Butunjahon intellektual mulk tashkiloti 1970 yilda tashkil etilgan. Unig maqsadi
butun dunyoda hamkorlik asosida 169 a'zo davlatda intellektual mulkni saqlashda
yordam ko'rsatish va intelleklual mulkni saqlash uchun tuzilgan ma'muriy organlar
ittifoqlari hamkorligini ta'minlashdan iborat.
Ushbu ittifoqlardan eng asosiylari Parij va Bern ittifoqlaridir.
- Parij ittifoqining rasmiy nomi – xalqaro sanoat mulkini quriqlash bo'yicha
ittifoqdir.
- Bern ittifoqining rasmiy nomi – adabiyot va san'at asarlarini saqlash xalqaro
ittifoqidir.
Intellektual mulk ikki asosiy sohani qamrab oladi:
1. Sanoat mulkini, ixtirochilik ustivorligi, tovar belgilari, asosan adabiyot, musiqa,
badiiy buyumlar, suratlar.
2. Audiovizual yozuvlardagi mualliflik huquqi.
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining uch rahbar organi mavjud:
1. Parij va Bern ittifoqlarida turuvchi san'at vakillarining Bosh Assambleyasi,
assambleya ikki yilda bir marta chaqiriladi.
2. Barcha a'zo davlatlar Konferensiyasi, u ham ikki yilda bir marta chaqiriladi.
3. Koordinasiya qilish bo'yicha komitet, uning tarkibida 68 kishi bo'lib, har yili
to'planishadi.
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining dasturi va byudjeti ikki yilda bir marta
rahbar organlar tomonidan aniqlanadi.
Bosh direktor : d-r Komil Idris ( Sudan)
Bosh qarorgoh: Jeneva (Shvesariya)
Do'stlaringiz bilan baham: