O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi
Birlashgan millatlar tashkilotining universiteti
Download 219.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Akmaljon Abdurasulov
Birlashgan millatlar tashkilotining universiteti
Birlashgan Millatlar Tashkilotining universiteti tadqiqot ishlari, aspirantlar tayyorlash va Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari g'amxo'rligi doirasidagi insoniyatning yashab qolishi, taraqqiyot va faravonlikning shoshilinch, global muammolariga oid bilimlarni tarqatish bilan shug'ullanadi. Universitet Nizomi 1973 yilda qabul qilingan bo'lib, 1975 yilda kuchga kirgan. Universitet tarkibida beshta tadqiqot va o'quv markazi mavjud.
BMT Universitetining Iqtisodiy taraqqiyot tadqiqotlari bo'yicha butunjahon instituti. Xelsinki, Finlandiya. BMT Universitetining Yangi texnologiyalar instituti, Mastrixt, Niderlandiya. BMT Universitetining dasturlash texnologiyalari bo'yicha xalqaro instituti, Manao. BMT Universitetining Afrikadagi milliy resurslar bo'yicha instituti, Legon (Appre), Gana. BMT Universitetining istiqboldagi tadqiqotlar instituti, (Yaponiya) Bundan tashkari Universitet uch ixtisoslashgan dastur bo'yicha ish olib boradi: Lotin Amerikasi va Karib xavzasi uchun biotexnologiya bo'yicha BMT universiteti dasturi, Karanas, Venesuela; suv resurslari, atrof-muhit muhofazasi va sog'liqni saqlash bo'yicha BMT universitetining xalqaro tarmog'i, Gamilton, Ontario, Kanada va boshqaruvning xalqaro akademiyasi. Ummon, Iordaniya. BMT universiteti xukumatlar, muassasalar, jamg'arma va shaxsiy donorlarning ixtiyoriy badallari hisobiga to'liq moliyalashtiriladi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy byudjetidan hech qanday mablag' olmaydi. Odatdagi sarf- xarajatlar uchun asosiy mablag' ta'sis jamg'armasidan beriladi. 1996-1997 yillarda BMT universiteti dasturi xarajatlari 80 million dollarni tashkil etdi. BMT universiteti 26 a'zodan iborat universitet kengash tomonidan boshqariladi, kengash har yili uchrashuvlar o'tkazadi.
Download 219.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling