Oʻzbekistonda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bogʻliq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy eʼtiborda
-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish
Download 243.5 Kb.
|
573 21.09.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish
3-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish
10. Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: a) qarzdor tashkilotlar davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta qoplash sharti bilan qarz to‘lovlarini amalga oshirish; b) O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan davlat tashqi qarz mablag‘larini milliy valyuta hamda chet el valyutasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish natijasida yuzaga keladigan valyuta kursi xatarlarining oldini olish uchun. Bunda chet el valyutasida jalb qilingan va milliy valyuta hamda chet el valyutasida berilgan kreditlarning foiz to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy farq Kafolat jamg‘armasida jamlanadi va valyuta kursi o‘zgarishi ta’sirida yuzaga keladigan tafovutlar ushbu mablag‘lar hisobiga qoplanadi; v) chet el valyutasini sotish va sotib olish; g) davlat sherigining aybi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha yuzaga kelgan zararlarni qoplash; d) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida olinadigan daromadlar va obligatsiyaning tashqi kupon foiz to‘lovi o‘rtasida yuzaga keladigan salbiy farqni qoplash; e) qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq majburiyatlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng davlat qarzi to‘lovlarining yetishmagan qismini to‘lash. Shuningdek, davlat qarzi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa turli to‘lovlar ham jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 11. Kafolat jamg‘armasi mablag‘laridan mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi. 4-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish 12. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda, Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari yetmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan qaytariladi. 13. Kafolat jamg‘armasining joriy moliya yilida foydalanilmagan mablag‘lari moliya yili oxirida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yillarda foydalaniladi. 14. Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga davlat tashqi qarzi uchun amalga oshirilgan to‘lovdan so‘ng bir bank ish kuni mobaynida G‘aznachilik tomonidan qarzdor tashkilot(lar)ga amalga oshirilgan to‘lov va qarzlarni qaytarish bo‘yicha xabarnoma jo‘natiladi. 15. Moliya vazirligi bilan qarzdor tashkilot o‘rtasida tuzilgan qayta kreditlash shartnomalarida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, qarzdor tashkilotning qarzdorligi Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘langan kundan boshlab Moliya vazirligi tomonidan qarzdor tashkilotning asosiy bank hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yiladi. Inkasso topshiriqnomalari qonunchilik hujjatlari talablari asosida bajariladi. Moliya vazirligi amaldagi qarzdor tashkilotlarning qarzdorligini mahalliy budjetlarning qo‘shimcha daromadlari yoki boshqa sherik qarzdorlar mablag‘lari hisobiga undirib olish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari doirasida choralar ko‘radi. Qarzdor tashkilotlardan to‘lovlar 30 kalendar kun davomida to‘liq qaytarilmagan taqdirda, mazkur to‘lanmagan qarzdorlik va unga hisoblangan penyalar hamda qo‘llanilgan jarimalar sud tartibida undiriladi. 16. Qarzdor tashkilotlarning qarzdorligi Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lanishidan qati nazar, qarzdor tashkilotning qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari o‘z kuchida qoladi hamda o‘z vaqtida qoplanmagan muddati o‘tgan qarzdorliklar uchun shartnoma shartlari bo‘yicha penyalar va jarimalar qo‘llanilanadi. Download 243.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling