Oʻzbekistonda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bogʻliq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy eʼtiborda
Boy davlatlar nega koʻp qarz oladi?
Download 243.5 Kb.
|
573 21.09.2020
Boy davlatlar nega koʻp qarz oladi?
Yevropa Ittifoqi davlatlarining 1992-yildagi Maastrixt kelishuviga koʻra davlat qarzining yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbati 60 foizdan oshmasligi mezon sifatida qabul qilingan. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi esa davlat qarziga xizmat koʻrsatish salohiyati kuchli davlatlarga nisbatan, jumladan, Oʻzbekiston uchun ham nominal qiymatda davlat tashqi qarzini YAIMga nisbatan 55 foiz, davlat yalpi qarzini esa YAIMga nisbatan 75 foizdan oshirmaslikni tavsiya qilgan. Lekin Yevropa Ittifoqining koʻpgina davlatlari, AQSH, Yaponiya kabi mamlakatlar ushbu chegaradan allaqachon oʻtib boʻlgan. Masalan, Yaponiyaning davlat qarzi YAIMga nisbatan 250 foizdan ortib ketgan. Shu kunlarda AQSHning davlat qarzi rekord darajaga yetganligi va tarixda birinchi marta 30 trillion dollardan oshganligi haqida AQSH G`aznachiligi maʼlumotlari tarqaldi. Ekspertlar fikricha, qarz miqdorining oʻsib borishi federal hukumat tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash, ishsizlik nafaqalari, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar bilan bogʻliq. Iqtisodchilar esa pandemiyaga qaramay, AQSH iqtisodiyoti rivojlanib borayotganligi holatida tashvishlanishga oʻrin yoʻqligini aytmoqda. Agar AQSH aholisi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda ikki barobar koʻpaygan boʻlsa, mamlakatning tashqi qarzi 120-martaga ortganligini koʻrishimiz mumkin. Boshqacha aytganda, AQSHning qarzi sekundiga 14-15 ming dollarga oshib boryapti. Yuqoridagilardan ikkita savol tugʻiladi: nega AQSHdek boy davlatlar chetdan qarz olishga muhtoj? Millatning qarzi kelgusi avlod uchun ogʻir meros boʻlmaydimi? AQSH iqtisodiyotining oʻziga xos jihati shundaki, mamlakatning iqtisodiy oʻsish surʼatlari ichki isteʼmolga bogʻliq va davlat doimiy talabni ragʻbatlantirish choralarini koʻrib boradi. Umuman olganda, har bir amerikalik uy-joy, mashina, taʼlim olish, maishiy texnika buyumlari va boshqa ehtiyojlari uchun kredit oladi va kreditga yashash ularning hayot tarziga aylangan. Bundan xulosa shuki, AQSHda talabni (isteʼmolni) ragʻbatlantirmasdan iqtisodiy yuksalishni taʼminlash qiyin. Buning uchun mablagʻni AQSH Moliya vazirligi tashqi va ichki qarzlarni gʻaznachilik veksellari, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotish orqali jalb qiladi. AQSHning davlat qarzi mamlakat YAIMning 139 foizini tashkil etishiga qaramasdan, qarz boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan defolt holatini bemalol hazm qilib yubora oladigan jahonning yirik iqtisodiy va moliya markazi hisoblanadi. Dollar dunyoning zaxira valyutasi hisoblanganligi tufayli xalqaro kreditorlar ham AQSH iqtisodiyotining “shilqillab” qolishidan xavotirlanishi tabiiy. Shuning uchun ham iqtisodchi-tahlilchilar AQSHda qarz boʻhroni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni jiddiy kuzatib boradi va prognoz qilishadi. Ayni paytda Rossiyaning davlat qarzi YAIMga nisbatan 19 foizni, davlat tashqi qarzi esa 5,7 foizni tashkil qilmoqda. Rossiya Federatsiyasining umumiy tashqi qarzi 2014-yilgacha tez surʼatlarda oʻsib borib, 700 mlrd. AQSH dollariga yetgan edi va xuddi shunday surʼatlarda soʻndirila boshlandi hamda ayni paytda 478 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilmoqda. Ekspertlar fikricha, ushbu jarayon iqtisodiy oʻsishga erishishdagi muammolar va rubl kursining pasayishi bilan birga kechdi. Bir qator iqtisodchi-ekspertlar tashqi qarz bilan bogʻliq ushbu jarayondagi bunday keskin burilishni Rossiya milliy kompaniyalarining mamlakatga qoʻyilgan iqtisodiy sanksiyalar tufayli oʻarbning arzon kredit manbalaridan mahrum etilganligi bilan bogʻlashadi. Agar bunday keskin cheklovlar oʻrnatilmaganda edi Rossiya banklari va firmalarining korporativ qarzlari oshishda davom etgan boʻlardi. Bu esa katta ehtimol bilan iqtisodiy oʻsish surʼatlariga ijobiy taʼsir koʻrsatgan boʻlar edi, deb taxmin qilishimiz mumkin. Qozogʻistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 26,3 foizni, tashqi qarzi esa 9,1 foizni tashkil etayotganligi mamlakat iqtisodiyotining bu borada barqaror holatda ekanligini anglatadi. Lekin keyingi besh yilda davlat qarzi ikki barobar ortganligini hisobga olib va bu jarayon tez surʼatlarda davom etishi mumkinligiga oid taxminlar ham yoʻq emas. Rossiyadagi singari Qozogʻistonda ham xavotirlar koʻproq umumiy tashqi qarz bilan bogʻliq. Uning hajmi ayni paytda 167 mlrd. AQSH dollari miqdorida yoki mamlakat YAIM hajmiga deyarli tenglashib qolgan. Bu qarzlarning katta qismi korporativ va xususiy sektor hissasiga toʻgʻri keladi va davlat bu qarzlar uchun majburiyat olmagan. Biroq bu qarzlar tarkibida mamlakatning shartli majburiyatlari ham boʻlishi mumkin. Umuman aytganda, Rossiya va Qozogʻistonning davlat qarzi va davlat tashqi qarzi bilan bogʻliq hozirgi holatini YAIMga nisbatan baholaganda yetarli darajada barqaror deyishga asos bor. Lekin masalaga boshqa tomondan qaraganda ayrim tahlikali holatlar ham yuzaga chiqishi mumkin. Masala Rossiya va Qozogʻistondagi umumiy tashqi qarzning 90 foizdan ortigʻi iqtisodiyotning korporativ va xususiy sektorlariga toʻgʻri kelishida. Agar makroiqtisodiy barqarorlik nuqtayi nazaridan dunyo iqtisodiyotidagi holat yomonlashsa, bu albatta, Rossiya va Qozogʻiston iqtisodiyotini ham chetlab oʻtmasligi aniq. Bunday holatda korporativ sektor va banklar uchun olingan qarzlarga xizmat koʻrsatishni qiyinlashtiradi. Bunday holat milliy iqtisodiyotning barqarorligi nuqtayi nazaridan xavf-xatarlar keltirib chiqarishi mumkin. Download 243.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling