Butunjaxon sog'likni saqlash tashkiloti
1948 yilda tashkil etilgan bo'lib, sog'likni saqlash sohasida BMTning bosh sohasi
hisoblanadi. Uning maqsadi imkoni boricha hamma xalqlarning salomatlik darajasini
yuqori kutarishdir. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining asosiy vazifalari
qo'yidagilardan iborat:
- jahonning barcha mamlakatlaridasoglikni saqlash masalalarida rahbarlikni
ta'minlash:
- Xukumatlarga milliy sog'liqni saqlash dasturlarini amalga oshirish va baholash
borasidagi rejalashtirish ishlarini yaxshilashga yordam berish:
- Taqdim qilingan tibbiy texnalogiyalarni va sog'liqni saqlash standartlarini keng
quloch yozdirish, axborotlarni tarqatish.
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining rahbar organi Butunjahon sog'liqni
saqlash assambleyasi bo'lib, uning tarkibiga barcha a'zo davlatlar kirgan. Assambleya
har yili chakiriladi. 1977 yili Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti birinchi bo'lib
“Salomatlik hamma uchun” shiorini o'rtaga tashladi.
Tashkilotning Brazzavilda (Kongo), Vashingtonda (AKSH), Koxirada (Misr),
Kopengagenda (Daniya), Nyu-Delida (Xindiston), Manilada (Filippin) xududiy
birlashmalari mavjud.
Bosh direktor: d-r Gru Xarlem Brundland(Norvegiya)
Bosh qarorgoh: Jeneva.
Do'stlaringiz bilan baham: |