Oʻzbekistonda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bogʻliq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy eʼtiborda


-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish


Download 243.5 Kb.
bet8/10
Sana29.04.2023
Hajmi243.5 Kb.
#1399635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
573 21.09.2020

2-bob. Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish
9. Quyidagilar Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
a) jalb etiladigan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilganligi uchun undiriladigan taqdirlash puli;
b) O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va shu valyutada kayta kreditlanadigan bitimlardagi kredit (qarz) bo‘yicha qarzdorlik to‘liq to‘langan taqdirda, kredit (qarz) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan summasiga teng miqdorda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan o‘tkaziladigan mablag‘lar;
v) O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va milliy valyuta, shuningdek, chet el valyutasida qayta kreditlanadigan bitimlar bo‘yicha to‘lov muddatlarining talablari to‘liq bajarilmaganda muddati o‘tgan qarzdorliklar (asosiy qarz, foiz, marja va boshqa to‘lovlar) yuzasidan hisoblangan va to‘langan (undirilgan) penyalar (shu bilan birgalikda jarimalar);
g) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan barcha turdagi halqaro va mahalliy qarz bitimlarida, qayta kreditlash bitimlarida, Moliya vazirligi tomonidan chet el valyutasida mablag‘larni depozitga qo‘yish, ssuda va kredit liniyalarini ajratish hamda Moliya vazirligi oldidagi boshqa majburiyatlar bo‘yicha shartnomalarda belgilangan moliyaviy shartlar va talablarning (kovenantlar) buzilishi holatlari aniqlanganda undiriladigan to‘lovlar;
d) O‘zbekiston Respublikasi nomidan xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular vakolat bergan organ tomonidan chet el valyutasida jalb qilinadigan yoki milliy valyutada qayta kreditlanadigan bitimlarda kreditlarning foiz to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy farqdan tushadigan tushumlar;
e) Moliya vazirligida vaqtincha bo‘sh turgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan qarzlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
j) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan foiz to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy farq bo‘yicha daromadlar;
z) qayta kreditlash shartnomalariga asosan qarzdorlar tomonidan qaytarilgan mablag‘larning davlat tashqi qarzi to‘lovlaridan ortib qolgan qismini kelgusida davlat tashqi qarzi to‘lovlari uchun zaxira sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
i) Kafolat jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh turgan milliy va chet el valyutasidagi mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan hamda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
k) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida to‘lanadigan daromadlardan olingan foyda solig‘i miqdorida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda o‘tkaziladigan ajratmalar;
l) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning (noruda foydali qazilmalardan tashqari) prognozdan orttirib bajarilgan qismining 50 foizi miqdorida, lekin yillik jami 150 mlrd. so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratmalar;
m) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
n) davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender g‘olibidan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik to‘lovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar.

Download 243.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling