Oʻzbekistonda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bogʻliq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy eʼtiborda


Download 243.5 Kb.
bet7/10
Sana29.04.2023
Hajmi243.5 Kb.
#1399635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
573 21.09.2020

1-bob. Umumiy qoidalar
2. Kafolat jamg‘armasi davlat qarziga o‘z vaqtida, to‘liq va kafolatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida tuziladi.
Kafolat jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi.
3. Kafolat jamg‘armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari milliy va chet el valyutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi.
4. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarish, budjetni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish va boshqa dasturlarni o‘z ichiga oladi.
5. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va ushbu qarz ularning o‘z mablag‘lari yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanishi nazarda tutilgan loyihalarni o‘z ichiga oladi.
6. O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati uchun to‘lovlar (keyingi o‘rinlarda — taqdirlash puli) kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foiz hisoblash davri mobaynida kredit bo‘yicha qarzdorlikning kunlik qoldig‘idan kamida yillik 0,5 % miqdorida hisoblanib, yig‘ib boriladi hamda foizlar va asosiy qarz to‘lanadigan tegishli sanalarda (to‘lov kunidan oldin amalga oshirilgan to‘lovlar ham) “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ savdo sessiyalarida belgilangan joriy kurs bo‘yicha teng miqdorda so‘mda to‘lanadi.
To‘lash manbai Davlat budjeti mablag‘lari bo‘lgan kreditlar bo‘yicha taqdirlash puli undirilmaydi.
Taqdirlash pulini to‘lash uch bank ish kunidan ortiq muddat mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan summaga qo‘shimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining 0,1 foizi miqdorida penya to‘lanadi, biroq bunda penyaning umumiy summasi kafolat uchun hisoblangan to‘lov miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
7. O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashda kredit (qarz) bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yuzasidan ehtimoldagi tavakkalchiliklarni qoplash maqsadida foydalanish uchun qayta kreditlanadigan bitimlarda Moliya vazirligi tomonidan jalb qilinayotgan kredit (qarz) stavkasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi marjasi (keyingi o‘rinlarda — marja) belgilanadi.
To‘lash manbai Davlat budjeti mablag‘lari bo‘lgan qayta kreditlanadigan bitimlarda marja belgilanmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq taqdirlash puli va (yoki) marjadan to‘liq yoki qisman ozod qilish bo‘yicha imtiyoz berilishi mumkin.

Download 243.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling