O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi
Xalqaro dengiz tashkiloti
Download 219.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Akmaljon Abdurasulov
Xalqaro dengiz tashkiloti.
1959 yildan ish boshlagan Xalkaro dengiz tashkiloti (IMO)Birlashgan Millatlar Tashkilotining faqat kemalar qatnovi va okeanlar tozaligi bilan shug'ullanuvchi yagona muassasadir. Tashkilotning bosh vazifasi – dengizda eng yuqori darajadagi xavfsizlikka erishish va kemalarni boshqarish mahoratini oshirish uchun xukumatlar o'rtasida xalqaro qatnovning texnik masalalari bo'yicha hamkorligiga yordam berishdir. U dengiz
muxitini quriqlash, dengizning kemalar va boshqa suzuvchi ob'yektlar tomonidan ifloslanishning oldini olishga ko'maklashadi. Xalqaro dengizlar tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, masalan, dengizdagi hayotni muhafaza qilish, dengizning kemalar tomonidan ifloslanishni oldini olish va boshqa mavzudaga xalqaro konvensiya va maslahatlarxukumatlar tomonidan qabul qilindi. 1989 yili Vallettada(Malta) tashkil etilgan IMOning Xalqaro dengizlar huquqi instituti xalqaro dengizlar huquqlari bo'yicha mutahassislar tayyorlaydi. 1989 yilda Triyestida (Italiyada) tuzilgan IMOning Xalqaro dengizlar akademiyasi ixtisoslashish bo'yicha turli dengiz fanlaridan qisqa muddatli kurslar tashkil etildi. 1983 yili IMO tomonidan Malmida (Shvesiya) tuzilgan xalqaro dengizlar universiteti boshqaruvchilar, o'qituvchilar va dengiz uchun boshka xil yukori malakali mutaxssislar tayyorlaydi. IMOning rahbar organi a'zo davlatlar vakillaridan iborat- Assambleya hisoblanadi, u ikki yilda bir marta chaqiriladi. Assambleya 32 kishidan iborat kengash saylaydi. Kengash IMOning ijroya organi hisoblanadi. Bosh kotib: Janob Uilyam L O Nil(Kanada) Bosh qarorgoh: London (Angliya) Download 219.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling