O‘zbеkistоn xаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi “himoyaga ruxsat etildi”


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 375.5 Kb.
bet4/13
Sana29.01.2023
Hajmi375.5 Kb.
#1139737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1edit S.Abbos BMI

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Insonning faoliyati davomida ehtiyojlari ortib boradi. Ayrim o’ziga to’q qatlam o’z ehtiyojlarini to’la-to’kis tarzda qondiradi, daromadi past qatlam esa ehtiyojlarini qondira olmaydi. Ayni shu jihatlarni ko’zlagan holda ehtiyoji bo’lmagan mulklarni boshqalar foydalanib naf ko’rishsin degan maqsadda vaqf qilinadi.
Musulmonlarning xayriya ishlarining barchasiga dinimizdagi vaqflar haqidagi ko‘rsatmalar asos bo‘lgan. Mazkur xayriya ishlarini qilishda barcha musulmonlarga Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning o‘zlari bosh o‘rnak bo‘lganlar. U zot turli kishilar tark qilgan yettita bog‘ni miskin faqirlar va hojatmandlar foydasiga vaqf qilganlar. Keyin u zotga Hazrati Umar, Hazrati Abu Bakr, Hazrati Usmon, Hazrati Ali, Zubayr ibn Avvom, Muoz ibn Jabal kabi sahobalar ergashib katta miqdordagi vaqflarni qilganlar. Asta-sekin bu xayrli ish kengayib borgan va deyarli imkoni bor barcha sahobalar vaqflar qilganlar. Musulmonlarning xayriya ishlarining barchasiga dinimizdagi vaqflar haqidagi ko‘rsatmalar asos bo‘lgan. Mazkur xayriya ishlarini qilishda barcha musulmonlarga Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning o‘zlari bosh o‘rnak bo‘lganlar. U zot turli kishilar tark qilgan yettita bog‘ni miskin faqirlar va hojatmandlar foydasiga vaqf qilganlar. Keyin u zotga Hazrati Umar, Hazrati Abu Bakr, Hazrati Usmon, Hazrati Ali, Zubayr ibn Avvom, Muoz ibn Jabal kabi sahobalar ergashib katta miqdordagi vaqflarni qilganlar. Asta-sekin bu xayrli ish kengayib borgan va deyarli imkoni bor barcha sahobalar vaqflar qilganlar. Hilol Basriy va Xassof Hanafiyning “Vaqf hukmlari” kitoblari o‘z davrida “Hilol va Xassofning vaqfi” nomi bilan shuhrat qozongan. Ulardan keyingi vaqf mavzusiga bag‘ishlab yozilgan har bir kitob mazkur ikki asarga tayanib yozilgan, deyishimiz mumkin. Hilol Basriy qalamiga mansub “Vaqf hukmlari” kitobi Imom Abu Hanifaning vaqfga bergan hukmidan boshlanadi. Vaqf/sadaqa qiluvchi o‘sha vaqtda vafot etgan taqdirda bu mulk merosga aylanishi va jami mulkning uchdan biriga (yoki undan kamrog‘iga) to‘g‘ri kelsa vaqf bo‘lishi, aks holda shu nisbatga muvofiqlashtirish zaruriyati kelib chiqishi aytib o‘tiladi. Vaqf qiluvchi tirik bo‘lgan taqdirda esa mulkni vaqf qiluvchining mulkidan ajratib olishda qozining aralashuvi lozim bo‘lishi qayd etiladi.

Download 375.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling