O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi


Xalqaro mehnat tashkiloti


Download 219.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana08.01.2022
Hajmi219.99 Kb.
#238793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Akmaljon Abdurasulov

Xalqaro mehnat tashkiloti 

   Xalqaro  mehnat  tashkiloti  1919  yilda  ta'sis  etilgan  bo'lib,  uning  Nizomi  Versal 

shartnomasining  bir  qismi  edi.  1946  yilda  xalqaro  mehnat  tashkiloti  BMT  bilan 

aloqador birinchi ixtisoslashgan muassasa bo'ldi.  

    Xalqaro  mehnat  tashkiloti  hamma  yerda  mehnatkashlar  uchun  ijtimoiy  adolatni 

barqaror  etishga  ko'maklashadi.  U  mehnat  sharoiti  va    hayot  tarzini  yaxshilashga 

qaratilgan xalqaro siyosat va dasturalrni ishlab chiqadi: xalqaro mehnat standartlarini 

joriy  qiladi:  vazifasiga  munosib  tarzda  xalqaro  mehnat  tashkiloti  tomonidan  ishlab 

chiqilgan  siyosatni  milliy  xokimiyatlar    uchun  o'tkazishda  yetakchi  bo'lib  xizmat 

qiladi: texnik hamkorlikning katta dasturini xayotga tadbiq etishda xukumatlar bilan 




bunday  siyosatni  samarali  tarzda  amalga  oshirishda  hamkorlik  qiladi:  Ushbu 

xarakatlarning muvafaqiyat qozonishida izlanishlar olib boradi.  

     Xalqaro  mehnat  tashkiloti  o'zining  siyosatini  samarali  tarzda  amalga  oshirishda 

hamkorlik  qiladi:  kasb  tayyorgarligi,  bu  boradagi  ta'lim  berishni  amalga  oshiradi, 

Ushbu xarakatlarning muvafaqiyat qozonishda izlanishlar olib boradi. 

     Xalqaro  mehnat  tashkiloti  o'zining  siyosatini  ishlab  chiqishda  mehnatkashlar  va 

tadbirkorlar  vakillarining  ovozlari  xukumat  vakillari  ovozlri  bilan  teng  bo'lishiga 

amal  qiluvchi  antika  butun  jahon  tashkiloti  hisoblanadi.  Xalqaro  mehnat  tashkiloti 

uch organdan tarkib topgan: 

  -    Xukumatlar,  tadbirkorlar,  mehnatkashlar  delegatlaridan  iborat  xalqaro  mehnat 

konferensiyasi. 

   U  har  yili  chaqiriladi.  Konferensiya  byudjetini  qabul  qilish  bilan  birga  xalqaro 

mehnat standartlarini belgilaydi.  

 -    Ma'muriy  kengash  yiliga  ikki  martda  yig'ilish  o'tkazadi  va  xalqaro  mehnat 

tashkiloti  ishlari  ustidan  nazorat  qiladi,  dastur  va  byudjetni  tayyorlaydi.  Xalqaro 

mehnat tashkiloti standartlariga amal qiladigan xolatlarni tekshiradi. 

 -  Xalqaro mehnat byurosi – tashkilotning doimiy xarakatdagi kotibiyati sanaladi.  

    Kasbga tayyorlash bo'yicha xalqaro markaz Italiyaning Turin shahrida joylashgan 

bo'lib,  u  kasbga  tayyorlash  va  kasb  malakasi  berishga  ko'maklashadi  .  Xalqaro 

mehnat  tashkilotining  xalqaro  –  ijtimoiy  mehnat  tadqiqotlari  instituti  ilmiy 

tadqiqotlar, forumlar, ijtimoiy siyosat muommolari bo'yicha seminarlar o'tkazishda va 

o'quv qurollarini yetkazib berishda baza hisoblanadi: aspirantlar, ishga kelgan olimlar 

uchun dasturlar tuzadi. 1969 yili xalqaro mehnat tashkiloti tashkil etilganiga ellik yil 

to'lganida Nobel mukofati bilan taqdirlangan. 

 

Bosh direktorii: Janob Mishel Xansen (Belgiya) 

           Bosh 

qarorgohi: 

Jeneva 

 

 

 




Download 219.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling