga oshiradi, so‘ng unga sotganini undan qaytarib sotib oladi. Bo‘lishishda pul farqli bo‘lganda esa, agar vaqf qiluvchiga vaqf mulki evaziga pul berilsa, bu mumkin bo‘lmaydi. Ammo agar vaqf qiluvchi pul bersa, bu mumkin bo‘lib, berilgan pul bahosida mulk sotib olingan bo‘ladi. Bu ikki kishining har biri o‘z ulushini kambag‘allarga vaqf qilingan sadaqa qilib vaqf nozirini tayinlashsa va nozir ham ularning barcha hissasini birgalikda yoki alohida alohida qabul qilib olsa, bu vaqf ham to‘g‘ridir. Sheriklikdagi mulkning barcha mulkdorlari uni vaqf qilmoqchi bo‘lishsa, ularning mulkdorlik huquqi vaqfga nozir tayinlashda ham saqlanib qoladi. Jumladan har ikki mulkdor bir-biridan mustaqil ravishda ikki kishini mutavalli qilib tayinlashi mumkin. Sheriklikdagi mulkning mulkdorlari o‘rtadagi mulkni vaqf qilganda uni farqli yo‘nalishlarga yo‘naltirgan holatlar ham uchraydi. Bu ikki kishi alohida yo‘nalishlarga vaqf qilsa, masalan, biirnchisi farzandining farzandiga nasli davom etguncha, nasli tugagach kambag‘allarga vaqf qilsa; ikkinchisi esa vaqfning daromadidan har yili bir kishi hajga yuboriladi, deya vaqf qilib biror kishiga topshirsa, bu ham mumkin hisoblanadi. Vaqf qiluvchi bir kishidan iborat bo‘lib, vaqf mulki ham bitta bo‘lsayu egasi uni boshqa-boshqa yo‘nalishlarga vaqf qilsa, bu ham mumkin hisoblanadi. Masalan, vaqf qiluvchi bir kishi o‘z yerining yarmini kambag‘allarga, qolgan yarmini boshqa yo‘lga vaqf qilsa, bu ham islom huquqida mumkin bo‘lgan amal sanaladi.Bir vaqf mulkining ikki noziri bo‘lganda mulk ta’mirtalab holga kelishi bilan bog‘liq masalalar hami slom huquqida vaqf sohasining muhim bo‘limlaridandir. Quyida bu masalalarni ham birma-bir ko‘rib chiqamiz. Bir vaqf mulkining ikki noziri bo‘lsa va bu vaqf mulki xarob holga kelgani uchun nozirlardan biri uni ta’mirlashni istasa, ikkinchisi esa istamasa, vaqf mulkidan zaruriy xarajatni qoplash uchun u ham ta’mirda qatnashishga majburlanadi. Islom huquqida fatvo aynan shunga berilgan. Sheriklik agar bir qismi vaqf, bir qismi mulk bo‘lgan bir uyda bo‘lsa, zarar vaqf qismida bo‘lsa, vaqf noziri ta’mirda qatnashishga majburlanadi. Ammo zarar agar mulk bo‘lgan qismida bo‘lsa, ta’mirda qatnashishga majbur qilinmaydi.
Har qanday hissali mulkda ta’mir masalasi quyidagicha hal etiladi: ikki yoki ko‘proq kishi hammom yoki qal’a kabi bo‘linishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulkka ega bo‘lsa, bu mulk xarob bo‘lsa, sheriklardan biri uni ta’mirlamoqchi bo‘lsa, boshqasi istamasa, istamaganning ta’mirda qatnashishiga yoki butun hissasini boshqa sherigiga yoki ta’mirlaydigan biror kishiga sotishiga qozi tomonidan hukm chiqariladi. Ta’mirni istamagan kishi ko‘chmas mulkning yarmidan ortig‘iga ega bo‘lsa ham hukm shundaydir. Yana bir fikrga ko‘ra esa uning hissasidan ta’mirga yetgulik miqdorda sotishiga hukm chiqariladi, deyilgan. Biroq sheriklar sonini kamroq qilish jihatidan birinchi qarash quvvatliroqdir. Bo‘linishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulkning bir qismi mulk, bir qismi vaqf bo‘lsa hamda vaqf qilingan kishi yoki vaqf nozirita’mirda qatnashishni istamasa, boshqa sherikning ta’mir qilishiga va vaqfga qilgan xarajatini vaqf daromadidan qoplaiga qaror qilinadi.“Ta’mirga yetadigan miqdorda mulkning bir qismi sotiladi” deganlarga kelsak, asl maqsad vaqf bo‘lmagan mulkning sotuvida ham bo‘lgani kabi sheriklar sonini oz tutish ekaniga ko‘ra, vaqfning ta’mir xarajatini qoplaydigan miqdordagi qismining sotilishiga hukm bo‘lmaydi. Faqat vaqfning daromadi bo‘lmasa yoki vaqf ta’miri xarajatini tezda qoplaydigan, pulni ta’minlaydigan miqdorda bir necha yilga ijaraga oladigan biror kishi topilmasa, shunda vaqf mulki sotilishi mumkin. Aks holda vaqf mulkining sotilishiga hukm qilish aslo mumkin emas. Har ikkala holatda ham sotish hukmi ta’mir amri berilgandan so‘nggina qilinadi. Ta’mir amri berilib bu amr bajarilmasa, so‘ng sotishga hukm qilinadi.
Vakillik masalasi ham islom huquqining muomalalarga oid boshqa mavzulari qatorida vaqf bobida ham tilga olinadi. Vaqf boshqaruvchisini vakil, vasiy kabi nomlar bilan ham atash mumkin. Zero u vaqf qiluvchining vaqf qilgan mulkini boshqarishdagi vakilidir. Mol-mulk ustidagi vakillik masalasi ham islom huquqining muomalalarga doir ko‘plab mavzularida uchraydi. Vaqf mulkining ikki vakili bo‘lgandagi tasarruf shaklini izohlashdan oldin bir mulkdagi ikki vakil masalasining o‘zini ko‘rib chiqamiz. Bir mulkka ikki vakil tayinlanishi masalasida ikki xil fikr ilgari surilgan. Birinchi fikrga ko‘ra, islom huquqida bir mulkning ikki vasiysi bo‘lganda, biri ikkinchisidan mustaqil holda tasarrufni amalga oshirishi mumkin bo‘lmaydi. Agar ikkovidan biri mustaqil holda tasarrufni amalga oshirsa, boshqasi tasdiqlamagan taqdirda uning tasarrufi amal qilmaydi. Tasdiqlagan taqdirda esa qilingan tasarruf yangi kelishuv (aqd)siz amal qilaveradi. Ikkisining bir vaqtda vasiy sifatida tayinlangan bo‘lishlari bilan oraliq bilan tayinlangan bo‘lishlarida farq yo‘qdir.
Islom huquqshunoslarining aksari shu fikrda bo‘lganlar. Bir vaqf uchun ikki nozir tayinlanishida ham shu hukm amal qiladi. Bu nozirlardan biri boshqasidan ruxsat olmay turib tasarruf qilishi sahih bo‘lmaydi. Ikkinchi fikrga ko‘ra vasiylardan biri boshqasidan mustaqil tarzda tasarrufni amalga oshirishi mumkin. Islom huquqshunoslari orasida shu fikrni ilgari surganlar ham uchraydi. Bu ixtilof vasiylarning vasiy tayinlovchining o‘zi yoki vaqf egasi yoki bir qozi tomonidan tayinlangan holat uchundir. Ammo har biri boshqa qozi tomonidan tayinlangan bo‘lsa, tasarrufni bir-biridan alohida amalga oshirishi mumkin. Bu borada islom huquqshu-noslarining fikrlarida qarama-qarshilik mavjud emas. Zero vasiylardan har biri bir qozining noibidir va o‘zlarini noib qilib tayinlagan shaxs nomidan tasarrufni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Umuman olganda, vakillik masalasi islom huquqida alohida o‘rganilgan mavzudir. Bu o‘rnida vaqf masalasi vakillik mavzusining bir tarkibiy qismi sifatida o‘rganilgan. Hissali va sheriklikdagi mulk masalasi vaqfdan tashqari garov, tijorat, hadya, mudoraba, mushoraka, muzora’a singariboshqa iqtisodiy muomalalarda ham o‘z aksini topgan.


Download 375.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling